Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni
2-BOB. MOLIYAVIY SIYOSAT
2.1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element moliyaviy siyosat hisoblanadi. Shu bois moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Qisqa qilib aytganda, moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi faoliyatidir. Bu faoliyat davlatga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli miqdorda va kerakli muddatda moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan. Siyosat davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir obyekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog‘liq ravishda iqtisodiy yoki sotsial, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Moliyaviy siyosat davlat faoliyatining nisbatan mustaqil sohasi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, sotsial soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo‘lishi prinsipial ahamiyatga ega emas. Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi: bosh maqsadni aniqlash va qo‘yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun yechilishi zarur bo‘lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni aniqlab olish; qo‘yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin davrdagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning metodlari, vositalari va konkret shakllarini ishlab chiqish; qo‘yilgan vazifalarni yechishga qodir bo‘lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning bajarilishini tashkil qilish. Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni demokratik davlatda moliyaviy statistikaning ko‘rsatkichlari keng jamoatchilikka ham tegishli bo‘lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa doimiy, o‘z vaqtida beriladigan, hamma olishi mumkin bo‘lgan va eng asosiysi ishonchli bo‘lmog‘i lozim. Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab olishi mumkin bo‘lgan moliyaviy munosabatlar rivojlanishi yo‘nalishlarining umumiy kompleksi bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin: moliyaviy siyosatning umumiy konsepsiyasini (uning maqsadlarini, prinsiplarini, vazifalarini, amalga oshirish bosqichlarini va eng samarali metodlarini) ishlab chiqish; makrodarajada va bozor iqtisodiyotining subyektlari darajasida iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradigan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mos bo‘lgan dinamik holdagi moliya mexanizmini shakllantirish; markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va moliyaviy oqimlarning samarali boshqarilishini oshirish bo‘yicha choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; ijtimoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli restrukturizatsiya qilishdagi roliga muvofiq ravishda ijtimoiyiqtisodiy tizimning barcha darajalari va sohalari bo‘yicha moliyaviy resurslarni oqilona (optimal) taqsimlashni tashkil qilish; iqtisodiy o‘sishning joriy va istiqboldagi moliyaviy salohiyatini shakllantirish. Shuningdek, moliyaviy siyosatning mazmuni, uning asosiy yo‘nalishlari jamiyat taraqqiyotida davlatning roli to‘g‘risidagi fanning rivojlanish darajasiga va iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokining darajasini aniqlaydigan tegishli nazariy konsepsiyalarga, moliyaviy siyosatni amalga oshirishning alohida vositalaridan foydalanishda, ya’ni moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning aniq shakllarida namoyon bo‘ladi. Shunga asosan ta’kidlash joizki, yigirmanchi asrda jamiyatning taraqqiyotida davlatning roli to‘g‘risidagi masala bo‘yicha moliya nazariyasining asosiy yo‘nalishlari mumtoz burjuaziya siyosiy iqtisodchilari A.Smit (1723-1780) va D.Rikardo (1772-1823) hamda ingliz iqtisodchisi J.Keyns (1883-1946) va ularning izdoshlari tomonidan aniqlangan. Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bo‘lgan A.Smit va D.Rikardolar konsepsiyalarining mohiyati shundan iboratki, davlat 59 va qayta taqsimlashga yo‘naltirilgan davlat tadbirlarining majmui ta’minlaydi. Bu tadbirlarning orasida moliyaviy munosabatlarning shakllari va normalarini huquqiy tartibga solish (reglamentatsiya qilish) muhim o‘rin egallaydi. Moliyaviy siyosat o‘z-o‘zidan yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkin emas. Uning yaxshi yoki yomon ekanligi jamiyatning yoki uning ma’lum bir qismining manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va qo‘yilgan maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalarning yechilishiga qanchalik ta’sir ko‘rsatganligi bilan belgilanadi. Hukumatning moliyaviy siyosatiga baho berish va uni o‘zgartirish bo‘yicha tavsiya berish uchun, birinchi navbatda, butun jamiyat manfaatlari va aholining alohida guruhlari manfaatlarini ajratgan holda jamiyat taraqqiyotining aniq dasturiga, yechilishi lozim bo‘lgan masalalarning muddatlari va metodlarini aniqlagan holda istiqboldagi va yaqin yillardagi vazifalarning tavsifiga ega bo‘lmoq lozim. Faqat ana shunday sharoitdagina moliyaviy siyosatni amalga oshirishning konkret mexanizmini ishlab chiqish va unga xolisona baho berish mumkin. Agar moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyotning ehtiyojlarini, jamiyat butun qatlamlarining va alohida guruhlarining manfaatlarini, aniq tarixiy sharoitni va hayotning o‘ziga xos xususiyatlarini qanchalik aniq darajada hisobga oladigan bo‘lsa, uning natijaliligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyatliligi muvofiqlashtirish mexanizmining sifatli ishlab chiqarilishiga va jamiyat turli qatlamlari manfaatlarining amalga oshirilishiga hamda davlatning ixtiyorida bo‘lgan real imkoniyatlarning mavjudligiga, ya’ni jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi hamda ijtimoiy ong va ruhiy (psixologik) holatidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda moliyaviy siyosatning amalga oshirilishiga, ayrim hollarda, birbiriga qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ta’siridan har tomonlama foydalanish mexanizmining ishlab chiqilishiga bevosita bog‘liq. Moliyaviy siyosat, eng avvalo, moliyaviy resurslarning maksimal hajmini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Chunki aynan moliyaviy resurslar har qanday o‘zgarishlarning moddiy asosini tashkil etadi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar zarurdir. Huquqiy 58 Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling