Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Davlat byudjeti tuzilmasi va tasnifi (klassifikatsiyasi)


Download 1.64 Mb.
bet140/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

19.2. Davlat byudjeti tuzilmasi va tasnifi (klassifikatsiyasi)


Davlat byudjetini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar majmui (uning ichki bo‘linmalari tarkibi va tuzilmasi, ulardan foydalanish sohalarining funksional cheklanganligi, o‘zaro bo‘ysunuvchanligi, o‘zaro aloqadorligi va ta’sirchanligi hamda huquqiy tomonlarini inobatga olgan holda) davlat byudjeti tuzilmasi deyiladi. Har bir mamlakatning davlat byudjeti tuzilmasi uning milliy-davlat yoki ma’muriy-hududiy tuzilishi bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti:

  • Respublika byudjetini;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari ham jamlanadi.
O‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetini hamda shu respublikaga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Viloyatlar byudjeti esa viloyat byudjetidan, viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan iboratdir. Shuningdek, tumanlarga bo‘linadigan shaharlarning byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Va nihoyat, tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi.
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari o‘zlarining manbalari, ma’lum maqsadlarga mo‘ljallanganligi va boshqa belgilariga ko‘ra xilma-xildir. Bir vaqtning o‘zida ular umumiy belgilarga ham ega. Butun mamlakat miqyosida davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining to‘g‘ri rejalashtirilishi va hisobga olinishini ta’minlash uchun ular tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi).
Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlari, shuningdek, uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlarga ajratishda yoki guruhlashda davlat byudjeti klassifikatsiyasi muhim rol o‘ynaydi. Undan davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish maqsadida davlat byudjeti ma’lumotlarini yagona bir tizimga keltirish uchun foydalaniladi va davlat byudjeti klassifikatsiyasi davlat byudjeti ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan taqqoslanishini ta’minlaydi. Shu ma’noda, ma’lum bir tizimga keltirilgan va o‘rnatilgan tartibda kod (shifr)lashtirilgan davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining bir xil belgilari bo‘yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy guruhlanishi davlat byudjeti tasnifi (klassifikatsiyasi) deyiladi.
Odatda, davlat byudjeti klassifikatsiyasining asosida daromadlar bo‘yicha ularning manbalari, xarajatlar bo‘yicha esa mablag‘larning maqsadli sarflanish yo‘nalishlari yotadi.
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi o‘zining keng yo‘nalishi bilan ajralib turadi. Uning bo‘linmalariga qat’iy rioya etgan holda davlat byudjeti rejalashtirilishi amalga oshiriladi, davlat byudjeti tashkilotlarining individual va umumiy hamda yig‘ma tarmoq smetalari tuziladi, mahalliy, respublika va davlat byudjetining ishlab chiqilishi amalga oshiriladi.
Davlat byudjetining mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning yuqori tashkilotlarini moliyaviy rejalari bilan bog‘liqligini ta’minlashda, bir turdagi davlat byudjeti tashkilotlarining xarajatlari va alohida ma’muriy-hududiy birliklarning byudjetlarini taqqoslashda, ijtimoiy-

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlarining tarkibiga nimalar kiradi?

  • Davlat byudjeti tuzilmasi tushunchasining ma’nosi nimada?

  • O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti tarkibi qanday byudjetlardan tashkil topadi?

  • O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti tarkibida davlatning byudjetdan tashqari maxsus maqsadli jamg‘armalari jamlanadimi?

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasining byudjeti qanday byudjetlardan tarkib topgan?

  • Viloyatlar byudjetining tarkibiga qanday byudjetlar kiradi?

  • Tumanlarga bo‘linadigan shaharlarning byudjeti qanday byudjetlardan tarkib topadi?

  • O‘ziga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti qanday byudjetlardan iborat?

  • Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini tasniflash (klassifikatsiya qilish)dan maqsad nima?

  • Davlat byudjeti klassifikatsiyasining mamunini tushuntirib bering.

  • Davlat byudjeti klassifikatsiyasining asosida nimalar yotadi?

  • Davlat byudjeti klassifikatsiyasining ahamiyatini aytib bering.

  • Hozirgi paytdagi davlat byudjeti klassifikatsiyasining tarkibini aytib bering.

  • Davlat byudjeti daromadlarining klassifikatsiyasi nimalardan iborat?

  • Davlat byudjeti xarajatlarining vazifasi, tashkiliy va iqtisodiy jihatdan klassifikatsiyasini aytib bering.

  • Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish manbalari klassifikatsiyasi qanday guruhlardan tashkil topadi?

  • Davlat byudjeti klassifikatsiyasi kim tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi?

459
Xarajatlar guruhlari bo‘yicha aniq moddalar davlat byudjeti tasnifiga muvofiq belgilanadi.
Davlat byudjeti defitsiti (taqchilligi)ni moliyalashtirish manbalari klassifikatsiyasi (tasnifi) defitsiti (taqchilligi)ni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling