Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet143/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

Byudjetnoma — erishilgan natijalar hisobga olingan holda mamlakatni kelgusi davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini nazarda tutadigan hujjat bo‘lib, ushbu yo‘nalishlar asosida Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihalari shakllantiriladi.
Byudjetnoma o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

  • mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosini;

  • Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini;

  • Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari

byudjetlari joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini;

  • soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihasini;

  • Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihasini;

  • davlat qarzining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;

  • soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo‘nalishlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihasiga doir tushuntirish xatini

Byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga joriy yilning 15 sentyabriga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga xulosa taqdim etishi uchun joriy yilning 20 sentyabriga qadar kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, shuningdek‚ soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalari bo‘yicha ikki haftalik muddatda xulosa taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga — O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan joriy yilning 15 oktyabridan kechiktirmay kiritiladi.
Davlat byudjeti loyihasini tuzishda:
ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning hajmlarini bir haftalik muddatda yetkazadi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling