Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet144/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

20.4. Davlat byudjetini ijro etish
Byudjetni ijro etish uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlagandan va mamlakat Prezidenti imzolagandan so‘ng boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi quyi ijroiya organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan muvofiqlashtirilgan holda davlat byudjeti ijrosi tartibini tashkil qiladi. Davlat byudjeti jarayonining bu bosqichi o‘z ichiga davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qismining bajarilishini qamrab oladi.
Byudjetni ijro etishning eng muhim vazifasi ikkiyoqlamalik xaraktyerga ega bo‘lib, u bir tomondan, soliqlar va boshqa to‘lovlarning yoppasiga hamda har bir manbalar bo‘yicha to‘liq va o‘z vaqtida tushib turishini ta’minlashni, ikkinchi tomondan esa, davlat byudjeti tasdiqlangan yil uchun shu moliyaviy yil davomida byudjetda tasdiqlangan summalar chegarasida barcha tadbirlarni moliyalashtirilishni taqozo etadi.
Davlat byudjeti ijrosi davomida davlat ishlab chiqarishni intensifikatsiyalash va samaradorligini oshirish hisobidan resurslarning oshishidan, mablag‘larni sarflashda iqtisod rejimiga rioya qilinishidan, soliqli daromadlarning to‘liq jalb qilinishidan manfaatdordir.
Davlat byudjetining ijrosini ta’minlashda quyidagi masalalarning hal etilishiga jiddiy e’tibor bermoq lozim:

  • davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish;

  • davlat byudjeti mablag‘larini sarflash;

  • qabul qilingan davlat byudjeti bo‘lmagan taqdirda byudjetni ijro etish;

  • byudjetdan ajratiladigan mablag‘larga o‘zgartirishlar kiritish;

  • davlat byudjetini belgilangan parametrlar doirasida ijro etish;

  • davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish;

  • davlat byudjetining kassa ijrosini ta’minlash;

  • davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish.

Davlat byudjeti ijrosiga oid bevosita ishlar Moliya vazirligi va uning tegishli bo‘linmalari hamda organlari, Davlat soliq qo‘mitasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi va ularning joylardagi organlari
475
Davlat byudjeti qabul qilingandan so‘ng uning mablag‘lari byudjetdan mablag‘ oluvchilarga o‘rnatilgan tartibga muvofiq ravishda yetkazilishi kerak. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlari va xarajatlari hajmlarini, shuningdek‚ ularga O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan beriladigan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar hajmlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari e’tiboriga — uch ish kuni ichida;

  • davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilar va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar uchun belgilangan daromadlar va xarajatlarning hajmlarini ularning e’tiboriga — o‘n ish kuni ichida yetkazadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tasdiqlangandan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari:

  • tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlarini, shuningdek‚ ularga tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan beriladigan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar hajmlarini tumanlar va shaharlar hokimliklari e’tiboriga — uch ish kuni ichida;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini — bir haftalik muddatda yetkazadi.

Tumanlar va shaharlar byudjetlari tasdiqlanganidan keyin tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilar e’tiboriga
474

  • mamlakatning istiqboldagi iqtisodiy rivojlanishi;

  • inflyatsiya darajasi;

  • aholining bandlik darajasi;

  • ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdan foydalanayotgan aholi soni hisobga olinadi.

Shuningdek, davlat byudjeti loyihasini tuzishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi:

  • iqtisodiy tahlil usuli – bu usuldan foydalangan holda o‘tgan yilgi davlat byudjetining bajarilish darajasi aniqlanadi va joriy yil uchun davlat byudjetining bajarilish darajasi o‘rnatiladi, farqlarning sabablari aniqlanadi;

  • normativ usul – bu usulning asosida davlat tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning birligiga to‘g‘ri keluvchi moliyaviy xarajatlarning normativi yotadi. Natural birlikni normativga ko‘paytirib har bir bosh taqsimlovchi, taqsimlovchi va davlat byudjeti tashkiloti bo‘yicha mablag‘ xarajatlarining summasi aniqlanadi.

  • ekstrapolyatsiya usuli – unga ko‘ra oldingi yillarning hisobot ma’lumotlari dinamikasi asosida moliyaviy ko‘rsatkichlar aniqlanadi va ular kelgusi yil uchun ekstrapolyatsiya qilinadi.


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling