Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan


Download 1.64 Mb.
bet128/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi78:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:

  • maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari, bolalar uylari, ta’lim muassasalarini axborot-uslubiy jihatdan ta’minlash muassasalari, vazirliklar va idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalari, boshqa yordamchi muassasalarni saqlab turish, shuningdek‚ qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliya-

lashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimi tadbirlarining xarajatlari;

  • respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, OITSga qarshi kurashish respublika markazi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati, karantin va o‘ta xavfli infeksiyalar profilaktikasi, ilmiytadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarining klinikalari, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi respublika muassasalari, respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi boshqa davolashprofilaktika muassasalari hamda yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek‚ qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlar haqini to‘lash xarajatlari;

  • qonun hujjatlariga muvofiq ayrim toifadagi fuqarolarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlari xarajatlarining o‘rnini qoplash (subsidiyalar);

  • qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

426
Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining yarmidan ko‘prog‘ini (56,55%) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari tashkil etmoqda. Bu xarajatlarning tarkibida asosiy o‘rinni maorif (32,65%), sog‘liqni saqlash (11,82%) va oilalarga ijtimoiy nafaqalar (9,56%) egallamoqda. Umumiy holda esa ana shu uch guruhdagi xarajatlar Davlat byudjetidan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan mablag‘larning 95,02%ga teng bo‘lmoqda79.
Umuman olganda, davlat byudjetining bu guruhga kiruvchi xarajatlari yosh avlodni tarbiyalash va ularga zamonaviy bilimlarni berish, milliy xo‘jalik uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, aholiga malakali tibbiyot xizmati ko‘rsatish, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minotni yanada yaxshilash, aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish va uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga O‘zbekistonda qanday e’tibor berilayotganligini yaqqol ko‘rsatmoqda.
Iqtisodiyot xarajatlari va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari o‘zlarining salmog‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining xarajatlari tarkibiy tuzilmasida keyingi o‘rinni egallab, ularning har biriga, mos ravishda, davlat byudjeti xarajatlarining 11,97% va 7,51% qismlari to‘g‘ri kelayapti80. Bu raqamlar davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlash, uning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish va o‘zgartirish, milliy xo‘jalik sektorlarida iqtisodiy samaradorlikning o‘sishini ta’minlash, ilmiy-texnika taraqqiyotining o‘sish sur’atlarini tezlashtirish, yagona texnikaviy siyosatni yurgizishga jiddiy e’tibor berilayotganligidan darak beradi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling