Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi qarzni restrukturizatsiya qilish
- Transport vositalarining egalaridan olinadigan soliq
- Soliq stavkasi
- Soliq tizimi
T
Taraqqiyot byudjeti - davlat byudjetining tarkibiy qismi, uning kapital xarajatlari tarkibida shakllantiriladi va investitsion loyihalarni kreditlashtirish, investitsiyalashtirish va kafolatli ta’minlash uchun foydalaniladi. Tartibga soluvchi (tartiblovchi) daromadlar – tegishli byudjetda ko‘zda tutilgan barcha xarajatlarni to‘liq qoplash maqsadida umumdavlat soliqlaridan quyi byudjetdagi biriktirilgan daromadlarning ustiga yuqori byudjetdan beriladigan daromadlar. Bunday daromadlarning tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsizlar, korxonalardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i kabilar kiradi. Bu soliqlar bo‘yicha daromadlar quyi byudjetlardagi tushumlarni tartibga solish uchun moliyaviy hisobot davrida (odatda, bir yilda) belgilangan tartibda tasdiqlangan stavkalar bo‘yicha soliqlardan foiz ajratmalari ko‘rinishida foydalaniladi. Tartibga soluvchi daromadlar bo‘yicha ajratmalar bevosita quyi byudjetlarga borib tushadi, ajratmalar stavkasi (normativi) esa davlat byudjeti tasdiqlanayotgan paytda aniqlanadi. Tashqi qarzni restrukturizatsiya qilish – qarzni qaytarish va u bo‘yicha foizlarni to‘lash muddatlarini uzaytirish. Taqsimlanmagan foyda solig‘i – alohida soliq to‘lovchi sifatida tan olingan aksionerlik kompaniyalari, banklar va boshqa institutlar foydasining dividendlarga taqsimlanmagan qismidan olinadi. Transport vositalarining egalaridan olinadigan soliq – transport vositalariga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi. Soliqning stavkasi ot kuchida ifodalangan dvigatelning quvvatiga bog‘liqdir. 780 soliqqa tortish bazasining kamayishida (qisqarishida), soliq stavkalarining pasaytirilishida va boshqalarda o‘z ifodasini topadi. Soliqqa tortilmaydigan obyekt minimumi, alohida shaxslar va soliq to‘lovchilarning ayrim toifalarini soliq to‘lashdan ozod qilish, soliqqa tortish obyektidan ayrim elementlarni chiqarish, soliq stavkalarini pasaytirish, maqsadli soliq imtiyozlari, soliq kreditlari (soliqlarning undirilishini kechiktirish) va boshqalar soliq imtiyozlarining ko‘rinishlaridir (turlaridir). Masalan, korxonalar foydasidan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar ishlab chiqarishni kengaytirish va uy-joy qurilishini rivojlantirish xarajatlarini moliyalashtirishni, tadbirkorlikning kichik shakllarini, nogironlar va pensionerlarning bandligini ta’minlashni, ijtimoiymadaniy va tabiatni muhofaza qilish sohalarini rag‘batlantirishga qaratilgandir. Individual xaraktyerga ega bo‘lgan soliq imtiyozlarini berish, odatda, ta’qiqlanishi kerak. Soliq stavkasi – soliqqa tortish birligiga to‘g‘ri keluvchi soliqning hajmi (miqdori, darajasi). Qat’iy soliq stavkalari daromadlarga bog‘liq bo‘lmagan holda soliqqa tortish birligiga nisbatan absolyut summalarda o‘rnatiladi. Proportsional stavkalar daromadning hajmiga (miqdoriga) bog‘liq bo‘lmagan holda unga nisbatan bir xil foizlarda belgilanadi. Progressiv soliq stavkalari soliqqa tortiladigan daromad hajmining ortishi bilan oshib boradi. Regressiv soliq stavkalari esa, aksincha, daromadning ortib borishi bilan pasayadi. Soliq tizimi - mamlakat doirasida (hududida) to‘lovchilardan (yuridik va jismoniy shaxslardan) belgilangan tartibda olinadigan soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar hamda ular tarkibiy tuzilishining shakl va uslublari yig‘indisi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling