Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
-BOB. MOLIYANING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
1-BOB. MOLIYANING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI
1.1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati Moliyaviy munosabatlarning ilk shakllari insoniyat taraqqiyotining quldorlik jamiyati bosqichida jamiyatning sinflarga bo‘linishi va davlatning vujudga kelishi bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ldi. Muayyan hududda boshqaruv organi sifatida davlatning vujudga kelishi uning hokimiyat apparatini moddiy jihatdan ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, mamlakatni himoya qilish, urush harakatlarini olib borish, ijtimoiy obyektlar va yo‘llar qurish kabi vazifalarni bajarishi uchun ma’lum darajada pul mablag‘lari ham bo‘lishini taqozo eta boshladi. Xuddi shu holat o‘z navbatida jamiyatda moliya paydo bo‘lishini iqtisodiy zaruriyatga aylantirdi. Demak, davlatchilik tizimining vujudga kelishi moliyaning paydo bo‘lishi uchun asosiy sabab bo‘lib xizmat qildi. Moliya haqida so‘z borar ekan, eng avvalo, bu atama qanday paydo bo‘lgan, degan haqli savol tug‘ilishi tabiiy. “Moliya” arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida eng umumiy tarzda “pul mablag‘lari” ma’nosini anglatadi. Bu so‘z ona tilimizda ishlatilishining quyidagi ko‘rinishlari mavjud: maqsadli pul fond1larini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliyaviy tizim); biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag‘lari (masalan, korxona moliyasi); moliya ishlari bilan shug‘ullanuvchi davlat organi (so‘zlashuv tilida)2. Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg‘armasi”, shuningdek, “moliyat”, ya’ni “pul mablag‘lari; soliq” so‘zlari ham moliyaga daxldordir3. Lekin jahon iqtisodiy adabiyotida lug‘aviy ma’nosi jihatidan o‘zbekcha “moliya” iborasining fransuzcha “finance”, lotincha “financia” va ruscha “finansi” kabi ekvivalentlari yoki ma’lum ma’noda, sinonimlari4 qachon va qayerda paydo bo‘lganligi haqida aniq ma’lumot yo‘q5. Ayrim olimlar “financia” (“finance”, “finansi” va h.k. shakllarda) tushunchasi aynan shu shaklda XIII-XIV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida paydo bo‘lgan va dastlab “pul to‘lovi” ma’nosini anglatgan, degan fikrlarni olg‘a surishadi. Xalqaro savdo-sotiq ishlarining rivojlanishi mazkur iboraning Italiyadan boshqa davlatlarga ham tarqalishiga sabab bo‘lgan. XY asrda “financia” tushunchasi Fransiyada “davlat daromadlari”, “pul summalari” ma’nosida ishlatila boshlangan. Boshqa tadqiqotchilar bu atama muomalada ilk bor fransuz olimi J.Boden tomonidan 1755-yilda nashr etilgan “Respublika xususida olti kitob” nomli asarida ishlatilgan va shu tariqa bu atama Yevropa davlatlari hayotiga kirib kelgan, deb hisoblashadi6. Yaratilayotgan moddiy ne’matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bo‘yicha oliy hokimiyat organi sifatida davlat va takror ishlab chiqarish jarayonining boshqa ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga chiqadigan ma’lum bir iqtisodiy munosabatlarni Yevropa davlatlarida o‘rta asrlardan boshlab “moliya” tushunchasi orqali ifodalay boshlashgan. Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari natural soliqlar va turli ko‘rinishdagi shaxsiy to‘lanmalar xarakteriga ega bo‘lgan. Tovarpul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash to‘lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar, fuqarolar va nobyudjet fondlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; byudjet tizimining alohida bo‘g‘inlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; sug‘urta badallarini to‘lash va zararlarni qoplash, sug‘urta hodisasi ro‘y bergan paytda aholi, korxonalar hamda mulkiy va shaxsiy sug‘urta organlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul munosabatlari. Pul daromadlari va fondlarining eng asosiy moddiy manbai bo‘lib mamlakatning MD hisoblanadi. MDning hajmi umumdavlat ehtiyojlarini qondirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini aniqlab beradi. Aynan MD va uning alohida qismlarining – iste’mol fondi va jamg‘arish fondining – hajmini hisobga olgan holda iqtisodiyotning rivojlanish proporsiyalari (nisbatlari) va tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi. Xuddi shuning uchun ham MD statistikasiga alohida e’tibor beriladi. Moliyaning ishtirokisiz MDni taqsimlab bo‘lmaydi. Moliya MDni yaratish va undan foydalanishning ajratib bo‘lmaydigan bog‘lovchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Moliya ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’molga ta’sir etib, obyektiv xaraktyerga ega. U ishlab chiqarish munosabatlarining ma’lum bir sohasini ifoda etib, bazis kategoriyasiga mansubdir. Zamonaviy iqtisodiyot davlat moliyasi ishtirokisiz faoliyat ko‘rsata olmaydi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichiga qadar jamiyatning ba’zi bir ehtiyojlari faqat davlat tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Atom sanoati, kosmik tadqiqotlar, iqtisodiyotning yangi va ustuvor tarmoqlari, jamiyat uchun zarur bo‘lgan sohalar (pochta, telegraf va boshqalar) ana shular jumlasidandir. Moliya alohida olingan mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining darajasini va ularning xo‘jalik hayotidagi makroiqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish imkoniyatlarini ifodalaydi. Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli moliyaning holatini belgilab beradi. Doimiy ravishdagi iqtisodiy o‘sish, YaIM va MD miqdorlarining oshib borishi sharoitida moliya o‘zining muntazamliligi va barqarorligi bilan xarakterlanadi. U ishlab 11 Shunday qilib, quyidagilar moliyaning xarakterli belgilaridir: qiymatning tovar shaklidagi harakatiga bog‘liq bo‘lmasdan, aksincha, real pullarning harakatiga bog‘liq bo‘lgan, huquqiy normalar yoki biznesni yuritish etikasiga asoslangan munosabatlarning taqsimlash xarakterda ekanligi; pul mablag‘lari harakatining, odatda, bir tomonlama yo‘nalishga ega ekanligi; markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini yaratish. Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlar tizimida qanday o‘rinni egallaganligiga bog‘liq. Bir vaqtning o‘zida moliya puldan o‘zining mazmuni va bajaradigan funksiyalari bo‘yicha farq qiladi. Agar pul umumiy ekvivalent bo‘lib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab chiqaruvchilarning mehnat xarajatlari o‘lchansa, moliya esa yalpi ichki mahsulot (YaIM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy vositasi (instrumenti), pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish qurolidir. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish yo‘li bilan faqatgina davlat va korxonalarning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash emas, balki moliyaviy resurslarning sarflanishi ustidan nazoratni ham amalga oshirish moliyaning nima uchun mo‘ljallanganligini belgilab beradi. Moliya quyidagilar subyektlar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini ifodalaydi: tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizatsiya qilish jarayonida korxonalar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash borasida korxonalar va ularning yuqori organlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; byudjet tizimiga soliqlarni to‘lash va xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish davomida korxona va davlat o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; soliqlar va boshqa ixtiyoriy to‘lovlarni to‘lash jarayonida davlat va fuqarolar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; 10 munosabatlari shakllarining o‘zgarishiga olib keldi – ular ko‘proq ravishda pul xarakteriga ega bo‘ldi. Biroq bu munosabatlarning mazmun va mohiyati prinsipial jihatdan o‘zgarmay qolaverdi. Zamonaviy tasavvurdagi “moliya” tushunchasi podsholar xazinasidan davlat xazinasi ajralib chiqishi bilan paydo bo‘lgan. Bir paytning o‘zida shuni alohida qayd etish kerakki, jamiyatda pul, tovar-pul munosabatlari va davlatning paydo bo‘lishi o‘zo‘zidan darhol moliyaning ham vujudga kelganligini bildirmaydi. Ular hammasi bir paytda, ya’ni birdaniga paydo bo‘lgan emas. Moliya shakllanib, bizning u haqidagi bugungi tasavvurimizdagi moliya ko‘rinishiga kelishi uchun jamiyatda bir qator shartsharoitlar pishib yetilgan bo‘lishi kerak. Ular quyidagilar: Asrlar davomida davlat ixtiyoriga yig‘iladigan barcha pul mablag‘larining mutloq egasi qirol (sharqda podsho), deb hisoblanilgan. Mablag‘lar qirol xohish-ixtiyori bilan yig‘ilgan va u xohlagan shaklda xarajat qilingan. O‘sha davrlarda odamlar tasavvurida daromadlarni ishlatish bundan boshqacha bo‘lishi mumkin emasday tuyular edi. XVI–XVII asrlarda Niderlandiya va Angliyada yuz bergan birinchi burjua inqiloblari moliyaning shakllanishiga juda katta turtki bergan. To‘g‘ri, mazkur inqiloblar qirollik tuzumini ag‘darib tashlay olmadi. Lekin shunday bo‘lsa-da, qirolning hokimiyatini ancha cheklashga erishildi va biz uchun eng muhimi qirolning xazinaning mutloq egasi sifatidagi huquqi keskin qisqartirildi. Yangi sharoitda xazina o‘rniga umumdavlat pul mablag‘lari fondi, zamonaviy til bilan aytganda, byudjet tashkil etila boshlandi. Qirolning xazinasi o‘rniga davlat byudjeti tushunchasining kirib kelishi moliyaning shakllanishi va zamonaviy ko‘rinish olishida o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan inqilobiy o‘zgarishlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shu o‘rinda Markaziy Yevropa davlatlarida xazinani tasarruf etish sohasida yuz bergan bunday o‘zgarishlar dunyoning juda ko‘p davlatlarida, xususan, O‘rta Osiyoda ommalashmaganligini e’tirof etish zarur. O‘z taraqqiyoti davrida kapitalistik tuzumni bosib o‘tmagan mazkur davlatlarda podsholar xazinaning mutloq egasi bo‘lib qolaverganligi va muomalaga davlat byudjeti tushunchasi kirishi podsholik hokimiyatining bekor qilinishiga qadar hal bo‘lmaganligini tabiiy hodisa sifatida tushunish to‘g‘ri bo‘ladi. Amaliyotga “xazina” o‘rniga “davlat byudjeti” tushunchasi kirgandan keyin byudjetni tashkil etish va mablag‘lardan foydalanish tartibi shakllana boshladi. “Davlat daromadlari” va “davlat xarajatlari” iboralari paydo bo‘ldi, ularning tarkibi aniqlandi, davlat byudjetini shakllantirish va mablag‘larini sarflash uchun tegishli qonun hujjatlarining asoslari yaratila boshlandi. Davlat byudjeti daromadlarini asosan soliqlar, turli to‘lovlar, harbiy o‘lja va kontributsiyalar tashkil etgan bo‘lsa, o‘sha paytdayoq xarajatlar moddalarining hozirga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan yo‘nalishlari shakllandi: harbiy xarajatlar, iqtisodiyot, boshqaruv va ijtimoiy maqsadlarga ajratilgan mablag‘lar. Qirol xazinaning mutloq egasi bo‘lgan davrda daromadlar natural soliqlar va aholining mehnat majburiyatlaridan iborat bo‘lgan edi. Endilikda pul ko‘rinishidagi soliqlar Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismini tashkil eta boshladi. Natijada yaratilayotgan mahsulotni qiymat shaklida taqsimlash bosqichi boshlandi. Lekin shuni yana alohida ta’kidlash lozimki, moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi tushunchalar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib borgan7. Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksiyadorlik shaklidagi) milliy va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq holda tovar ishlab chiqarishning yirik masshtablarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayonining turli ishtirokchilari o‘rtasida pul mablag‘larini jalb qilish, ulardan foydalanish va ularni taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga olib keldi. Tovarlar harakatidan ajralgan pul mablag‘larining harakati masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bir tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli subyektlar o‘rtasida YaIM qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog‘liqdir. Bir vaqtning o‘zida, ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanmasining tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan o‘z hissalarini olishga da’vo qiladilarki, bu moliyaviy munosabatlarning sohasidir. Shunday qilib, moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifatida ham moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bo‘linishi va davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar moliya deyiladi. Moliyaviy munosabatlarning boshqa iqtisodiy munosabatlardan farqlanuvchi xarakterli belgilaridan biri shundaki, ular yordamida amalga oshiriladigan YaIMni qayta taqsimlash jarayonida oldindan ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan turli pul mablag‘lari jamg‘armalari (fondlari) yaratiladi. Davlat va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul mablag‘lari fondlari markazlashtirilgan fondlar, xo‘jalik subyektlari darajasida tuzilgan pul fondlari esa markazlashtirilmagan pul fondlari deyiladi. Xo‘jalik subyektlarining turli faoliyatlaridan olingan daromadlar hisobidan maxsus pul mablag‘lari fondlari shakllantiriladi. Ularni shakllantirish qat’iy ravishda reglamentatsiya qilinish (tartibga solinish) xarakteriga egaki, bu narsa moliyaviy munosabatlarning yana bir farqlanuvchi xarakterli belgisi hisoblanadi. YaIMni taqsimlashda aholi ham ishtirok etib, ish haqi, tadbirkorlik daromadi, dividendlar va qayta taqsimlashning boshqa shakllari ko‘rinishidagi o‘z hissalarini oladi. Bundan tashqari majburiylik xarakteriga ega bo‘lgan soliqlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash orqali aholi markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirishda ishtirok etadi. Aholi daromadlari va xarajatlarini shakllantirish va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan pul munosabatlarining bu tizimi ham moliyaviy munosabatlarning alohida sohasini tashkil etadi. 9 va V.Mirabo, inglizlar – A.Smit va D.Rikardo) ishlarining darajasi, hajmi va uslubi xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan ularning moliya to‘g‘risidagi ta’limotlarini quyidagi to‘rtta asosiy yo‘nalishga keltirish mumkin: davlat kerak, chunki u “tabiiy tartib”ni hasaddan va tajovuzlardan himoyalaydi; davlatni saqlash arzon bo‘lmog‘i lozim, chunki davlatning boshqaruv xarajatlari noishlab chiqarish xarakteriga ega; davlat “tabiiy tartib”ni, ya’ni mulkchilik va raqobat huquqini buza olmaydi, u cheklovchi bojxona bojlari va monopoliyalarni o‘rnatish yo‘li bilan ham mamlakatning xo‘jalik hayotiga aralashmasligi kerak; davlat soliqqa tortishning quyidagi asosiy prinsiplariga qat’iy rioya etmog‘i lozim: o‘z daromadlariga muvofiq ravishda barcha soliq to‘lashi kerak (bu qoida ruhoniylar va aslzodalarning soliq immunitetiga qarshi yo‘naltirilgan); soliqni oldindan aniq belgilash zarur; soliqni soliq to‘lovchi uchun qulay bo‘lgan vaqtda undirish lozim; soliqlarni yig‘ish xarajatlari arzon bo‘lishi kerak. Kapitalistik tuzumning feodalizm ustidan g‘alabasi yangi ishlab chiqarish munosabatlarini u yoki bu darajada himoya qiluvchi iqtisodiy maktablar va qarashlarning vujudga kelishiga olib keldi. Sho‘rolar tarixnavisligida bu iqtisodiy maktabning vakillari “vulgar iqtisodchilar” deb atalgan. Chunki ular, davlat daromadlarini shakllantirish masalalariga asosiy e’tiborni qaratib, uning xarajatlarini tahlil etish burjua hukumatlari to‘g‘risida salbiy tasavvur hosil qilishi mumkinligi to‘g‘ri, deb hisoblagan edilar. Bu maktabning yetakchi namoyandalaridan biri “Siyosiy iqtisod asoslari” deb nomlangan o‘z asarini 1848 yilda chop etgan Dj.Mil hisoblanadi. XIX asrning oxirlaridagi moliyachi olimlar qatoriga 1877 yilda moliya fani kursini nashr etgan fransuz P.Le-rua-Boleni va 1892 yilda “Davlat moliyasi” kitobini yozgan ingliz K.Bastblni kiritish mumkin. XIX asrda moliya nazariyasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib, 1826-1832 yillarda uchinchi qismi to‘liq moliyaga bag‘ishlangan siyosiy iqtisod kursini nashr ettirgan K.Raudir. Uning “Moliya fanining asosiy boshlanishi” deb 32 Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina MDni qayta taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning jamg‘arilishiga, iste’mol sohasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shu ma’noda, moliya iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani, ilmiytexnika taraqqiyotini va h.k.larni rivojlantirishda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi: xo‘jalik subyektlari, aholi, davlat va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag‘lari fondlarini shakllantirishga; xo‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo, shuningdek‚ ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga; xo‘jalik subyekti va davlat darajasida zaxiralar yaratishga, fuqarolar tomonidan jamg‘arishni amalga oshirishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib beradi. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanishning vositasi sifatida moliya taqsimlash jarayonining amalga oshirilishini obyektiv ravishda o‘zida aks ettiradi. Uning nazorat funksiyasi YaIMni tegishli fondlarga taqsimlash va ularning maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda, moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir. Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslarning harakati tashkil etadi. Ana shu harakatning xarakteridan kelib chiqqan holda jamiyat pul mablag‘larini taqsimlashda qanday nisbatlarning vujudga kelayotganligi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar ixtiyoriga moliyaviy resurslarning o‘z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlanayotganligi xususida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Agar moliyaning nazorat funksiyasi amalga oshirilmasa, moliya taqsimlash funksiyasining samaradorligini baholashning ham iloji yo‘qki, bu holat amaliyotda har ikkala funksiya harakati o‘zaro muvofiqlashtirilishining zarurligidan dalolat beryapti. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan har qanday jamiyatda moliyaning nazorat funksiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlarida ish sifatini uzluksiz yaxshilashni moliyaviy ta’minlashga yo‘naltirilgan. U ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini to‘liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag‘batlantirishni oshirish, moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va tejamkor foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotmalarni qisqartirish, xo‘jasizlik va isrofgarchilikning oldini olish moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir. Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalaridan biri moliyaviy masalalar bo‘yicha qonunchilikning belgilangan muddatlarda, aniq va to‘la hajmda ijro etilishini, byudjet tizimi, soliq xizmati, banklar oldidagi moliyaviy majburiyatlar, shuningdek, hisob-kitoblar va to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro majburiyatlari bajarilishining ham o‘z vaqtida va to‘la amalga oshirilishini tekshirish hisoblanadi. Moliyaning nazorat funksiyasini bajarish jarayonida moliya, bank, sug‘urta, bojxona va soliq organlari muhim rol o‘ynaydi. Mazkur xizmatlarning xodimlari moliyaviy rejalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismining bajarilishida moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida nazorat ishlarining yo‘nalishi, moliyaviy nazoratning shakl va metodlari tubdan o‘zgaradi. Moliyaning funksiyalari moliya mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu mexanizm milliy xo‘jalikdagi moliyaviy munosabatlar tashkiliy shakllarining majmuini, markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish metodlarini, moliya va moliyaviy tizimni boshqarish shakllarini, moliyaviy qonunchilikni o‘z ichiga oladi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida sifat jihatidan yangi bo‘lgan moliya mexanizmi qo‘llaniladi. Bu, eng avvalo, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholining byudjet tizimi, nobyudjet fondlari, mulkiy va shaxsiy sug‘urta organlari va boshqalar bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlariga tegishlidir. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling