Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


-BOB. DAVLAT BYUDJETI XARAJATLARI


Download 1.64 Mb.
bet123/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

18-BOB. DAVLAT BYUDJETI XARAJATLARI
18.1. Davlat byudjeti xarajatlari: mazmun-mohiyati, tarkibi, tuzilmasi va tasniflanishi
Davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish uchun sarflanadigan mablag‘lar davlat byudjeti xarajatlari deyiladi. Bu xarajatlar davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag‘laridan turli yo‘nalishlar bo‘yicha foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Davlat byudjeti xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya bo‘lgan davlat byudjetining ko‘rinishlaridan (tarkibiy qismlaridan) biri bo‘lib, unga tegishli bo‘lgan umumiy xususiyatlarga egadir, ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog‘langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. Shu bilan birgalikda davlat byudjeti xarajatlari bir butunning o‘ziga xos qismi bo‘lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag‘laridan foydalanish va tegishli fondlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy-buyumlashgan shakli turli sohalarga yo‘naltirilayotgan davlat byudjeti mablag‘larining harakatidan iborat.
Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy mazmun-mohiyati uning turli-tuman ko‘rinishlari (turlari) orqali namoyon bo‘ladi. Xarajatlarning har bir turi o‘zining miqdoriy va sifat xarakteristikasiga ega. Ularning sifat xarakteristikasi voqelikning iqtisodiy tabiatini ifodalab, davlat byudjeti xarajatlarining mo‘ljallanganligini, miqdoriy xarakteristika esa ularning miqdorini aniqlashga imkon beradi.
Davlat byudjeti xarajatlari konkret turlarining xilma-xilligi quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funksiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; davlat byudjetining milliy iqtisodiyot bilan bog‘langanligi; iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; davlat byudjeti mablag‘larining namoyon bo‘lish shakllari va h.k. Bu omillarning qo‘shilishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida har qanday davlat byudjeti xarajatlarining u yoki bu tizimini vujudga keltiradi.
Jamiyatning iqtisodiy hayotida davlat byudjeti xarajatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga ko‘ra tasniflash (klassifikatsiya qilish) maqsadga muvofiq. Nazariya va amaliyotda davlat byudjeti xarajatlarini tasniflashning bir necha belgilari mavjud. Ular o‘zlarining iqtisodiy mazmuni, funksionalligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari yoki idoraviy bo‘linishi, ijtimoiy mo‘ljallanganligi bo‘yicha, hududiy turkumlanishi, ma’lum maqsadlari va yuridik nuqtayi nazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga ko‘ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat byudjeti xarajatlari kapital va joriy xarajatlarga bo‘linadi. Bu xarajatlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga ularning qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ifodalaydi.
Davlat byudjetining kapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yo‘naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga:

  1. tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun mo‘ljallangan xarajatlar;

  2. yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun davlat

byudjeti kreditlari sifatida beriladigan mablag‘lar;

  1. kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar;

  2. amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo‘lgan mulk miqdorini ko‘paytirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar;

  3. davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasniflanishiga muvofiq davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar kiradi.

Davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot byudjeti shakllantirilishi mumkin.
Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari, davlat byudjeti tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat byudjeti xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotatsiya, subsidiya va subvensiya shaklida ko‘rsatiladigan, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadida uning ayrim tarmoqlarida davlat kafolati ostida davlat subsidiyalari yoki imtiyozli bank kreditlari ko‘rinishida tanlanma yordam ko‘rsatilayapti.
Iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga byudjetdan katta miqdordagi mablag‘lar taqdim etilayapti. Bu tarmoq ustuvor ravishda qo‘llab-quvvatlanishi lozim bo‘lgan soha hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligiga beriladigan subsidiyalar ikki ko‘rinishda taqdim etilmoqda:

  1. qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga kafolatlangan baholarni qo‘llab-quvvatlash;

  2. ishlab chiqarish maqsadlari – qishloq xo‘jaligi mashinalari, mineral o‘g‘itlar sotib olish va omborxonalar qurish uchun.

Milliy mahsulotlarni eksport qiluvchi firmalar faoliyatiga byudjetdan yordam ko‘rsatilishi jahon bozorlaridagi shiddatli raqobat sharoitida ularning ahvolini ancha yengillashtiradi.
Davlatning davlat byudjeti xarajatlari orqali iqtisodiyotga aralashuvi iqtisodiy o‘sishning nisbatan yuqori sur’atlarda bo‘lishini rag‘batlantiribgina qolmasdan, balki uning davriy tebranishini ham yumshatadi (sekinlashtiradi).
Davlat byudjetining mudofaa xarajatlari ham davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning o‘z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi bilan bog‘liqdir. Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan Qurolli Kuchlarning barcha turlari moliyalashtiriladi.
Harbiy (mudofaa) xarajatlar(i) to‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlarga bo‘linadi. To‘g‘ri (bevosita) harbiy xarajatlar strategik qurollarni ishlab chiqarish yoki sotib olish, Qurolli Kuchlarning shaxsiy tarkibini tayyorlash va saqlash, harbiy xarakterdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish xarajatlaridan iborat bo‘lishi mumkin. Bu turdagi mudofaa xaraatlari urush harakatlari sodir etilayotgan paytda va mamlakat iqtisodiyotining militarizatsiyalashuvi sharoitida keskin oshadi.
Egri (bilvosita) harbiy xarajatlariga urush nogironlari va vafot etganlar oilalariga beriladigan pensiya va nafaqalar, fuqarolik idoralarining moddalari bo‘yicha o‘tadigan xarajatlarning (masalan, yo‘l va strategik obyektlarni qurish xarajatlari) bir qismi kiradi.
Davlat tomonidan boshqaruv shaklidagi faoliyat turining amalga oshirilishi, uning xo‘jalik-tashkilotchilik funksiyasi byudjetdan
411
Mamlakatimizda davlat tomonidan kafolatlangan ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlarining tekin (bepul) ekanligi hamon ustuvorligicha qolayapti. Umumiy ta’limni tekin va kasbiy ta’limni tanlov asosida olish kafolatlangan. Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga katta e’tibor berilmoqda. Ish haqining eng kam darajasini oshirish, ishsizlik bo‘yicha berilishi lozim bo‘lgan nafaqalarning miqdorini ko‘paytirish, maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar, maktab o‘quvchilari, studentlarning ovqatlanish xarajatlarini kompensatsiya qilish, davlat byudjeti tashkilotlari xodimlarining ish haqini tartibga solish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Iqtisodiyotga byudjetdan xarajatlarning qilinishi davlatning hamon xo‘jalik yurituvchi asosiy subyektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar katta ko‘lamlarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industrial asosda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini texnikaviy qayta qurollanishini ta’minlashga imkon yaratadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat byudjetining bu xarajatlari orasida iqtisodiyotga xarajatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari alohida o‘rin egallaydi.
Hozirgi sharoitda takror ishlab chiqarish jarayonlariga va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga davlat byudjetining ma’lum maqsadlarga yo‘naltirilgan ta’sirchanligi kuchaymoqda. Davlat byudjeti xarajatlari iqtisodiyot rivojiga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham jahonning ko‘pgina mamlakatlaridagi (masalan, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan va boshqa mamlakatlarda) “iqtisodiy mo‘jiza” aynan davlatning moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi natijasida sodir bo‘ldi.
Davlat byudjetining iqtisodiyotga yo‘naltirilgan xarajatlari tarkibi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilma, qishloq xo‘jaligini va iqtisodiyotning davlat tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash, milliy xo‘jalikning ayrim tarmoqlari va mamlakat mintaqalarida bandlikni ta’minlash, eksportni rag‘batlantirish xarajatlaridan iborat.
Keyingi yillarda davlat kapital qo‘yilmalarining hajmi keskin oshmoqda. Xususiy firmalarga, ayniqsa, taraqqiyot mintaqalariga berilayotgan subsidiyalar miqdori ko‘paymoqda. Iqtisodiyotda
410

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling