Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet185/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

24-BOB. SUG‘URTA
24.1. Sug‘urta haqida tushuncha va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Ma’lumki, turli ko‘ngilsiz hodisalar, xususan, zilzila, suv toshqini, qurg‘oqchilik, yer ko‘chkisi, sel, kuchli shamol, do‘l va shunga o‘xshash tabiiy ofatlar qadimdan insoniyat boshiga katta kulfatlar keltirgan. Keyinchalik ishlab chiqarishning rivojlanishi, sanoatning yangi bosqichga ko‘tarilishi turli texnogen tusdagi xavflarning vujudga kelishiga olib kelgan.
Jamiyatning barcha jabhalari taraqqiy etishi barobarida fuqarolarning bir maromda hayot kechirishlariga va korxonalarning barqaror faoliyat ko‘rsatishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ham kengaya boshladi. Mana bir misol. Sanoatning tez sur’atlar bilan rivojlanishi tabiat va jamiyat o‘rtasidagi muvozanatning buzilishiga, birinchi galda, ekologik vaziyatning tang ahvolga tushib qolishiga sabab bo‘ldi. To‘g‘ri, insoniyat tabiatning injiqliklariga ko‘nikib yashashga o‘rgangan, ammo, shu bilan bir qatorda tabiiy ofatlar, yong‘in va boshqa noxush hodisalar ro‘y berishi oqibatida yuzaga kelgan zararlar, yo‘qotishlarning o‘rnini qoplash vositalarini izlab topishga ham harakat qilgan. Hatto, insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida hayot kechirgan ajdodlarimiz bunday ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y berishi natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar va nobudgarchiliklardan saqlanish choralarini ko‘rganlar. Ana shunday choralardan biri sifatida qurg‘oqchilikdan saqlanish maqsadida suv omborlari va oziq-ovqat zaxiralarini yaratganlar. Har ehtimolga qarshi zaxiralarni yaratish va oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan hamda insoniyatning ongi bilan boshqarib bo‘lmaydigan ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi oqibatida yuzaga kelgan zararlarning o‘rnini qoplash hozirgi zamon sug‘urta munosabatlarining asosini tashkil etadi.
Tabiiy ofatlar, yong‘in va boshqa noxush hodisalar yuz berishi natijasida yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplashda sug‘urta muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy adabiyotlarda sug‘urta tushunchasiga turlicha ta’riflar keltirilgan. Ulardan eng keng tarqalgani “yuridik va jismoniy shaxslarning badallari hisobidan
588
Loyihalarni tanlovga taqdim etish jarayonida byudjetning markazlashtirilgan investitsion resurslarini tanlov asosida joylashtirishda investitsion loyihalarning samaradorligini baholashda talab qilinadigan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda yana quyidagilar taqdim qilinishi lozim:

  • ijroiya hokimiyat organlarining import bo‘yicha sotib olinishi rejalashtirilayotgan asbob-uskunani mamlakat korxonalarida tayyorlashning iloji yo‘qligi va ularni import bo‘yicha sotib olish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;

  • ssudalarni qaytarishni ta’minlash manbalari ko‘rsatilgan holda qarz mablag‘larini to‘liq qaytarishning moliyaviy hisobkitoblari;

  • da’vogarda avans to‘lovlarini amalga oshirish uchun o‘z mablag‘lari borligining tasdiqlanganligi.

Ssudalar mamlakat tijorat banklari kafolatlari, hokimiyat organlari va barqaror moliyaviy-iqtisodiy ahvolga ega bo‘lgan uchinchi shaxslarning iltimosnomalari hamda yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar garovi asosida taqdim etiladi. Ta’minotning bunday turlari riskning baholanishiga bog‘liq bo‘lgan holda turli kombinatsiyalarda qo‘llanilishi mumkin.
Ssudalarning miqdori tanlovdan o‘tgan loyiha uchun uni moliyalashtirish resurslari hajmining ma’lum bir qismidan (odatda, uning 40%dan) oshmasligi lozim. Moliyalashtirishning boshqa qismi byudjet manbalariga muqobil bo‘lgan manbalar hisobidan qoplanishi kerak.
Ijtimoiy sohada davlat funksiyalarining bajarilishi bilan bog‘liq va notijoriy xaraktyerga ega bo‘lgan investitsion loyihalarni moliyalashtirish tashkilotlarga shunday loyihalar hajmini 100% moliyalashtirish miqdorida taqdim etilishi mumkin.
Davlat tomonidan xorijiy davlatlarga, ularning yuridik shaxslariga va xalqaro tashkilotlarga taqdim etilayotgan kreditlar deyilganda ular bo‘yicha xorijiy davlatlar, ularning yuridik shaxslari va xalqaro tashkilotlarning kreditor sifatida davlat oldida vujudga kelgan qarz majburiyatlari tushuniladi.
Xorijiy davlatlarning qarz majburiyatlari ularning boshqa davlat oldidagi qarzlarini shakllantiradi. Odatda, byudjet to‘g‘risidagi qonunda bu qarzlarga tegishli bo‘lgan quyidagilar tasdiqlanishi kerak:

  • xorijiy davlatlarning qarzlari bo‘yicha qaytarilish (uzilish) summalari va foizlarining to‘lovi;

moliyaviy yilning oxiridagi xorijiy mamlakatlar qarzlarining
miqdori;

  • xorijiy davlatlarga taqdim etiladigan davlat kreditlarining maksimal hajmi;

  • moliyaviy yilda ularning oluvchilari, maqsadlari va kreditlashtirish miqdorlari ko‘rsatilgan holda kreditlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan xorijiy davlatlarga davlat kreditlarini taqdim etish dasturi.


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling