Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Shaxsiy sug‘urta va uning turlari
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
25.6. Shaxsiy sug‘urta va uning turlari
Sug‘urta o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy himoyaning muhim vositasi hisoblanadi. Masalan, baxtsiz hodisa ro‘y berishi natijasida fuqaro tan jarohati olish yoki mehnat qobiliyatini 636 Mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha yuridik shaxslar hamda sug‘urtalovchi o‘rtasida tuzilgan sug‘urta shartnomasida tomonlarning huquq va majburiyatlari aks ettiriladi. Sug‘urtalanuvchi bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslarning majburiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: sug‘urta obyektini ko‘zdan kechirish uchun imkoniyat yaratib berish; sug‘urta mukofotlarini o‘z vaqtida to‘lash; shartnoma tuzilayotganda sug‘urtalovchiga sug‘urta tavakkalchiligini baholash uchun ahamiyat kasb etuvchi o‘ziga ma’lum barcha holatlar haqida, shuningdek mazkur sug‘urta obyekti bo‘yicha tuzilgan yoki tuzilajak hamma sug‘urta shartnomalari to‘g‘risida ma’lumot berish; Sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urtalangan mulkiga zarar yetkazilishining oldini olish va zararni kamaytirish uchun zarur choralarni ko‘rish va sug‘urtalovchiga sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi haqida sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda xabar berish. Yuridik yoki jismoniy shaxslar sug‘urtalangan mulkini ko‘zdan kechirish uchun sug‘urtalovchiga taqdim qilishi yoki mulkning barcha zararlangan qismlarining fotosurati yoki videolavhasini oldirishi va tiklash ishlari boshlangunga qadar o‘zi qiladigan ishlarni sug‘urtalovchi bilan kelishib olishi kerak. Yuridik yoki jismoniy shaxslar quyidagi huquqlarga ega bo‘lishi mumkin: butun mulkni va ayrim obyektlarni tomonlarning qo‘shimcha kelishuvi yoki yangi sug‘urta shartnomasi shartlari asosida qo‘shimcha sug‘urtalash; sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda mustaqil ekspertiza o‘tkazilishini talab qilish; sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan davrda sug‘urtalovchidan sug‘urta masalalari borasida maslahatlar olish; sug‘urtalovchi bilan kelishgan holda sug‘urta shartnomasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish. Yuridik yoki jismoniy shaxslar oldida sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tashkiloti quyidagi majburiyatlarga ega bo‘ladi: shartnomada belgilangan muddatlarda sug‘urta polisini berish va shartnoma tuzishda asoslanilgan sug‘urtalash qoidalari bilan tanishtirish; sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan sug‘urta hodisalari yuz berganda sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi haqidagi dalolatnoma asosida sug‘urta qoplamasi to‘lash; sug‘urtalanuvchi bilan bo‘ladigan munosabatlarda mahfiylikni ta’minlash. Shu bilan bir qatorda sug‘urta tashkilotining huquqlari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: agar sug‘urta hodisasi: a) sug‘urtalovchining sug‘urta hodisasini keltirib chiqarish uchun ataylab qilgan xatti-harakatlari natijasida yuz bergan bo‘lsa; b) sug‘urtalanuvchi tavakkalchilikdagi jiddiy o‘zgarishlar haqida sug‘urtalovchini boxabar qilgan bo‘lmasa; sug‘urtalanuvchi sug‘urta hodisasi to‘g‘risida sug‘urtalovchiga xabar bermagan yoki yetkazilgan zarar tafsilotlari, turi va miqdorini aniqlashda sug‘urtalovchi yoxud uning vakili ishtirok etishiga to‘sqinlik qilgan bo‘lsa; sug‘urtalanuvchi zararni aniqlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa, sug‘urta tovoni to‘lashni rad etish; sug‘urta shartnomasining muddati mobaynida sug‘urtalangan mulkning ahvoli va qiymatini, shuningdek sug‘urtalanuvchi o‘z mulki haqida ma’lum qilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish; sug‘urtalanuvchidan sug‘urta hodisasi haqida xabar kelishini kutib o‘tirmasdan, sug‘urta hodisasi etkazgan zararni ko‘zdan kechirish va baholashga kirishish; sug‘urta hodisasi yuz berish xavfining darajasini ifodalovchi qo‘shimcha hujjatlarni talab qilib olish. Sug‘urtalanuvchi bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar sug‘urta mukofotini shartnomada ko‘rsatilgan muddatda to‘lamaganda shartnoma yuridik kuchini yo‘qotishi mumkin. Agar sug‘urtalangan mulkning yo‘qolishi yoki zararlanishiga quyidagilar sabab bo‘lsa sug‘urta tashkiloti sug‘urta javobgarligidan ozod etilishi mumkin: sug‘urtalanuvchining majburiyatlari kuchga kirgunga qadar mulkda mavjud bo‘lgan hamda sug‘urtalanuvchi yoki uning vakillariga ma’lum bo‘lgan kamchilik va nuqsonlar; sug‘urtalangan mulkdan foydalanish qoidalarining sug‘urtalanuvchi yoki uning vakillari tomonidan buzilishi natijasida zarar yetkazilishi; 150 000 so‘m. Sug‘urta summasi ham 150 000 so‘mga teng. Tarif stavkasi – 1,0 foiz. Hisoblangan va sug‘urtalovchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta mukofoti miqdori 1500 so‘mni tashkil etadi. Sug‘urta shartnomasi muddati – 1,0 yil. Sug‘urta shartnomasida mazkur sug‘urta mukofotini bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan. Shunga asosan sug‘urta qildiruvchi shartnoma tuzilgandan so‘ng 3 kun ichida hisoblangan sug‘urta mukofotining 750,0 so‘mini to‘ladi. Sug‘urta hodisasi shartnoma tuzilgandan so‘ng 15 kun ichida sodir bo‘ldi. Bunday holatda va mazkur sug‘urta hodisasi sug‘urta tashkiloti tomonidan tan olingan taqdirda sug‘urta qildiruvchiga zarar to‘langan sug‘urta mukofotiga mutanosib ravishda, ya’ni 50 foizi miqdorida qoplab beriladi. Sug‘urta qoplamasi sug‘urtalanuvchining zararni qoplash to‘g‘risidagi yozma arizasi, shuningdek‚ vakolatli organlardan olingan tegishli hujjatlar asosida to‘lanadi. Bunday hujjatlarning taqdim etilmasligi sug‘urtalovchiga ushbu hujjatlar bilan tasdiqlanmagan zarar uchun tovon to‘lashni rad etish huquqini beradi. Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi haqidagi xabarni sug‘urta qildiruvchi shartnomada ko‘rsatilgan muddati ichida sug‘urtalovchiga yetkazishi shart. Aks holda, sug‘urta tashkiloti zararni qoplashdan voz kechishi mumkin. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgani haqida ariza bergandan so‘ng sug‘urta tashkiloti tomonidan komissiya tuziladi va uning tarkibiga sug‘urtalanuvchining, sug‘urtalovchining, zarur hollarda esa vakolatli tashkilotlarning ham vakillari kiritiladi. Komissiya muayyan muhlat ichida zararlanish sabablari va miqdorini aniqlaydi. Komissiya sug‘urta hodisasini e’tirof etgan taqdirda yo‘qotish va zararlar miqdori, shuningdek to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta qoplamasining miqdori aniqlanadi. Tomonlar buni dalolatnomada qayd etadilar. Mazkur dalolatnoma sug‘urtalanuvchiga sug‘urta tashkiloti tomonidan sug‘urta tovoni to‘lanishi uchun asos bo‘ladi. Zarar sabablari va miqdori xususida tomonlar o‘rtasida nizolar paydo bo‘lgan hollarda mustaqil ekspertiza o‘tkazilishi mumkin. Sug‘urtalanuvchi zararni qoplash haqidagi arizasida quyidagilarni ko‘rsatishi shart: 635 berishdan bosh tortganda sug‘urtalovchi sug‘urta tovoni to‘lashdan ozod bo‘ladi. Shartnomaga kiritiladigan hamma qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, shuningdek‚ prolongatsiya, bekor qilish yoki to‘xtatish tomonlarning roziligi bilan o‘zaro xabar berilgan holda yozma ravishda amalga oshirilmog‘i darkor. Sug‘urta shartnomasidan kelib chiquvchi barcha nizo va kelishmovchiliklar tomonlarning muzokara olib borishi yo‘li bilan hal etiladi, kelishuvga erishib bo‘lmagan taqdirda esa tegishli muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qarab chiqish uchun xo‘jalik sudiga oshiriladi. Yuridik shaxslar mulkini sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasi mol-mulk balans qiymatiga nisbatan foizlarda hisoblanadi. Tarif stavkasini aniqlashda mol-mulkning joylashgan o‘rni, eskirganlik va risk darajasi kabi omillar hisobga olinadi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkini sug‘urta qilishda sug‘urta obyekti bahosi bozor narxi asosida aniqlanadi. Ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha tarif stavkasi sug‘urta tashkiloti tomonidan risk darajasi, ish yuritish xarajatlari va bozordagi talab hamda taklifdan kelib chiqqan holda belgilanadi. Majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha tarif stavkalari qonunchilikda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Sug‘urta mukofoti tarif stavkasi asosida sug‘urtaga qabul qilinayotgan obyektning sug‘urta summasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Misol. Korxonaga tegishli va sug‘urtalash uchun qabul qilingan stanokning qoldiq qiymati 150 000 so‘m. Tarif stavkasi – 1,0 foiz. Sug‘urta mukofoti (Sm) quyidagicha hisoblanadi. 150 000x1 Sm =-----------------= 1500 so‘m 100 Sug‘urta mukofotining miqdori va to‘lash muddatlari sug‘urta shartnomasida ko‘rsatiladi. Shuningdek, sug‘urta qildiruvchilar sug‘urta tashkiloti bilan kelishgan holda sug‘urta mukofotini bo‘libbo‘lib ham to‘lashlari mumkin. Agar, sug‘urta hodisasi sug‘urta mukofotining bir qismi to‘langandan so‘ng ro‘y bergan bo‘lsa, u holda zarar sug‘urta mukofotining to‘langan qismiga mutanosib ravishda qoplanadi. Misol. Korxonaga tegishli stanokning qiymati 634 sug‘urtalanuvchining yoki uning shartnoma bo‘yicha sug‘urtalangan mulk ishonib topshirilishi mumkin bo‘lgan xodimlaridan, vakillaridan yoki boshqa shaxslardan birining ehtiyotsizligi, vijdonsizligi, nosamimiyligi, shuningdek‚ mulkka mulkdorlik yoxud egalik huquqining qalloblik yo‘li bilan boshqa shaxsga o‘tkazilishi; doimiy ta’sir ko‘rsatuvchi foydalanish omillari (eskirish, zanglab chirish) va ob-havo omillari ta’sirida yoxud sug‘urtalangan narsalardan foydalanmaslik oqibatida asta-sekin zararlanish; sug‘urtalanuvchi yoki uning vakillari tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi; yengil alangalanadigan modda va materiallarni saqlash yoki ulardan foydalanish qoidalarining buzilishi; sug‘urtalanuvchi zararlangan narsalarni yoki ularning qoldiqlarini sug‘urtalovchiga ko‘rsatishdan bosh tortgan taqdirda, butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin bo‘lgan narsalar bundan mustasnodir; urush yoki urush harakatlari (urush e’lon qilinganiqilinmaganidan qat’iy nazar), g‘alayon, inqilob, qo‘zg‘olon, isyon, fitna, ish tashlash, noqonuniy yo‘l bilan hokimiyatni qo‘lga olish, suiqasd, qo‘poruvchilik harakati, amalda yoki qonuniy mavjud bo‘lgan hukumatning yoki biror hokimiyat organining farmoyishi bilan musodara qilish, rekvizitsiya, buzish yoki zararlantirish, yadro reaksiyasi, yadro nurlanishi yoxud radioaktiv zararlanish. Ichki sanitariya texnikasi tizimlari buzilganda quyidagi: agar falokat sug‘urtalanuvchining ehtiyotsizligi yoki noshud xatti-harakatlari tufayli yuz bergan; basharti falokat uchinchi shaxslarning ataylab qilgan yoki ataylab qilmagan xatti-harakatlari oqibatida yuz bergan hollarda sug‘urta tashkiloti yetkazilgan zarar uchun javob bermaydi. Sug‘urta qoplamasi sug‘urtalanuvchining zararni qoplash to‘g‘risidagi yozma arizasi, shuningdek, vakolatli organlardan olingan tegishli hujjatlar asosida to‘lanadi. Bunday hujjatlarning taqdim etilmasligi sug‘urtalovchiga ushbu hujjatlar bilan tasdiqlanmagan zarar uchun tovon to‘lashni rad etish huquqini beradi. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgani haqida ariza bergandan so‘ng komissiya tuzilib, uning tarkibiga sug‘urtalanuvchining, sug‘urtalovchining, zarur hollarda esa vakolatli tashkilotlarning ham vakillari kiritiladi. Komissiya muayyan muhlat ichida zararlanish sabablari va miqdorini aniklaydi. Komissiya sug‘urta hodisasini e’tirof ettan taqdirda yo‘qotish va zararlar miqdori, shuningdek to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta qoplamasining miqdori aniqlanadi. Tomonlar buni dalolatnomada qayd etadilar. Mazkur dalolatnoma sug‘urtalanuvchiga sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta tovoni to‘lanishi uchun asos bo‘ladi. Zarar sabablari va miqdori xususida tomonlar o‘rtasida nizolar paydo bo‘lgan hollarda mustaqil ekspertiza o‘tkazilishi mumkin. Sug‘urtalanuvchi zararni qoplash haqidagi arizasida quyidagilarni ko‘rsatishi shart: -sug‘urta hodisasi yuz bergan sana va uning tavsifi; -sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urtalanuvchi qilgan ishlar; -zarar miqdori va sug‘urtalanuvchi da’vo qilayotgan sug‘urta tovonining miqdori. Bunda tegishli ro‘yxat va summa ko‘rsatilishi kerak; -zararni qoplash uchun uchinchi shaxslardan olingan tovon miqdori. Mabodo zarar to‘liq qoplangan bo‘lsa yoki sud qaroriga ko‘ra zarar aybdor shaxs tomonidan qoplanadigan bo‘lsa, sug‘urtalanuvchi sug‘urta tovoni olish huquqidan mahrum bo‘ladi. Quyidagi hollarda sug‘urta tovoni to‘lanmaydi: -agar sug‘urtalanuvchi zarar yetkazilishiga olib keluvchi xattiharakatlarni ataylab yoki qo‘pol ehtiyotsizligi tufayli sodir etgan yoki ularga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa; -basharti zarar kelib chiqishiga olib kelgan holatlar huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tekshirilayotgan bo‘lsa, tekshiruv tamom bo‘lgunga qadar. Mabodo sug‘urtalanuvchi yoki naf oluvchi shaxs zarar uchun aybdor yoki uchinchi shaxslardan tovon olgan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urta shartlariga ko‘ra to‘lanishi lozim bo‘lgan pul bilan aybdor yoxud uchinchi shaxslardan olingan pul o‘rtasidagi farqning o‘zini to‘laydi. Shartnoma imzolagandan so‘ng tavakkalchilik darajasida ro‘y bergan va sug‘urta hodisasi yuz berish ehtimolini oshiradigan barcha o‘zgarishlar sug‘urtalovchiga sug‘urta shartlarini o‘zgartirish hamda qo‘shimcha sug‘urta mukofoti to‘lanishi talab qilish huquqini beradi. Sug‘urtalanuvchi qo‘shimcha sug‘urta mukofotini to‘lashdan bosh tortgan taqdirda mazkur shartnoma yuridik kuchini yo‘qotadi, to‘langan sug‘urta mukofoti esa qaytarib berilmaydi. Shartnomada kelishilgan zararlarni qoplash uchun sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshirilgan har bir to‘lov majburiyatlar chegarasini ana shu to‘lov miqdorida, ammo agar mas’uliyat chegarasini qayta tiklash uchun qo‘shimcha sug‘urta mukofoti to‘lanmasa, dalolatnomada qayd etilgan zarar miqdoridan ko‘p bo‘lmagan hajmda kamaytiradi. Shartnoma tomonlar unda ko‘rsatilgan majburiyatlarini bajarmay qo‘ygunlariga qadar kuchda bo‘ladi. Tomonlardan birining kamida 30 kun oldin beriladigan yozma arizasiga binoan shartnoma istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin. Agar sug‘urtalanuvchi shartnomani muddatidan oldin bekor qilishini ma’lum qilsa, sug‘urta mukofoti unga qaytarilmaydi. Sug‘urta shartnomasi bekor qilinishini sug‘urtalovchi talab etgan taqdirda: sug‘urtalanuvchiga sug‘urta mukofoti muddati tamom bo‘lmagan davrga mutanosib miqdorda qaytariladi, bunda o‘tgan davrda qilingan xarajatlar sug‘urta mukofotidan ushlab qolinadi; basharti sug‘urta shartnomasi bekor qilinishining talab etilishiga ushbu shartnomada kelishilgan shartlarning sug‘urtalanuvchi tomonidan buzilishi sabab bo‘lsa, faqat sug‘urta mukofoti muddati tamom bo‘lmagan davrga mutanosib miqdorda qaytariladi. Sug‘urta tovoni to‘lash haqida dalolatnoma tuzilgandan keyin sug‘urtalanuvchining zarar yetkazilishi uchun javobgar shaxslarga nisbatan bo‘lgan huquqlari to‘langan pul miqdorida sug‘urtalovchiga o‘tadi. Bunda sug‘urtalanuvchi aybdor shaxslardan talab qilish huquqini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni sug‘urtalovchiga berishi shart. Sug‘urtalanuvchi zarar yetkazgan shaxsga bo‘lgan da’vosidan yoki unga nisbatan bo‘lgan talablarning amalga oshirilishini ta’minlovchi huquqlaridan voz kechganda, shuningdek‚ regress talabni qo‘yish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarni sug‘urtalovchiga 633 stavkaga ko‘paytiriladigan koeffitsent ish beruvchi olib borayotgan faoliyatning xavflilik darajasiga qarab belgilanadi. Faoliyat xavfliligi esa ish beruvchi faoliyat turining xavflilik darajasi klassifikatsiyasi darajasiga muvofiq belgilanadi. Ish beruvchi faoliyat turining xavflilik darajasi klassifikatsiyasi qoidalar asosida tasdiqlangan ushbu klassifikatsiyaga binoan iqtisodiyot sohalari kasbiy xatarlarining 20 ta klassiga ajratilgan. Har bir klass bo‘yicha tegishli koeffitsiyentlar belgilangan. Agar, ish beruvchi klassifikatsiyada keltirilmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, faoliyatning bu turiga nisbatan kasbiy xatarlar klasslari bo‘yicha o‘rtacha sug‘urta tariflariga teng 3,400 hajmidagi koeffitsiyent qo‘llaniladi. Shuningdek, sug‘urtaning ushbu turi bo‘yicha sug‘urta tariflari tarkibi ham belgilangan bo‘lib, bunda sug‘urta mukofoti hajmidagi netto-stavka va sug‘urta mukofoti hajmida majburiy sug‘urtani amalga oshirish xarajatlari ulushi belgilab beriladi. Sug‘urta tarifi tarkibiga muvofiq, tarif stavkasining 70 foizi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash shartnomasi bo‘yicha to‘lovlar va 30 foizi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash xarajatlari (shu jumladan, sug‘urta hodisalarini oldini olishga oid ogohlantirish tadbirlari zaxirasiga chegirmalar tarifning 5,0 foizini tashkil etadi)dan iborat. Shubhasiz, respublikada majburiy sug‘urtaning ijtimoiy yo‘naltirilgan tizimi shakllantirilgan. Bu tizim mamlakat iqtisodiyotining zamonaviy talablariga to‘liq javob beradi. Majburiy sug‘urta turlarining tatbiq etilishi yaqin yillar ichida mamlakat sug‘urta bozorini rivojlantirishga qudratli turtki beradi va majburiy sug‘urtaning aholini ijtimoiy himoyalashda ishtirokini oshiradi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling