Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet215/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

Byudjetlararo munosabatlar – davlat hokimiyat organlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari o‘rtasida munosabatlar.
Byudjet huquqi – mamlakat byudjet tuzilishining (qurilishining) asoslarini, mamlakatning byudjet tizimiga kiruvchi byudjetlarni tuzish, ko‘rib chiqish (muhokama qilish), tasdiqlash va ijro etish tartibini aniqlovchi yuridik me’yorlar majmui.
Birja solig‘i – birja oboroti (aylanmasi)dan olinadigan soliq. Proporsional stavkalar bo‘yicha olinib, uning darajasi bitimlar summasiga nisbatan 1%dan 2,5% gacha tebranadi. Uning soliqqa tortish obyekti bo‘lib, fond birjasidagi qimmatbaho qog‘ozlar oboroti (aylanmasi) hisoblanadi. Soliqqa tortishda asos sifatida qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha bitimlarning imzolanishi maydonga chiqadi. Soliqning ikki xil ko‘rinishi bo‘lishi mumkin:
a) birja oboroti (aylanmasi)dan olinadigan respublika solig‘i. Uning soliqqa tortish obyekti – fond birjasidagi qimmatbaho qog‘ozlar oboroti (aylanmasi)ning hajmi. Soliq respublika byudjetiga borib tushadi; b) birja mahalliy solig‘i. Bu birjada sodir bo‘ladigan qimmatbaho qog‘ozlar bitimi bo‘yicha yig‘imdan iboratdir.
Biriktirilgan daromadlar – o‘zlarining tegishli byudjetga biriktirilganligiga qarab to‘liq yoki qat’iy belgilangan hissada (foizda) doimiy ravishda yoki ma’um bir muddat davomida u yoki bu byudjetga tushuvchi daromadlar (soliqlar).
Boqimanda – belgilangan muddatda byudjetga o‘tkazilmagan va so‘zsiz undirilishi lozim bo‘lgan soliq yoki boshqa majburiy to‘lovning summasi.
Bojxona bojlari - ma’lum bir mamlakatning hududiga mahsulotlarni kiritish, undan chiqarish va olib o‘tishda undiriladigan iste’mol soliqlaridan biri. Ularning asosiy maqsadi daromad olish bo‘lmasdan, balki ichki bozorni, milliy sanoatni va qishloq xo‘jaligini himoya qilishdir. Davlat iqtisodiy (moliya-soliq) siyosatining instrumenti sifatida maydonga chiqadi. Import qilinadigan mahsulotlarning bahosi bilan ichki bozordagi xuddi shunga o‘xshash mahsulotlarning bahosini tenglashtirishi lozim. Odatda, mahsulotlar bahosidan olinadi. Buning uchun, ayrim hollarda, maxsus me’zonlar (masalan, og‘irlik, maydon) ham qo‘llanilishi mumkin.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling