Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Takror ishlab chiqarish va moliya


Download 1.64 Mb.
bet6/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

1.3. Takror ishlab chiqarish va moliya
Insoniyat hayot kechirishi uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va ijtimoiy sohani doimiy ravishda takror ishlab chiqarishi 1929-yildagi iqtisodiy tanazzul paytida AQSh hukumatining yurgizgan siyosatini ko‘rsatish mumkin.
Moliya masalalariga bag‘ishlangan ilmiy ishlar juda qadimda paydo bo‘lgan. Moliya bo‘yicha ilk ilmiy ishning birinchi yevropalik muallifi Ksenofont (eramizdan avvalgi 430-355-yillar) hisoblanadi. Uning shu xususdagi asari “Afina respublikasining daromadlari to‘g‘risida” deb nomlangan. Buyuk mutafakkir Aristotelning (eramizdan avvalgi 384-322-yillar) moliya sohasidagi qarashlari uning “Afina davlat tuzilmasi” deb nomlangan asarida bayon qilingan. Eramizning 948-yilida soliqlar to‘g‘risida asar yozgan Qadam ismli arab olimining nomi ham fanda ma’lum. F.Akvinskiy (1225-1274 yillar) ilk marta qirolning soliqlarni undirish borasidagi huquqini asoslashga uringan.
Moliya bo‘yicha ishlarning birinchi mualliflari qatoriga
F.Petrarka, D.Karaf, Bernardo, F.Gvichchardini, Dj.Botero,
N.Makiaveli va boshqa italiyaliklarni ham kiritish mumkin.
XVII asrda moliya nazariyasining rivojlanishiga ingliz iqtisodchilari katta hissa qo‘shgan. Ularning orasidan T.Men, Dj.Lokk, T.Gobbs, P.Gautonlarni alohida ajratib ko‘rsatish kerak.
L. fon Sekendorf, S.Pufendorf, I.Yusti va I.Zonnen-fels kabi nemis olimlari XVII-XVIII asrlarda moliya fanini boyitishga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar. Ular fanga kameralistikaning nemis maktabi vakillari sifatida kiritilgan. I.Yusti 1746-yilda nashr etilgan “Moliya mohiyatining tizimi” asarida moliya to‘g‘risidagi kameralistik maktab vakillarining qarashlarini umumlashtirdi. Bu asrda birinchi marta moliya fani va moliyaviy siyosat ajratilib ko‘rsatilgan (chegaralangan).
Fiziokratlarning o‘tmishdoshlari ham iqtisodiyotni o‘rganganlar. Ularning asarlarida moliyaning turli yo‘nalishlari va jihatlari tahlil va tadqiq qilingan. Bunday mualliflar qatoriga T.Gobbs, Dj.Lokk, D.Yum, V.Petti, G.Baugilber, S.Voban, Dj.Styuartlarni ko‘rsatish mumkin. Aynan V.Petti (1623-1687 yillar) o‘zining “Soliqlar va yig‘imlar xususida traktatlar” asari bilan burjua siyosiy iqtisodining ilk namoyandasi (boshlovchisi) hisoblanadi.
Mumtoz siyosiy iqtisodning vujudga kelishi va rivojlanishi XVIII asrga to‘g‘ri keladi. Bu maktabning vakillari moliyani siyosiy iqtisoddan ajratmaganlar va uni mustaqil fan sifatida e’tirof etmaganlar. Bu maktab mualliflari (fransuzlar – A.Tyurgo, F.Kene
31
nisbatan ortib borishi jamiyatdagi natural munosabatlarni qisqartirdi. Bularning barchasi kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Burjuaziya tomonidan hokimiyatning qo‘lga kiritilishi monarxiyaning yemirilishi yoki uning hokimiyatchilik vakolatlari qisqarganligini anglatadi. Hokimiyat tepasiga kelib, burjuaziya “soliq zulmi”ni pasaytirishga emas, balki feodallarga tegishli bo‘lgan imtiyozlarga barham berishga va soliqlarni mehnatkashlarning zimmasiga yuklashga intildi. Davlatdagi umumiy soliq yuklamasi yengillashmadi. Turlicha tarzda ta’sir etadigan omillarning ta’siri ostida burjuaziya kapitalni yanada jamg‘arish va o‘z foydasini o‘stirish uchun o‘zini tegishli imkoniyatlar bilan ta’minladi.
Kapitallar harakatidagi davlatlararo chegaralarga barham berilishi bilan banklar, birjalar va mustamlakachilik urushlari bunday vaziyatning vositalari bo‘lib qoldi. Burjuaziya ekspluatatsiya qilishning butun og‘irligini bosib olingan mustamlaka davlatlar fuqarolari yelkasiga yuklab, o‘z mamlakatlari xalqining ashaddiy himoyachilariga aylandi. O‘z daromadlari miqdorini ko‘paytirish uchun ishchilar sinfining qarshi kurashi natijasida burjuaziya qo‘lida kapitalning yanada to‘planishiga imkon beruvchi yangi moliyaviy institutlarni o‘ylab topdi. Bu yerda gap tibbiy va ijtimoiy sug‘urta, mol-mulk va hayot sug‘urtasi tizimlari paydo bo‘lganligi to‘g‘risida ketayapti. Barcha mamlakatlarda burjuaziya davlat tufayli soliqlarning juda katta qismini o‘z qo‘liga qurol-aslahaga, transport qurilishiga, uy-joy qurilishiga va h.k.larga buyurtmalar orqali to‘play boshladi.
Xususiy tadbirkorlik prinsiplariga asoslangan tizim sifatida kapitalizmning taraqqiy etishi bilan xalqaro mehnat taqsimoti jarayonining kuchayishi va shu asosda kapitalning rivojlangan mamlakatlarda yig‘ilishi kuzatiladi. Nafaqat soliq imtiyozlari va hukumat buyurtmalari, balki bojlar, imtiyozli kreditlar tizimi, norentabelli korxonalar va butun tarmoqlarni sotib olish, noishlab chiqarish infratuzilmani moliyalashtirish va h.k.lar orqali davlat har doim milliy burjuaziyaning pozitsiyalarini mustahkamlashda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Iqtisodiy tanazzullar va iqtisodiyotning stagnatsiya davrlarida soliqlar, kreditlar va buyurtmalar bilan manipulyatsiya qilish asosida o‘zining tartibga soluvchilik (regulyatorlik) rolini faollashtiradi. Buning mumtoz misoli sifatida
30
taqozo etiladi. Planetamiz aholisi sonining o‘sishi va uning urbanizatsiyalashuv darajasining ortishi, mamlakatlar ichidagi va ular o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning kuchayishi, ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlanishi qator omillar ta’siri sharoitida “hayot kechirish”ni takror ishlab chiqarish ayrim davlatlar mustaqil yashay olishining muhim sharti bo‘lib qolmoqda. Ma’lumki, xalqaro mehnat taqsimotining foydali tomonlaridan tashqari zararli jihatlari ham mavjud. Uning salbiy tomonlari yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarning notekis taqsimlanishiga, eng boy-badavlat sanalgan mamlakatlarda moliyaviy kapitalning tobora ko‘proq to‘planishiga olib kelmoqda. Kambag‘al va rivojlanish darajasi past bo‘lgan mamlakatlar esa hamon xomashyo qazib chiqarish va qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanishga majbur etilmoqda. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, har qanday sharoitda ham takror ishlab chiqarish jarayonining mazmuni o‘zgarmasdan qolayotir. Moliya, bank va baho mexanizmlari orqali foydaning asosiy qismi eng rivojlangan mamlakatlarda yig‘ilmoqda va ularga kelgusida ham taqsimlashni o‘zlari foydalariga hal qilishga imkon berayapti.
Tarixiy taraqqiyotning aynan shunday sharoitlarida takror ishlab chiqarish jarayonida moliyaning o‘rni va ahamiyatini chuqur tasavvur qilish O‘zbekistonning bo‘lajak moliyachi mutaxassisi uchun o‘ta zarur sifat hisoblanadi.
Takror ishlab chiqarish jarayoni o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:

  • ishlab chiqarish;

  • almashuv;

  • taqsimlash;

  • iste’mol.

Takror ishlab chiqarish uchun bu bosqichlar, albatta, majburiy yoki shart bo‘lib, ulardan hatto bittasi ishtirok etmasa, takror ishlab chiqarish jarayoni uzilib qoladi. Uning har bir bosqichlariga bir yoki bir necha iqtisodiy kategoriyalar xizmat qiladi. Kategoriyalarning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi bevosita va bilvosita shakllarda bo‘lishi mumkin. Masalan, baho kategoriyasi tovar kategoriyasi singari almashuv bosqichida markaziy o‘rinni egallaydi. Biroq, baho kategoriyasining ta’siri, takror ishlab chiqarishning bu bosqichida boshqa kategoriyalar xizmat qilishiga qaramasdan, iste’mol bosqichida bevosita namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston sharoitida davlat moliyasining ijtimoiy mo‘ljallanganlik darajasi yuqori ekanligidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, taqsimlash bosqichida ularning roli nisbatan kattaroq ekanligi yaqqol ko‘rinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining bu bosqichida (taqsimlashda) barcha ijtimoiy manfaatlar va shunga muvofiq ravishda, jamiyatning barcha qarama-qarshiliklari namoyon bo‘ladi.
Iste’molga ketadigan jami ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi navbatda, takror ishlab chiqarishning oldingi (o‘tgan) siklida foydalanilgan mehnat qurollari va predmetlari qiymatini tiklash uchun mo‘ljallangan qismi ajratiladi. Bu qism takror ishlab chiqarishning yangi siklida ham uning shu hajmda takrorlanishini ta’minlaydi. Qolgan qism mablag‘larning egasi va ishchilar o‘rtasida taqsimlanadi. Taqsimlash nisbatlari asrlar davomida shakllanib, unda ishtirokchilarning har biri o‘ziga tegishli bo‘lgan qismni ko‘paytirish maqsadida bir-birlari bilan doimiy qaramaqarshilikda bo‘ladilar. Shunday qilib, jamiyatda yangidan yaratilgan qiymat birinchi taqsimlash bosqichini va undan so‘ng esa almashuv va iste’mol bosqichlarini bosib o‘tadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining har bir ishtirokchisi o‘ziga tegishli bo‘lgan daromadni quyidagi ikki qismga bo‘ladi:

  • iste’mol fondi;

  • jamg‘arish fondi.

Lekin bu bosqichga qadar taqsimlash jarayoniga davlat aralashib, soliqlar, qarzlar, sug‘urta to‘lovlari kabi iqtisodiy vositalardan foydalangan holda individual va jamoa daromadlaridan o‘zining hissasini (o‘ziga tegishli bo‘lgan qismni) ajratib oladi.
Qayd etish joizki, daromadlar qancha qismini olishning chegarasini aniqlashda jamiyat ishtirok etadi. U jamoatchilik tashkilotlari, partiyalar va shunga o‘xshashlar orqali, qonunchilik va ijroiya hokimiyatini shakllantirish yo‘li bilan davlat faoliyatining chegarasini aniqlashga harakat qiladi. O‘z navbatida, davlat ham o‘zining harakat doirasini (sohasini) kengaytirishga harakat qiladi. Uning funksiyalari qancha keng bo‘lsa, jamiyat a’zolari daromadlarining shuncha katta summalariga davlat da’vogarlik qiladi. Shu munosabat bilan iste’mol proporsiyalari (nisbatlari) ham o‘zgaradi. Masalan, agar davlat maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot xarajatlarining kattaroq qismini o‘z zimmasiga qurish va armiyaga xizmat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlarni ham bajarishga majbur bo‘lganlar. Hunarmandlar feodal va shahar hokimiyatlariga soliqlarni faqat o‘zlarining buyumlari bilan emas, balki pullari bilan ham to‘laganlar. Savdogarlar feodalga sovg‘alar va daromadlaridan to‘lovlardan tashqari tranzit va boshqa bojlarni to‘laganlar.
O‘rta asrlarning boshlarida har bir hukmdor o‘z soliqlari va o‘lponlarini joriy etgan. Hatto davlatning ichida ham soliq va o‘lponlarni unifikatsiya qilish to‘g‘risida gap bo‘lmagan. Absolyutizmning mustahkamlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi pulli soliqlarga o‘tishga sabab bo‘ldi. Jamiyatda tovar munosabatlari qancha yuqori bo‘lsa, pulli soliqlarning salmog‘i ham shuncha katta bo‘la borgan. Feodalizmning o‘rta va so‘nggi davrlariga xos bo‘lgan yagona umumiy belgi sifatida sotib olish tizimining mavjudligini e’tirof etish mumkin. Sotib oluvchilar xazinaga kelishilgan yoki qayd etilgan summani to‘lab, daromadlarning katta qismini o‘z ixtiyorlariga qoldirganlar. Shuning uchun ham sotib oluvchilar, savdogarlar, hunarmandlar feodal munosabatlarni burjua munosabatlariga aylantirishda eng asosiy manfaatdorlar shaklida maydonga chiqqanlar.
Soliqqa tortishning sotib olish tizimi sotib oluvchilarning qo‘lida katta miqdordagi pul resurslarining to‘planishiga imkon berdi. Ular zavodlar, fabrikalar va banklarning birinchi mulkdorlariga, burjuaziyaning birinchi vakillariga aylanganlar. Turli soliq imtiyozlari va preferensiyalari, to‘siqli bojxona bojlari va soliq immunitetlari kapitalning jamg‘arilishiga olib keldi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan jamg‘arilgan kapital endigina tug‘ilib kelayotgan sanoat sari yo‘l olib, kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Va, nihoyat, hukumat, uzluksiz feodal urushlarini olib borib, qurol-yarog‘, harbiy inshootlar, flot qurishning buyurtmachisi sifatida maydonga chiqib, MDni soliq tizimi orqali qayta taqsimlab kapitalning sanoatda to‘planishiga (jamg‘arilishiga) olib keldi. Kapitalning jamg‘arilishiga sanoatning rivojlanishini rag‘batlantirgan, burjuaziyaning mustahkamlanishiga sharoit yaratib bergan mustamlakalarning bosib olinishi ham yordam berdi.
Shaharlar va sanoatning rivojlanishi tobora ko‘proq ishchi kuchi zarur bo‘lgan. Ishchilar salmog‘ining aholi umumiy soniga
29
foydalanishning shakllari va metodlari bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Bu yerda gap undirishning shakllari to‘g‘risida emas, balki uning obyektlari to‘g‘risida ketayapti. Ana shunday obyektlar sifatida har doim mulk va daromad maydonga chiqadi. Undirish shakllari to‘g‘risida gapiriladigan bo‘lsa, u holda hatto antik grek davlatlaridayoq to‘g‘ri (bevosita) soliqlar bilan birgalikda egri (bilvosita) soliqlar ham paydo bo‘lgan. To‘g‘ri (bevosita) soliqlar yer va mol egalaridan olingan. Urush davrlarida esa mulkiy soliq joriy etilgan. Egri (bilvosita) soliqlar bojxona bojlari va savdoga soliq shakllarida maydonga chiqqan.
Rim imperiyasida armiyada pulli to‘lanmalar (yollanma askarlar va ofitserlar uchun) joriy etilgan. Bu va shunga o‘xshash boshqa ehtiyojlar (tomoshalarni tashkil etish, ishsiz fuqarolarga yordam ko‘rsatish va boshqalar) pulli xarajatlarni talab etgan. Shuning uchun ham harbiy o‘ljalar va kontributsiyalarga qo‘shimcha ravishda pulli soliqlar joriy etilgan. Qulni sotish va sotib olish uchun to‘lanadigan soliq ana shunday soliqlarning dastlabkisidir. Nooziq-ovqat buyumlarini sotganlik uchun (asosan 1% miqdorida) ham soliq undirilgan. Urushlar davrida har bir fuqaro mol-mulkdan undiriladigan favqulodda soliqni ham to‘lagan. Rimda 5% miqdorida undiriladigan merosdan olinadigan soliq ham joriy etilgan. Ijtimoiy tuzum sifatida feodalizm qullarga egalik qilish yoki patriarxal tuzum asosida rivojlangan. Biroq bu yerga xususiy egalik va dehqonlarning feodallarga biriktirilganligiga asoslangan ijtimoiy tuzumga keskin ta’sir ko‘rsatmagan. Biriktirilgan (Rossiyada krepostnoy) dehqonlar bo‘lmagan joyda feodalizm ham mavjud bo‘lmagan.
Har bir mamlakatda markazlashtirilgan hukumatning roli va uning funksiyalari feodallarning ta’siri ostida belgilangan. Feodal o‘zi egalik qiladigan joy chegaralari doirasida o‘z soliqlarining tizimini joriy etgan. Markaziy hokimiyat xo‘jalik hayotiga, xususan, aholini soliqqa tortish masalalarini faqat feodal bilan muvofiqlashtirilgan chegara doirasida aralashuvi mumkin edi. Yevropada feodal bo‘linuvchanlikka birinchi marta salb yurishlari orqali kelib chiqqan ritsarliklarning kuchsizlanishi oqibatida barham berilgan. Davlatlar o‘rtasidagi urushlar boshqalarga nisbatan urushlar tufayli boyigan mamlakatlarda qirollik hokimiyatini mustahkamlagan. Yyer egalarini saqlashga sarf qilingan to‘lanmalardan tashqari dehqonlar yo‘llar, qasrlar, qal’alar
28
olsa (bizning mamlakatimizda aynan shunday), bu narsa ishchi kuchining bahosida va demak, mehnat haqining darajasida o‘z aksini topadi.
Bu jarayonda ijtimoiy iste’mol fondlarining hissasi qancha yuqori bo‘lsa, shaxsiy iste’mol fondlarining hissasi shuncha past bo‘lishi bilan xarakterlanadigan tendentsiyani tushunish juda muhimdir. Moliya nazariyasida takror ishlab chiqarish jarayonida davlat ishtirokining qiyosiy samara-dorligi xususidagi bahslar halihamon to‘xtaganicha yo‘q. Har bir davlat uchun ma’lum bir davrda mamlakat aholisi (alohida shaxslar emas, balki aholining keng qatlami) qancha boy bo‘lsa, davlatning o‘zi ham shuncha boy bo‘ladi, degan tushunchadan kelib chiqib, aniq tavsiyalar ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq. Chunki daromadning yuqori darajasi yuqori iste’mol talabini, sog‘lomlashib borayotgan iqtiso-diyotni vujudga keltiradi. Shunga mos ravishda soliqqa tortiladigan baza (asos) o‘sadi va jamg‘armalar hissasi oshadi. Jamg‘armalar ssuda kapitalining asosini tashkil etib, o‘z navbatida, ular kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va ilmiy-texnika taraqqiyotiga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Hukumatlari soliqlar orqali shaxsiy daromad miqdorlarini chegaralab (cheklab) qo‘ygan mamlakatlarda iqtisodiyot o‘sish bazasi ham torayishi mumkin. Taqsimlash jarayoniga davlat aralashuvining balanslashtirilgan chegaralari buzilsa, butun takror ishlab chiqarish jarayoni ham buziladi (izdan chiqadi). Agar ijtimoiy portlashlarning oldini olish maqsadida davlat aholi kambag‘al qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha ravishda majburiyatlarni o‘z zimmasiga olsa, bu holda vaziyat o‘zgarishi mumkin.
Markazlashtirilgan rejali tizimni bozor mexanizmi bilan to‘liq almashtirilganligi sharoitida eski taqsimlash tizimining saqlanib qolishi mumkin emas. Biroq yangi tizimni yaratishda iqtisodiyot tarmoqlari texnologiyalarining holati, tarkibiy tuzilishi, raqobatbardoshlik va boshqa omillar inobatga olinishi kerak. Boshqa mamlakatlarning bu boradagi tizimidan ko‘r-ko‘rona nusxa olish noto‘g‘ri va bu o‘zini oqlamaydi.
Takror ishlab chiqarish jarayonining taqsimlanishini tahlil qilishni tanlab, kapitalning real harakatida faqat moddiy ishlab chiqarish sohasi bilan chegaralanish yetarli emas. Bundan tashqari, kapitalning milliy chegaralarni tan olmasligini ham e’tirof etmoq lozim. Chunki bunga faqat birja va bank sohalarining o‘ziga xos xususiyatlari emas, balki transmilliy kompaniyalarning keng rivojlanishi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Taqsimlash jarayonida moliyaning roli va o‘rnini ko‘rsatish uchun JIMning o‘rniga YaIMdan foydalanish mumkin. Bunda har ikki ko‘rsatkichlar o‘zlarining afzalliklari va kamchiliklariga ega ekanligini e’tiborga olish lozim bo‘ladi. Masalan, YaIM tarkibiga mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan moddiy xarajatlar kiritilmaydi. Bir vaqtning o‘zida esa, JIMning tarkibiga noishlab chiqarish xizmatlari kiritilmaydi, holbuki, ularning salmog‘i yuqori darajada taraqqiy etgan jamiyatlarda jamiyat xarajatlarining 1/3 qismini tashkil etishi mumkin. Biroq taqsimlashning ko‘pqadamli ekanligi inobatga olinadigan bo‘lsa, JIM ko‘rsatkichi yuqoridagi maqsadlar uchun ma’lum bir afzalliklarga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi. Chunki u takror ishlab chiqarishning muhim sohasi bo‘lgan moddiy ishlab chiqarish sohasini o‘zida to‘liqroq aks
ettiradi.
JIM quyidagi ikki asosiy qismdan iborat:

  • mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan ishlab chiqarish vositalarining qiymati (mehnat qurollari va mehnat predmetlari);

  • milliy daromad (ishchi kuchi va qo‘shimcha mahsulotning qiymati).

Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun o‘z mablag‘lari yetarli bo‘lmagan sharoitda davlat subsidiyalaridan yoki bank kreditidan foydalanish mumkin. Ularning har ikkalasi ham moddiy ishlab chiqarish sohasidan chetda shakllanadi. JIMning qiymatidan sarflangan ishlab chiqarish vositalarini tiklashni (amortizatsiya ajratmalari, materiallar, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar sotib olish, yoqilg‘i, elektroenergiyani xarid qilish ko‘rinishlarida va h.k.) taqsimlash jarayonlariga kiritish mumkin emas. Bu tiklanish takror ishlab chiqarishning uzluksiz zarurligi bilan belgilanadi.
Agar moddiy ishlab chiqarish sohasini yagona tizim sifatida qabul qilinsa, u holda keyingi qayta taqsimlash MDdan faqat soliqlarni to‘lashga borib tugar edi. Biroq taqsimlashning real sohasida faqat davlat (soliq tizimi orqali) ishtirok etibgina qolmasdan, balki xizmat ko‘rsatish sohasi, maorif, sog‘liqni saqlash, bank tizimi va h.k.lar ham qatnashadi. Davlat o‘z daromadlarini shakllantirib, ular hisobidan, xususan, byudjet sohasining xodimlariga ish haqi to‘laydi. Byudjet tizimida munosabatlariga tayanadi. Shunga muvofiq davlat daromadlarini shakllantirish ham pul shaklida amalga oshiriladi;

  • agar davlat boshqaruv organi sifatida tarkib topgan ishlab chiqarish munosabatlari va sinfiy tuzumning vazifalariga xizmat qilsa, shu vazifalarga moliya ham xizmat qiladi;

  • faqat ijtimoiy tuzilma va texnologiyalargina emas, balki moliya ham bir davlatdan boshqasiga eksport qilinishi mumkin.

Natural munosabatlar ustunlik qilgan paytlarda hatto nisbatan rivojlangan mamlakatlarda ham pul o‘zining barcha funksiyalarini bajara olmagan. Shunga mos ravishda pul munosabatlarining tizimi sifatida moliya ham jamiyatning barcha tarmoqlari va sohalari uchun umumiylik kasb eta olmagan. Ibtidoiy-jamoa tuzumining xo‘jalik tuzilmasi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganligi uchun faraz qilish mumkinki, doimiy davlat apparati yo‘q bo‘lganligi uchun ana shunday davlatning daromadlari va xarajatlarini shakllantirish ham bo‘lmagan. Davlat apparatining shakllanishi, unga tegishli bo‘lgan funksiyalarning kengayishi, xususan, doimiy qo‘shinlarning tashkil etilishi, yo‘l qurilishining joriy etilishi bilan jamiyatda moliyaning roli oshib borgan. Quldorlik davlatlari daromadlarining asosiy manbalari kontributsiyalar, harbiy o‘ljalar, natural soliqlar va boshqalar hisoblangan. Ma’lum bir mamlakatda ma’lum bir davr mobaynida aholining qandaydir guruhlari pul ko‘rinishidagi soliqlarni to‘lagan bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, quldorlik tuzumida pul ko‘rinishdagi soliqlar faqat tasodifiylik xarakteriga ega edi. Xuddi shuningdek, natural xo‘jalik yuritishga asoslangan feodalizmda ham pullik soliqlar ustuvorlik kasb qilgan emas.
Jamiyatning tovar-pul munosabatlariga o‘tishi munosabati bilan iqtisodiy kategoriya sifatida moliya umumiylik xarakteriga ega bo‘ladi. Biroq, hatto ana shunday sharoitda ham davlat ehtiyojlarini qondirishning pulsiz xaraktyerga ega bo‘lgan usullari saqlanib qolishi mumkin. Buning sodda va tushunarli misoli sifatida yoppasiga harbiy majburiyatni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Moliyaning tarixiy xaraktyerga ega ekanligi har qanday davlat o‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jamg‘armalarni shakllantirish va ulardan foydalanishning tizimini yaratadi, degan xulosani chiqarishga imkon beradi. Bunda turli davlat va tuzumlarda jamg‘armalarni shakllantirish va ulardan
27
(iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar qismi) yoki nooqilona (ijtimoiy soha xarajatlari haddan ziyod qimmat bo‘lib, ishchi kuchining takror ishlab chiqarilishini rag‘batlantirmaydi) bo‘lishi mumkin.
Xalqaro amaliyotdan ma’lumki, yaratilayotgan daromadlarning 30 foizdan ortiq qismi olib qo‘yilayotgan davlatlarda ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilarda iqtisodiy o‘sish uchun mablag‘lar yetarli bo‘lmay qolishi mumkin. Shunday holatlarda davlat ishchi kuchini takror ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini o‘zi hisobidan amalga oshirishi taqozo etiladi. Soliqqa tortish darajasi yuqori bo‘lgan sharoitda soliqni to‘lashdan bosh tortish tendensiyasi kuchayishi tufayli soliqlarni undirish xarajatlari ham ortadi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling