Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Davlat byudjeti xarajatlarini sarflash muammolari va vazifalari


Download 1.64 Mb.
bet136/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

18.4. Davlat byudjeti xarajatlarini sarflash muammolari va vazifalari
Muammolar. Hozirgacha davlat byudjeti xarajatlari bo‘yicha ayrim kamchiliklar mavjud. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:

  • davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish samaradorligi nisbatan past;

  • davlat byudjeti mablag‘larini maqsadsiz sarflash amaliyoti mavjud;

  • davlat byudjeti daromadlari bo‘yicha rejalar bajarilmagan sharoitda xarajatlar ayrim yo‘nalishlarining moliyalashtirilishi noproporsionaldir;

  • davlat byudjeti xarajatlari davlat ijtimoiy siyosatining pishib yetilgan muammolarini hal eta olmayapti;

  • subyektlarga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar doimiy ravishda oshib borayapti;

  • milliy xo‘jalikka davlat investitsiyalari minimum darajagacha qisqardi;

  • va boshqalar.

Davlat byudjeti xarajatlari bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar. Yuqoridagi kamchiliklarning mavjudligi davlat byudjeti xarajatlari bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalarni belgilab olishni va ularning o‘z vaqtida bajarilishini taqozo etadi. Hozirgi sharoitda bunday vazifalarning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
eng samarali va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarga davlat byudjeti mablag‘larini yig‘ish (konsentratsiya qilish), ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishning ustuvorligini ta’minlash;

  • subyektlarga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni keskin qisqartirish va ularning to‘liq qaytarilishiga erishish;

  • iqtisodiyotning ustuvor sohalarida investitsiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirishni kengaytirish;

  • loyihalarni moliyalashtirishning davlat-tijorat amaliyotini kengaytirish asosida investitsion jarayonlarning nomarkazlashuvini davom ettirish;

  • davlat apparatini saqlash xarajatlari va davlat qarzlarini boshqarish bo‘yicha xarajatlarni qisqartirish;

  • harbiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish asosida milliy mudofaaga mo‘ljallangan davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish;

  • ayrim tarmoqlarning zararlarini qoplashga yo‘naltirilayotgan dotatsiyalarni kamaytirish;

  • maqsadli dasturlar va xarajatlarning ayrim maqsadli moddalari bo‘yicha xarajatlarni qisqartirish;

  • fan, madaniyat, tibbiy xizmat va maorif xarajatlarining ustuvor moliyalashtirilishini ta’minlash;

  • davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish;

  • davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtirishning g‘aznachilik tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish;

  • va boshqalar.


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling