Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar


Download 1.64 Mb.
bet141/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar

  • Davlat byudjeti tizimining mazmunini tushuntirib bering.

  • Mamlakatning davlat byudjeti tizimi qanday omillarga bog‘liq bo‘ladi?

  • U yoki bu mamlakatning davlat byudjeti tizimi necha bo‘g‘inli bo‘lishi mumkin?

  • Davlat byudjeti tizimi qanday prinsiplarga tayanadi?

  • Davlat byudjeti tizimining yagonaligi prinsipini izohlab bering.

  • Davlat byudjeti tizimining darajalari o‘rtasida daromadlar va xarajatlarning chegaralanganligi prinsipining mazmuni nimada?

  • Byudjetlarning mustaqilligi prinsipining mazmuni nimada?

  • Davlatning byudjetdan tashqari maxsus fondlari byudjetlari, byudjetlarning daromadlar va xarajatlarining to‘liq aks etishi prinsipi nimalarni anglatadi?

  • Byudjetlarning balansliligi prinsipini tushuntirib bering.

  • Davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanishning samaradorligi va tejamliligi prinsipining mazmunini aytib bering.

  • Davlat byudjeti xarajatlarini qoplashning umumiyligi prinsipi nimani anglatadi?

  • Davlat byudjeti tizimidagi oshkoralik prinsipining ma’nosini aytib bering.

  • Davlat byudjetining haqqoniyligi prinsipining ma’nosi nimada?

  • Davlat byudjeti mablag‘larining manzilliligi va maqsadli xarakterdaligi prinsipi nimani nazarda tutadi?

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlarini aytib bering.

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlariga davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasida qanday vakolatlar xos?

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimiyatlar davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasida qanday vakolatlarga ega?

458
madaniy xarakterdagi u yoki bu ehtiyojlarning qondirilish darajasini aniqlashda davlat byudjeti klassifikatsiyasi muhim rol o‘ynaydi.
Davlat byudjeti ijrosi jarayonida ham davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) alohida ahamiyatga ega. Tasdiqlangan davlat byudjeti va davlat byudjeti tashkilotlarining xarajatlar smetasida ko‘zda tuzilgan tadbirlarning maqsadli moliyalashtirilishini ta’minlashda u zaruriy shart hisoblanadi. Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) moliya organlarida, davlat byudjeti tashkilotlarida va boshqa muassasalarda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining sintetik va analitik hisobi yagonaligining asosini tashkil etadi. U O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash uchun ham zarurdir.
Davlat byudjeti tasnifi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek‚ Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat bo‘lib, davlat byudjeti tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi. Davlat byudjeti tasnifi xalqaro tasnif tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi90.
Davlat byudjeti tasnifining asosiy prinsiplari to‘liqlik, yagonalik va o‘zaro muvofiqlikdan iboratdir92.
Davlat byudjeti tasnifining to‘liqlik prinsipi davlat byudjeti jarayonining barcha ishtirokchilari qamrab olinishini nazarda tutadi.
Davlat byudjeti tasnifining yagonalik prinsipi davlat byudjeti jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan yagona davlat byudjeti tasnifi qo‘llanilishini anglatadi.
Davlat byudjeti tasnifining o‘zaro muvofiqligi prinsipi davlat byudjeti tasnifining kodlari bir vaqtning o‘zida davlat byudjeti jarayonining turli xil operatsiyalarini hisobga olish uchun qo‘llanilmasligini anglatadi.
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi)da belgilangan daromadlar va xarajatlarning iqtisodiy guruhlanishi byudjetni tuzish va ijro etish hamda uning resurslaridan foydalanishda moliya-davlat byudjeti intizomiga rioya etilishini nazorat qilishga imkon beradi.
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) tashkiliy ahamiyatga ham egadirki, bu uning bo‘linmalariga muvofiq ravishda byudjetni tuzish va ijrosini ta’minlash borasida katta ishlarning amalga oshirilishi orqali namoyon bo‘ladi. Bu yana shu narsa orqali ifodalanadiki, davlat byudjeti tasdiqlanganidan so‘ng barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning yuqori organlari davlat byudjeti daromadlari tushumining to‘liqligini ta’minlashga va tasdiqlangan byudjetdagi klassifikatsiyaning bo‘linmalariga muvofiq ravishda xarajatlarni amalga oshirishga majburdirlar. Demak, davlat byudjeti klassifikatsiyasining tashkiliy ahamiyati byudjetni rejalashtirish va uning ijrosini ta’minlashga bir xilda tegishlidir.
Tasdiqlangan davlat byudjeti qonun kuchiga ega bo‘lganligi va uning ko‘rsatkichlarini barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar aniq va to‘liq bajarishga majbur bo‘lganligi uchun davlat byudjeti klassifikatsiyasi huquqiy ahamiyat ham kasb etadi.
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) o‘z ichiga quyidagilarni oladi91:

  • davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifini;

  • davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifini;

  • Davlat byudjeti defitsiti (taqchilligi)ni qoplash manbalari tasnifini o‘z ichiga oladi.

Davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi tuzilmasi quyidagilardan iborat92:

  • davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi;

  • daromadlarning turlari; • tashkiliy tasnif;

  • hududiy tasnif.

Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi kelib tushayotgan daromadlarning tegishli mablag‘lar manbalariga va ushbu byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Daromadlarning turi bo‘lim, paragraf va daromad tipidan iboratdir. Daromadlar bo‘limi daromadlarni ularni olish manbalari bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi. Daromadlar paragrafi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek‚ soliq bo‘lmagan to‘lovlarni ularni undirish bazasi bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi. Daromad tipi davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadining aniq turidan iborat bo‘ladi. Tashkiliy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ana shu daromadlarni ma’muriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo‘llaniladi. Hududiy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ushbu daromadlar shakllantirilayotgan yoxud o‘tkazib berilayotgan tegishli ma’muriyhududiy birlikka mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo‘llaniladi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifi davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarini kodlashdan iborat bo‘ladi va ularning yo‘nalishini aks ettiradi. Davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlari tasnifining tuzilmasi quyidagilardan iborat93:

  • davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi;

  • vazifa jihatidan tasnif;

  • tashkiliy tasnif;

  • iqtisodiy tasnif;

  • hududiy tasnif.

Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi amalga oshirilayotgan xarajatlarning tegishli mablag‘lar manbalari va byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi davlat funksiyalarini bajarish uchun mablag‘lar yo‘nalishini aks ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdir. Xarajatlarning tashkiliy tasnifi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi. Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi xarajatlarni iqtisodiy yo‘nalishiga ko‘ra kodlashdan iborat bo‘ladi. Hududiy tasnif davlat byudjeti tashkilotlarining va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarning tegishli ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining iqtisodiy belgilar bo‘yicha xarajatlari quyidagi xarajatlar guruhlarini o‘z ichiga oladi 96:
birinchi guruh — ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to‘lovlari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam; ikkinchi guruh — ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar; uchinchi guruh — kapital qo‘yilmalar (rivojlanish davlat dasturlarida nazarda tutilgan aniq yo‘naltirilgan ro‘yxatlarga
muvofiq); to‘rtinchi guruh — boshqa xarajatlar.
96
457
bosqichma-bosqich, tayinlash sertifikatini muayyan davrga va tegishli summaga rasmiylashtirish yo‘li bilan:

  • Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan yoki mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha – tegishli moliya organlari tomonidan sarflanadi.

Tayinlash sertifikatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, berish, ijro etish va hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat byudjetining ijrosini ta’minlash jarayonida Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va barcha darajadagi mahalliy byudjetlar hisobvaraqlaridagi davlat byudjeti mablag‘lari qoldiqlari tasdiqlangan miqdorda aylanma kassa mablag‘i me’yorini shakllantirishga yo‘naltirilishi kerak. Qoldiqlarning aylanma kassa mablag‘i me’yorining tasdiqlangan miqdoridan ortiq qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining hamda tegishli hokimliklarning qaroriga ko‘ra qo‘shimcha xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin.
Davlat byudjeti tashkilotlari hisobvaraqlaridagi davlat byudjeti mablag‘lari qoldiqlari olib qo‘yilmasligi va davlat byudjeti tashkilotlarining maxsus mablag‘lari hisobvaraqlariga o‘tkazilmog‘i lozim (kapital qo‘yilmalarini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar bundan mustasno). Davlat byudjeti tashkilotlarining maxsus mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ayrim vaziyatlarda turli sabablarga ko‘ra yil boshlangunga qadar kelgusi moliya yili uchun davlat byudjeti qabul qilinmasligi mumkin. U holda davlat byudjeti qabul qilingunga qadar bo‘lgan davrda davlat xarajatlari quyidagi shartlarga rioya etilgan holda amalga oshirilishi mumkin:

  • boshlangan moliya yilidagi xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat byudjeti mablag‘larining avvalgi moliya yili so‘nggi 3 oyining uchdan bir qismidan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda har oyda amalga oshirilmog‘i lozim;

  • avvalgi moliya yilida qilinmagan davlat byudjeti xarajatlari amalga oshirilmasligi kerak;

  • avvalgi moliya yilida amalda bo‘lgan soliqqa tortish va majburiy to‘lovlarni to‘lash tartibi davlat byudjeti qabul qilingunga qadar o‘z kuchini yo‘qotmasligi zarur.

480
tegishli byudjetlar loyihalarini tayyorlash uchun — tuman va
shahar hokimlariga; davlat byudjeti so‘rovlarini tuzish uchun — Qora-
qalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarga yuboradi.
Tuman va shahar hokimlari kelgusi davr uchun davlat byudjeti so‘rovini tuzish tartibini olgandan so‘ng uch ish kuni ichida tegishli byudjetlar loyihalarini tuzish to‘g‘risida va ularni tayyorlash muddatlarini belgilash haqida qarorlar qabul qiladi.
Tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari qarorlar qabul qilinganidan so‘ng uch ish kuni ichida kelgusi davr uchun davlat byudjeti so‘rovini tuzish tartibini tumanlar va shaharlar byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlariga va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarga davlat byudjeti so‘rovlarini tuzish uchun yuboradi.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini tuzish jarayonida davlat byudjeti so‘rovining juda katta ahamiyati bor.
Davlat byudjeti so‘rovi o‘z tarkibiga:
- davlat byudjeti tashkilotining, davlat byudjeti mablag‘lari oluvchining va davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchining davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oluvchi, o‘tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to‘g‘risidagi tahliliy hisobotni;

  • xarajat majburiyatlarining ularni kiritish (ijro etish) uchun asos bo‘ladigan hamda moliyalashtirish manbalari va amal qilish muddatlarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar, shartnomalar va (yoki) ularning alohida qoidalari ko‘rsatilgan reestrini;

  • davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturini;

  • davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi bilan uzviy bog‘liq holda tuzilgan kelgusi davr uchun davlat byudjeti buyurtmasini o‘z ichiga oladi.

Tumanlar va shaharlar byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha davlat byudjeti so‘rovini ko‘rib chiqish tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha, shuningdek‚ tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalari bo‘yicha davlat byudjeti so‘rovini ko‘rib chiqish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tasarrufdagi davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha davlat byudjeti so‘rovlarini ko‘rib chiqish esa davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan amalga oshiriladi. Davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari loyihalari, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari loyihalari bo‘yicha davlat byudjeti so‘rovlarini ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralarning Davlat byudjeti loyihasining daromad qismi bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti so‘rovlari ko‘rib chiqilayotganda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga davlat byudjeti so‘rovlari olinganidan keyin o‘n ish kuni ichida quyidagilarga yozma bildirishlar yuborish huquqi beriladi:

  • davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilarga va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga — amalga oshirish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi past bo‘lgan, davlat byudjeti daromadlarining tegishli o‘sishi bilan ta’minlanmagan xarajatlarni kamaytirish to‘g‘risida, shuningdek‚ davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilar faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari pasaygan hollarda xarajatlarni maqbullashtirish haqida;

  • davlat byudjeti majburiyatlarining limitlari to‘g‘risidagi xabarnomani tasdiqlash va uni davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilar va taqsimlovchilarga yetkazish;

  • davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilarning pulli majburiyatlarini qabul qilish.

Byudjetni xarajatlar bo‘yicha ijro etish har bir bosh taqsimlovchi (quyi idoralar va davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilar bo‘yicha davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlash huquqiga ega bo‘lgan davlat hokimiyati organlari) va davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilar (idoraviy belgisi bo‘yicha davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilarga davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlash huquqiga ega bo‘lgan davlat hokimiyati organlari yoki mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari) uchun G‘aznachilikning yagona hisob registrida ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlaridan foydalanish yordamida amalga oshiriladi.
G‘aznachilik tizimi byudjetga kelib tushayotgan daromadlar va davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish manbalaridan tushumlar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha operatsiyalarni, shuningdek, davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish va sanksiyalashtirishni o‘zining Bosh daftarida qayd etadi.
Davlat byudjeti daromadlari qismining ijrosini soliqlar va boshqa to‘lovlarni byudjetga undirish bilan shug‘ullanadigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi hamda ularning quyi organlari ta’minlaydi.
Moliyaviy yil joriy yilning 31-dekabrida nihoyasiga yetishi kerak. Davlat byudjeti majburiyatlarining limitlari ham o‘zlarining harakatini 31-dekabrda to‘xtatadi. Odatda, 25-dekabrdan so‘ng pulli majburiyatlarning qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Davlat byudjetining ijrosiga oid foydalanilgan hisobvaraqlar 31- dekabrda yopilishi zarur.
Davlat byudjetining ijrosini ta’minlash jarayonida uning daromadlarini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasining “Byudjeti kodeksi”, “Soliq kodeksi”, “Bojxona kodeksi” va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda hisoblab chiqarilgan, biroq joriy yilning 31-dekabrigacha davlat byudjetiga to‘lanmagan daromadlar kelgusi yilda davlat byudjetiga o‘tkazilishi kerak.
Tasdiqlangan davlat byudjeti mablag‘lari doirasida va xarajatlar smetasiga muvofiq davlat byudjeti mablag‘lari davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilar tomonidan moliya yili mobaynida
479
shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan ochiladi.
Davlat byudjeti ijrosi davomida barcha operatsiyalar va davlat byudjetining mablag‘lari G‘aznachilikning balans hisobvaraqlarida aks ettiriladi. Bu hisobvaraqlari Markaziy bank va kredit tashkilotlarida joylashgan. G‘aznachilik tizimi davlat byudjeti mablag‘lariga nisbatan kassaning yagonaligi prinsipini ta’minlaydi. Bu prinsip barcha kelib tushuvchi daromadlar va davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish manbalaridan tushumlarni hamda ko‘zda tutilgan barcha xarajatlarni amalga oshirishni davlat byudjetining yagona hisobvarag‘idan amalga oshirilishini taqozo etadi. Mamlakat davlat byudjeti tizimi barcha darajalarining byudjetlari kassaning yagonaligi prinsipi asosida ijro etilishi kerak.
Davlat byudjetining daromadlar bo‘yicha ijro etilishi quyidagilarni ko‘zda tutadi:

  • daromadlarni davlat byudjetining yagona hisobvarag‘iga o‘tkazish va yozish;

  • tasdiqlangan byudjetga muvofiq ravishda tartibga keltiruvchi

(soluvchi) daromadlarni taqsimlash;

  • byudjetga ortiqcha to‘langan daromadlar summasini qaytarish;

  • davlat byudjeti daromadlarini hisobga olish va daromadlar to‘g‘risida hisobot tuzish.

Xarajatlar bo‘yicha byudjetlar ijrosi davlat byudjetining yagona hisobvarag‘ida davlat byudjeti mablag‘larining haqiqatda mavjudligi doirasida hamda moliyalashtirish va sanksiyalashtirishning (sanksiya qo‘llashning) ketma-ket majburiy amalga oshiriladigan tartiblariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Davlat byudjeti xarajatlarining ijrosi davomida sanksiyalashtirishning asosiy bosqichlari quyidagilar hisoblanadi:

  • davlat byudjeti xarajatlari ro‘yxatini tuzish va tasdiqlash;

  • davlat byudjeti mablag‘lari to‘g‘risidagi xabarnomani tasdiqlash va ularni davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilar hamda taqsimlovchilarga yetkazish, shuningdek, davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilarning daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlash;

478

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat-lar, Toshkent shahar hokimliklari va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga – tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari daromadlari hamda xarajatlarining prognozlari asossiz ravishda pasaytirilgan yoki oshirilgan hollarda, mazkur prognozlarga tuzatish kiritish to‘g‘risida.

Davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yozma bildirishlarini olgandan keyin uch ish kuni ichida mazkur yozma bildirishlarda ko‘rsatilgan fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda yangilangan davlat byudjeti so‘rovlarini taqdim etishi shart.
Kelgusi davr uchun davlat byudjeti so‘rovlari:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilar tomonidan tegishli moliya organlariga, shuningdek‚ O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tasarrufdagi davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilar tomonidan davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilarga – joriy yilning 1 iyunigacha;

  • davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga – joriy yilning 1 iyuligacha;

  • davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — joriy yilning 1 iyuligacha taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlarining prognozi bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga — joriy yilning 15 iyunigacha taqdim etadi.
Kelgusi moliya yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining hamda davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihalari:

  • tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy yilning 25-iyunidan kechiktirmay;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga joriy yilning 1iyulidan kechiktirmay taqdim etiladi.

Tumanlar va shaharlar byudjetlarining loyihalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan:
Davlat byudjeti daromadlari qismi bo‘yicha Davlat byudjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq inspeksiyalari, hokimliklarning bo‘limlari va davlat boshqaruvi organlarining boshqa tuman hamda shahar bo‘linmalari tomonidan ma’muriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida, davlat byudjeti xarajatlari qismi bo‘yicha tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarning davlat byudjeti so‘rovlari asosida ishlab chiqiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan davlat byudjetining daromadlari qismi bo‘yicha Davlat byudjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq boshqarmalari va hokimliklarning boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat boshqaruvi organlarining bo‘linmalari tomonidan ma’muriyhududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va boshqa banklarda o‘zga bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega. Yagona g‘azna hisobvarag‘i O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridan mablag‘larning so‘zsiz tartibda hisobdan chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatilganligi uchun haq olinmaydi.
Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari quyidagi turlar bo‘yicha ochiladi:

  • davlat byudjeti tizimi byudjetlarining darajalari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari;

  • Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari;

  • davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari.

Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining darajalari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari:

  • O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan;

  • tumanlar va shaharlar byudjetlari bo‘yicha — tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan;

  • davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari bo‘yicha — davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ochiladi.

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ochiladi:
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining
477
tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, bu jarayonda Moliya vazirligining muhim tarkibiy tuzilmalaridan biri bo‘lgan Davlat G‘aznachilik tizimi va uning quyi organlari alohida rolni o‘ynaydi94.
Davlat g‘aznachilik tizimi davlat byudjeti ijrosi bo‘yicha quyidagilarni amalga oshiradi:

  • davlat byudjeti daromadlarining tushishini qayd etish;

  • davlat byudjeti majburiyatlarini, ya’ni davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunga muvofiq ravishda vujudga keladigan ma’lum muddat davomida xarajatlarni sarflash majburiyatini qabul qilish muddatlari va hajmlarini tartibga solish;

  • ajratilgan davlat byudjeti majburiyatlari limiti doirasida xarajatlarni amalga oshirish huquqiga ruxsat yozuvlarini sodir etish;

  • byudjetdan mablag‘ oluvchilar nomidan to‘lovlarni amalga oshirish;

  • va boshqa funksiyalar.

Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining ijrosi moliya yili mobaynida va qo‘shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi. Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo‘shimcha vaqt davri bo‘lib, bu davr mobaynida o‘tgan yil uchun davlat byudjeti tizimi byudjetlarining ijrosi amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining qo‘shimcha vaqt davridagi ijrosi bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazish tartibini va oxirgi muddatlarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetining ijrosi g‘aznachilik ijrosi asosida amalga oshiriladi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling