Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Sug‘urta bozorining mohiyati, tarkibi va turlari


Download 1.64 Mb.
bet188/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

24.3. Sug‘urta bozorining mohiyati, tarkibi va turlari
Iqtisodiyotning umumiy nazariyasida ham, sug‘urta fanida ham “sug‘urta bozori” va “sug‘urta xo‘jaligi” yangi tushunchalardir. Shunga qaramay aytish mumkinki, “sug‘urta bozori” tushunchasi o‘ziga nisbatan bir muncha umumiy hisoblangan “sug‘urta xo‘jaligi” tushunchasining pog‘onalaridan biri bo‘lib, sug‘urta xizmatlari oldi-sotdisi bilan bog‘liq. “Sug‘urta xo‘jaligi” sug‘urta sohasidagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, sotish va iste’mol qilish bilan bog‘liq munosabatlar yig‘indisidan iborat. Umumjahon xo‘jaligi miqyosida “jahon sug‘urta xo‘jaligi” atamasini qo‘llash mumkin. Ana shu ma’noda “sug‘urta xo‘jaligi” sug‘urta tashkilotlarining ta’sis etilishi, tashkiliy tuzilmasi, faoliyati, boshqaruvi bilan bog‘liq munosabatlarni, shuningdek, sug‘urta tashkilotlarining yoki sug‘urta bozorining boshqa turdagi subyektlarining sug‘urtaga oid faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish munosabatlarini, iqtisodiy munosabatlarda sug‘urtadan foydalanish shart-sharoitlari va asoslarini ifoda etadi. Xorijiy adabiyotda bu borada tegishli ravishda “sug‘urta iqtisodiyoti” va “jahon sug‘urta iqtisodiyoti” tushunchalari ishlatiladi.
607
sug‘urtalovchilar uchun majburiydir. Biznes sohasi uchun sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning standartlari standart tushunchalar va sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning standart shartlaridan iboratdir. Sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning standartlari, agar qonun hujjatlarida yoki sug‘urta shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, biznes sohasi uchun sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishda qo‘llaniladi.
Sug‘urta shartnomasi tuzilayotganda sug‘urtalovchi iste’molchiga (tadbirkorlik xavfini sug‘urtalash shartnomasini tuzmoqchi bo‘lgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorga) quyidagilar haqida haqqoniy va to‘liq axborotni taqdim etishi shart:

  1. sug‘urtalovchi haqida (oshkora axborotni);

  2. sug‘urtalovchi nomidan va topshirig‘iga binoan faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta vositachilari (sug‘urta agentlari) haqida (agar iste’molchi tomonidan bunday talab mavjud bo‘lgan

taqdirda);

  1. sug‘urta xizmati, ya’ni uning narxi (sug‘urta mukofoti), qoplamasi, shartlari, xizmatning maqsadlari, tavakkalchilik omillari, kafolatlar, maxsus istisnolari va h. k. haqida;

  2. sug‘urta xizmatining iste’molchi uchun afzalliklari va

kamchiliklari haqida;

  1. sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchining majburiyatlari

haqida;

  1. sug‘urta mukofotlari (badallari) va mablag‘larning

kutilayotgan qaytarilishi haqida (qo‘llanilishi mumkin bo‘lganda);

  1. sug‘urta da’volarini hal etish tartibi va sug‘urta

shartnomasining boshqa shartlari haqida.
Sug‘urtalovchi taqdim etayotgan axborot barcha muhim shartlar (pozitsiyalar) bo‘yicha aniq va ravshan, yanglishtirmaydigan, oson tushuniladigan va yozma shaklda yoki tegishli elektron tashuvchilarda bo‘lishi shart.
2009-yilning 7-aprelidagi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining buyrug‘iga asosan “Aktuar xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlangan va bu hujjat 2009-yilning 26- iyunida Adliya vazirligida 1975-son bilan ro‘yxatga olingan. O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq sug‘urta tashkilotlari bir yilda bir marta moliya yili yakunlangandan so‘ng keyingi yilning olti oyi ichida aktuar tashkilotining kuzatuvidan o‘tishlari shart. Aktuar kuzatuvi
606
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29- sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF5197-son Farmoniga asosan sug‘urta faoliyati turlariga qarab, sug‘urtalovchilarning ustav kapitali minimal miqdorlarini talab belgilandi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling