Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Korxona va tashkilotlarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq


Download 1.64 Mb.
bet118/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

Korxona va tashkilotlarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq. Bozor munosabatlari sharoitida daromad (foyda)ning roli keskin oshishi munosabati bilan undan olinadigan soliq nafaqat fiskal funksiyani bajarishi, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ham ta’sir ko‘rsatishi kerak. Bu soliq davlat byudjetining muhim daromadlaridan biri hisoblanadi. Quyidagilar uni to‘lovchilardir:

  • yuridik shaxslar (shu jumladan, davlat byudjeti tashkilotlari ham), shuningdek, mamlakat hududida xorijiy kapital ishtirokida tuzilgan yuridik shaxslar ham;

  • korxonalarning alohida tugallangan balansi va hisobvarag‘i bo‘lgan filiallari va shunga o‘xshash boshqa bo‘linmalari;

  • soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga o‘tmagan kichik korxonalar.

Bu soliq uchun korxonalarning yalpi daromadi (foydasi) soliqqa tortish obyekti bo‘lib xizmat qiladi. Uning tarkibi quyidagi elementlardan tashkil topadi:

  • mahsulotni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatishdan olingan daromad (foyda);

  • asosiy fondlar va boshqa mol-mulkni sotishdan olingan daromad (foyda);

  • realizatsiyadan tashqari operatsiyalardan olingan daromad (foyda)lar (bu operatsiyalar bo‘yicha xarajatlar chegirilgan).

Mahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan olingan daromad (foyda) mahsulotni sotishdan olingan tushum bilan (QQS va aksizlarsiz) mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi mamlakat hukumati tomonidan tasdiqlangan “Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq belgilanadi. Soliqqa tortish maqsadlarida aniqlanadigan asosiy fondlar va boshqa mol-mulkni sotishdan olingan daromad (foyda) shu fondlar va molmulklarning sotish bahosi va ularning boshlang‘ich (yoki qoldiq) qiymati o‘rtasidagi farq (inflyatsiya indeksiga oshirilgan qayta baholashni hisobga olgan holda) ko‘rinishida hisoblanadi. Realizatsiyadan tashqari operatsiyalardan olingan daromad
397

  • mol yetkazib beruvchidan schyot-fakturalar olinganda.

QQSni to‘lash muddatlari soliq summasining hajmiga bog‘liq: soliq summasi qanchalik katta bo‘lsa, uni to‘lash muddati shunchalik tez bo‘lmog‘i lozim. Ayrim hollarda QQSni to‘lashning quyidagi uch muddatlari belgilanishi mumkin:

  • yirik korxona va tashkilotlar soliqni uch muddatda (15, 25 va keyingi oyning 5-kunlarida) to‘lashi mumkin;

  • o‘rta korxonalar – har oyda bir marta (keyingi oyning 20kunidan kechikmagan holda);

  • uncha katta bo‘lmagan va kichik korxonalar – har chorakda (hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunidan kechikmagan holda).

QQSni to‘lovchilar hisobot davrida to‘langan soliq summalari to‘g‘risida o‘zlari joylashgan joydagi soliq organiga belgilangan muddatlarda va tartibda hisob-kitoblarni taqdim etishlari kerak.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling