Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo‘naltiriladigan maqsad va vazifalarning yechilishini aniqlash moliyaviy siyosat deyiladi


Download 1.64 Mb.
bet11/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo‘naltiriladigan maqsad va vazifalarning yechilishini aniqlash moliyaviy siyosat deyiladi.
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif berish ham mumkin: moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik prinsiplarining majmui (yig‘indisi) moliyaviy siyosat deyiladi.
Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o‘z funksiyalarini bajarishi uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat organlarining ma’lum bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin o‘zida bir necha xavfni mujassam etadi. Buning boisi shundaki, iqtisodiyot taraqqiyotida davlatning roli to‘g‘risidagi jamiyatda hukmron bo‘lgan tasavvurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funksiyalari ham o‘zgaradi, takomillashadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi, aholi turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish va shunga o‘xshash davlatning funksiyalari va vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon munozaraligicha qolmoqda. Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funksiyalarini bajarish vositasi (instrumenti) sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan moliyaviy tizimning boshqa subyektlari, ya’ni aynan mamlakatning aholisi va xo‘jalik yurituvchi subyektlari manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi.
Masalan, ko‘plab mutaxassislar, shu jumladan, davlat hokimiyat organlarining vakillari tomonidan amaldagi soliq mexanizmining kamchiliklari mavjudligi, biznesning ayrim sohalari uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi mumkinligi ilmiy va amaliy jihatdan asoslansa-yu, moliyaviy siyosat uzoq vaqt davomida o‘zgarmasdan qolaversa, amalga oshiriladigan soliq islohotlari uning mohiyatini o‘zgartirmasa, bunday holda davlatning moliyaviy siyosati davlat hokimiyatining tegishli organlari tomonidan faol ravishda hayotga tatbiq etilayotgan alohida shaxslar guruhining moliyaviy siyosatiga aylanib qolishi mumkin.
Yuqorida bayon qilingan fikrlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi:

  • birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o‘z manfaatlarini ko‘zda tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishining vositasi emas, balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bo‘lishi kerak;

  • ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining emas, balki moliyaviy tizim barcha subyektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim;

  • uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining moliyaviy siyosati aynan bir xil narsa emas, ularni bir-biridan farq qilishini tushunish kerak.

Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliyaviy tizimning barcha bo‘g‘inlarida moliyaviy resurslarning o‘sishini mutanosiblashtirilgan (balanslashtirilgan) holda ta’minlash bo‘yicha davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida e’tirof etish kerak. Xorijiy tajribalarning ko‘rsatishicha, moliyaviy resurslarning mutanosiblashtirilgan holda o‘sishining zarurligini inkor etish mamlakat moliyaviy tizimning o‘zini degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning yemirilishi va vayron bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Moliyaviy siyosatning o‘ziga xos bo‘lgan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir ko‘rsatib turishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush darajasi oshishini ta’minlab va davlat daromadlarining miqdorini ko‘paytirib, moliyaviy xo‘jalikka nisbatan eng yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy siyosatning ana shunga yo‘naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadidir.
Agar gap korxonalarning moliyaviy siyosati xususida ketadigan bo‘lsa, bu narsa korxona moliyaviy menejerlarining biznesni yuritish maqsadlariga erishish borasidagi maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatini anglatadi. Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

  • raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog‘lom faoliyat ko‘rsatishiga erishish;

  • yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va kasodga (bankrotga) uchrashdan himoyalanganlik;

  • raqiblar bilan kurashda yetakchilikka (lider bo‘lishga)

erishish;

  • korxonaning bozor qiymatini ko‘paytirish;

  • korxona iqtisodiy salohiyatining barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash;

  • mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini oshirish;

  • foydani maksimallashtirish;

  • xarajatlarni minimallashtirish; • rentabelli faoliyatni ta’minlash

  • va boshqalar.

Korxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik, eng avvalo, biznesni yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda aniqlanadi. Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun tegishli moliyaviy mexanizmdan foydalaniladi.
Moliyaviy siyosat moliyaning o‘zida (boshqaruv obyektlarida) bevosita mujassam bo‘lgan boshqaruvning salohiyatli imkoniyatlarini, ishning konkret metodlari, moliyaviy tizimning (boshqaruv subyektlari) organlarini tashkil qilish bilan yagona maqsadga birlashtirishga imkon beradi. Amaliyotda moliyaviy siyosat moliyaviy tizim orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:

  • moliyaviy tizim bo‘g‘inlarining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini inobatga olib moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish;

  • barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi;

  • barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish.

Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy metodologik tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • pirovard maqsadga bog‘liqlik;

  • xo‘jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy balans-

lashtirilganligi (muvozanatliligi, mutanosibligi);

  • jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelishi;

  • real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.

Moliyaviy siyosatning amalga oshirilishini davlat tomonidan o‘z funksiyalari va dasturlarini (uzoq, o‘rta va qisqa muddatli) bajarish uchun moliyaviy resurslarni jalb qilish, ularni taqsimlash
57
qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan mustaqil davlatning mustaqil iqtisodiyoti asoslari barpo etildi.
Hamdo‘stlik davlatlarining ko‘pchiligida o‘zini o‘zi stixiyali suratda boshqaradigan bozor iqtisodiyotini barpo etish yo‘lidagi urinishlari samarasiz tugadi. Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, mashhur iqtisodchilarning mamlakat iqtisodiyotini 500, 300, hatto 100 kun ichida qayta qurish kabi g‘oyalari aslida puch ekanligi tezda isbotlandi.
Totalitar tuzum davrida mulkning 90 foizdan ortig‘i davlatga tegishli edi. Bunga barham berish va mulkchilikning turli shakllaridan foydalanish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Qator davlatlar mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning shoshilinch usullarini tanlashdi. Masalan, uning vaucher usulini amalga oshirgan Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlarda mamlakat iqtisodiy asosini tashkil qiladigan eng yirik korxonalar arzongarovga turli guruh yoki alohida shaxslar ixtiyoriga o‘tib ketdi.
Iqtisodchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyada narxni sun’iy ravishda pasaytirish tufayli birgina neft sanoati korxonalarini xususiylashtirishdan hukumat eng kamida 150 milliard AQSh dollari miqdorida zarar ko‘rgan23. Buning ustiga xususiylashgan korxonalar daromadlari bugun xalqning emas, yangi xo‘jayinlarning cho‘ntagini to‘ldirmoqda.
Yuqorida bayon etilgan holatlar O‘zbekistonning 1992-2016 yillar mobaynida yurgizgan moliyaviy siyosatning mazmuni va uning o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatib beradi. Bu davr moliyaviy siyosatning eng muhim natijasi shu ediki, qisqa fursatda mustaqil davlatning mustaqil moliyaviy tizim va shunga mos keladigan moliyaviy siyosat yaratildi. Tubdan yangilangan moliyaviy siyosat O‘zbekiston Respublikasi mustaqil iqtisodiyotining asoslarini yaratishga muhim hissa qo‘shdi.
Lekin bir paytning o‘zida 1992-2016-yillar mobaynida amal qilgan moliyaviy siyosatning qator xato va kamchiliklari ham bor edi. Ya’ni bu davrda qog‘ozda rasman iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi haqida bong urilgan bo‘lsa-da, amalda ba’zan buning teskari hollari ham yuz berganligi haqiqiy bozor iqtisodiyotini barpo etish jarayoniga xalaqit berdi. Shunga mos ravishda moliyaviy siyosat ham o‘zibilarmonlik, jahonning ilg‘or tajribasini inkor etish, ko‘rsatkichlarni oshirib ko‘rsatish kabi illatlarning qurboni bo‘ldi. Moliyaviy ko‘rsatkichlar ijtimoiy va iqtisodiy hayotning haqiqiy ahvolini bo‘yab ko‘rsatish siyosatining muhim
80

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling