Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet124/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

va davlat byudjeti xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq, kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar davlat byudjetining joriy xarajatlari deyiladi.
Aniqroq ravishda davlat byudjetining joriy xarajatlari tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

  • davlat iste’moli xarajatlari (iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmani, milliy xo‘jalikning davlat tarmoqlarini saqlash, fuqarolik va harbiy xarakterdagi tovarlar va xizmatlarni sotib olish, davlat muassasalarining joriy xarajatlari);

  • hokimiyatning quyi organlari, davlat korxonalari va xususiy korxonalarga joriy subsidiyalar;

  • transfert to‘lovlari;

  • davlat qarzlari bo‘yicha foizlarni to‘lash;

  • boshqa xarajatlar.

Bu xarajatlar oddiy byudjetda yoki joriy xarajatlar va daromadlar byudjetida aks etgan xarajatlarga mos keladi.
Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra davlat byudjeti xarajatlari milliy iqtisodiyotga (xo‘jalikka) qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlariga bo‘linadi. Bu xarajatlarga, eng avvalo, davlat korxonalari va davlat ulushi bor bo‘lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zaxiralarini yaratish xarajatlari kiradi. Davlat byudjetining ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bo‘lgan xarajatlardir. Bu xarajatlar iste’mol fondlarini shakllantirish bilan bog‘liq. Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining individual ehtiyojlarini, boshqa bir qismi esa butun jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan. Bu yerda davlat byudjeti xarajatlari ijtimoiy iste’mol fondlarini (mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar) shakllantirishni to‘liq, shaxsiy iste’mol fondlarini esa qisman (markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar bilan birgalikda) ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda, davlat byudjeti mablag‘larining katta qismi shaxsiy iste’mol fondlarining ijtimoiy iste’mol fondlariga (maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosi o‘rtasidagi farqlarni qoplash, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar fondlari va boshqalar) tegishli bo‘lgan qismini shakllantirishda keng foydalaniladi.
Funksional nuqtayi nazardan davlat byudjeti xarajatlarining tasniflanishi pul mablag‘larini ijtimoiy faoliyat sohalariga yo‘naltirilganligini aks ettiradi. Bunda davlat byudjeti xarajatlari quyidagi yirik guruhlarga bo‘linishi mumkin:

  • davlat boshqaruvi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish;

  • sud hokimiyati;

  • xalqaro faoliyat;

  • milliy mudofaa;

  • huquqni muhofaza qilish va davlat xavfsizligini ta’minlash;

  • fundamental tadqiqotlar va ilmiy-texnika taraqqiyotini ta’minlash;

  • sanoat, energetika va qurilish;

  • qishloq xo‘jaligi va baliqchilik;

  • atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish, gidrometeorologiya, xaritashunoslik va geodeziya; • transport, yo‘l xo‘jaligi, aloqa va informatika;

  • uy-joy va kommunal xo‘jaligi;

  • maorif;

  • sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiya;

  • madaniyat, san’at va kinematografiya;

  • ommaviy axborot vositalari;

  • davlat qarziga xizmat qilish;

  • boshqa darajadagi byudjetlarga moliyaviy yordam;

  • maqsadli davlat byudjeti fondlari;

  • davlat zaxiralari va rezervlarini to‘ldirish;

  • ijtimoiy siyosat;

  • boshqa xarajatlar.

Davlat byudjeti xarajatlarining yuqoridagi tartibda klassifikatsiya qilinishi davlatning ijtimoiy hayotning turli jabhalaridagi rolini ko‘rsatadi.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo‘yicha guruhlarga ajratishga asos qilib milliy iqtisodiyot (xo‘jalik)ning umume’tirof etilgan tarmoqlarga bo‘linishi qabul qilingan. Shunga muvofiq, davlat byudjeti xarajatlari sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa, maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, mudofaa va h.k. xarajatlariga bo‘linishi mumkin. Davlat byudjeti xarajatlari iqtisodiyot tarmoqlarining pul fondlarini shakllantirishda mustahkam moliyaviy asos yaratish bilan birgalikda xarajatlarning tarmoqlararo bo‘linishi moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi nisbatlarni aniqlashga ham imkon beradi, milliy xo‘jalikning tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli yo‘nalishda o‘zgartiradi. Masalan, hozirgi paytda mamlakatimizda yaratilgan milliy daromadning hajmi davlat byudjeti mablag‘larining katta qismini ijtimoiy soha va aholini bevosita ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish imkonini berayapti. Bir vaqtning o‘zida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarining (mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, elektroenergetika va boshqalar) katta ko‘lamlarda byudjetdan moliyalashtirilishi ham ta’minlanayapti.
Idoraviy belgiga ko‘ra davlat byudjeti xarajatlarining tasniflanishi davlat byudjeti mablag‘larini oluvchi vazirlik, boshqa davlat muassasasi yoki yuridik shaxsning ajratib olinishiga imkon beradi. Davlat byudjeti xarajatlarining ana shunday klassifikatsiya qilinishi natijasida boshqaruv tizimining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar tuzilmasidagi o‘zgarishlar o‘z vaqtida ko‘rsatiladi.
Ijtimoiy mo‘ljallanganligi bo‘yicha davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarni o‘zida aks ettiradi. Ana shunga muvofiq ravishda davlat byudjetining barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

  • ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;

  • milliy xo‘jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar;

  • mudofaa xarajatlari;

  • boshqaruv xarajatlari;

  • boshqa mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar taqdim etish xarajatlari;

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari o‘z tarkibiga maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini o‘zida aks ettirib, bu guruhdagi davlat byudjetining xarajatlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishga keng yo‘l ochib beradi.
409

    1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmachi bo‘lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;

    2. mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari;

    1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti-ning, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari;

    2. davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yyer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga yyetkazilgan zararning o‘rnini qoplash xarajatlari;

    3. harbiy-ma’muriy sektorga yuklatilgan tadbirlarni va vazifalarni amalga oshirish va hal qilish xarajatlari.

    4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining mablag‘lari hisobidan moliyalashtiri-ladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudje-tidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga davlat byudjeti ssudalari, dotatsiyalar, subvensiyalar o‘tkazib beriladigan daromadlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar ajratilishi mumkin.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling