Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
24.5. Mol-mulk sug‘urtasi
Yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish sug‘urta turlari bo‘yicha ishlab chiqilgan sug‘urta shartnomalarini tuzish yoki sug‘urta polislarini rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Sug‘urta turlari obyekti va shakliga ko‘ra farqlanadi. Masalan, mulk sug‘urtasida sug‘urta obyekti sifatida yuridik va jismniy shaxslarga tegishli mol-mulklar, moddiy boyliklarni but saqlash bo‘yicha manfaat yuzaga chiqadi. Mulkni sug‘urtalashning o‘zi bir qator sug‘urta turlarini o‘z ichiga oladi. Yuridik shaxslarning mol-mulkini sug‘urtalash, jismoniy shaxslarning mol-mulkini sug‘urtalash va boshqalar mulkni sug‘urtalash turlariga misol bo‘ladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekistonda 200 dan ziyod sug‘urta xizmatlari turlari ishlab chiqilgan va salohiyatli mijozlar e’tiboriga etkazilgan. Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlari o‘rtacha 30-40 ta sug‘urta xizmat turlarini ko‘rsatadi. Sug‘urta xizmatlari turlari ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga oshiriladi. Mulkiy sug‘urta hayot sug‘urtasidan tashqari umumiy sug‘urta tarmog‘ida eng asosiy sug‘urta turlarini o‘z tarkibiga oladi. Hayotiy tajribadan ma’lumki, har qanday korxona, tashkilot yoki fuqaro o‘z mol-mulkini avaylab-asrashga harakat qiladi. Ammo, oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan ko‘ngilsiz voqealarning tasodifan sodir bo‘lishi oqibatida bu mol-mulklar zararlanadi yoki butunlay nobud bo‘ladi. Rejali iqtisodiyot tizimida barcha korxonalar davlat tasarrufida bo‘lganligi bois bunday voqelarning ro‘y berishi natijasida yetkazilgan zararlar, aksariyat holatlarda, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplangan. Ammo, iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazish bilan bog‘liq iqtisodiy islohotlar mulkiy munosabatlarni tubdan o‘zgartirib yubordi. Mulklar davlat tasarrufidan chiqarilishi tufayli xususiy va boshqa mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar barpo etildi. Tabiiyki, yangi sharoitda davlat xususiy sektordagi korxona va tashkilotlarning mulkiy manfaatlariga yetkazilgan zararlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi. Bir tomondan, bozor sharoitida raqobatning mavjud bo‘lishi hamda turli ichki va tashqi xavf-xatarlar tadbirkorlik faoliyatini bir maromda amalga oshirishga tahdid solsa, ikkinchi tomondan, yuqori foyda olishga intilish katta tavakkalchiliklar qilishni talab etadi. Mulk sug‘urtasi sug‘urta tashkiloti va yuridik yoki jismoniy shaxs bilan tuzilgan sug‘urta shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 929moddasida sug‘urta shartnomasining muhim shartlari ko‘rsatilgan bo‘lib, sug‘urta tashkilotlari sug‘urta shartnomalarini tuzishda mazkur shartlarni e’tiborga olishlari lozim. Bu shartlar quyidagilardan iborat: Mulkiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga erishilishi lozim: sug‘urta obyekti bo‘lgan muayyan mol-mulk yoxud boshqa mulkiy manfaat to‘g‘risida; yuz berishi ehtimol tutilib sug‘urta amalga oshirilayotgan voqea (sug‘urta hodisasi)ning xususiyati to‘g‘risida; sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida; sug‘urta tovoni miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida, agar shartnomada uni sug‘urta pulidan oz miqdorda to‘lash mumkinligi nazarda tutilgan bo‘lsa; sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati (muddatlari) to‘g‘risida; shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida. Taraflarning kelishuviga binoan shartnomaga boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. Agar sug‘urta shartnomasi sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs yoki naf oluvchi hisoblangan moddiy yordam bilan ta’minlaydi. Quyidagi holatlarning yuz berishi sug‘urta hodisalari deb hisoblanadi: sug‘urta qildirgan shaxsning (shartnomada belgilangan muddatgacha) yashashi yoki vafot etishi. Sug‘urtalash shartlari: sug‘urta qildirgan shaxs har oyda (har chorakda) cyg‘ypta mukofotlari to‘laydi. Ularning miqdori belgilangan tariflarga muvofiq aniqlanadi. Tariflar ikkita ko‘rsatkichga: sug‘urta qildirgan shaxsning yoshiga va sug‘urtalash davriga bog‘liq bo‘ladi. Bunda jamg‘arilgan resurslardan tashqari har oyda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda bonus yozib boriladi. Shuni aytish kerakki, foiz stavkalari ancha yuqori bo‘lgan bank depoziti bu sug‘urta bilan raqobatlashadigan mahsulotdir. Depozitning afzalligi shundaki, mijoz shartnoma (talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat) amal kilib turgan davrda daromadning bir qismini olishi mumkin, holbuki, hayotni jamg‘arib boriladigan usulda cyg‘yptalashda sug‘urta shartnomasi tuzilgan paytdan boshlab mijoz sug‘urta davrida o‘z mablag‘larining bir qismini olish huquqiga ega bo‘lmaydi. U shartnoma amal qilish muddati tugaganidan keyin summaning hammasini olishi mumkin. Hayotni jamg‘arib boriladigan usulda sug‘urtalashning bank depozitiga nisbatan afzalligi ham bor. Fuqaroning hayoti sug‘urtalanganida sug‘urta qildirilgan shaxs shartnoma amal qilib turgan har qanday davrda vafot etgan taqdirda sug‘urta to‘lovlari amalga oshiriladi. Holbuki, depozit bo‘yicha bunday to‘lovlar yo‘q. Merosho‘rlar cyg‘ypta tashkilotidan butun sug‘urta summasini, ya’ni sug‘urta qildiruvchi cyg‘yptalash davri oxirida olishi kerak bo‘lgan summani oladilar. O‘zbekistonda amalda bo‘lgan “Sug‘urta faoliyati klassifikatori”ning hayotni sug‘urta qilish tarmog‘iga oid jami 4 ta klass mavjud bo‘lib, shu sohaga ixtisoslashgan sug‘urta kompaniyalari o‘z faoliyatlarini ana shu klasslar doirasida tashkil etadilar. Quyidagi hayotni sug‘urta qilish tarmog‘iga oid klasslarning tasnifi keltirilgan: 639 fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish; xorijga chiquvchi fuqarolarni sug‘urta qilish; tibbiy sug‘urta; bonus to‘lovli hayot sug‘urtasi; ta’lim olish uchun hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash; - nikoh uchun hayotni uzoq muddatga sug‘urta qilish. Shaxsiy sug‘urtaning yuqorida keltirilgan dastlabki uchta turini umumiy sug‘urta sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi sug‘urta tashkilotlari ham, hayotni sug‘urta qilish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi sug‘urta tashkilotlari ham o‘tkazishlari mumkin. Ammo, so‘ngi uchta sug‘urta turi hayotni sug‘urta qilish sohasiga oid bo‘lib, ularni faqat shu sohada faoliyat yuritish uchun tegishli litsenziyaga ega sug‘urta tashkilotlari amalga oshirishlari mumkin. 2019 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida hayotni sug‘urta qilishga ixtisoslashgan 6 ta sug‘urta tashkiloti (“O‘zbekinvest Hayot” va “Alfa life”, “New Life insurance”, “Agros Hayot”, “Evroasia-Life”, “Kafolat Hayot” sug‘urta kompaniyalari) faoliyat ko‘rsatmoqda. Inson hayoti quvonch va tashvishlardan iboratligini yaxshi bilasiz. Ayniqsa, inson boshiga tashvish tushganda, aniqroq qilib aytganda baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda u har doim moddiy ehtiyojlik sezadi. Hayot sug‘urtasi fuqarolarning ma’lum bir yoshgacha yashashi yoxud vafot etishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash imokniyatini beradi. Shu jihatdan ta’kidlash mumkinki, hayot sug‘urtasi ijtimoiy himoyaning samarali vositasidir. Aslida, sug‘urta qildiruvchi shaxsning sug‘urta muddati tamom bo‘lgungacha yoki sug‘urta shartnomasida belgilangan yoshgacha yashashi, sug‘urta qildiruvchining vafot etishi holatlarda sug‘urta summalarini to‘lash bo‘yicha sug‘urta tashkilotining majburiyatlarini nazarda tutuvchi va sug‘urta muddati bir yildan ortiq bo‘lgan sug‘urta turlariga hayot sug‘urtasi deyiladi. Hayot sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta shartnomalari sug‘urta tashkiloti va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida tuziladi. O‘zbekistonda hayot sug‘urtasining keng tarqalgan turlaridan biri hayotni jamg‘arib boriladigan tarzda sug‘urtalash hisoblanadi. Bu sug‘urta turi sug‘urta qildirgan shaxsni sug‘urta holati yuz bergan taqdirda 638 fuqaroning ahvolini qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga nisbatan yomonlashtiradigan shartlarni o‘z ichiga olsa, shartnomaning ana shu shartlari o‘rniga qonun hujjatlarining tegishli qoidalari qo‘llaniladi. Yuridik shaxslarning quyidagi mulklarini saqlash bilan bog‘liq ularning mulkiy manfaati sug‘urta obyekti sifatida qabul qilinishi mumkin: binolar, inshootlar, tugallanmagan qurilish obyektlari; ishchi mashinalar, uzatish qurilmalari, quvvat beruvchi uskunalar; inventar; tovar zaxiralari, xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i va boshqalar. Sug‘urtalanuvchiga mulk huquqi sifatida tegishli bo‘lgan molmulklar ham, ijara va keyinchalik egalik huquqini berish sharti bilan qabul qilingan mol-mulklar ham sug‘urtalanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002yilning 27-noyabridagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 413-sonli qarorida “molmulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish” 8-klassga oid ekanligi ko‘rsatilgan. Yong‘in, portlash, bo‘ron, dovul, jala, ko‘chki, tuproqning cho‘kishi, emirilish, er osti suvlari, sel, yashin urishi, zilzila, yadro energiyasi ta’siri natijasida mol-mulk yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlarining jami Hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Sug‘urta faoliyati klassifikatori”ning 8-klassiga mos keladi. Do‘l, qalin qor yog‘ishi yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o‘g‘irlik qilish va boshqa voqealar natijasida mol-mulk yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari 9-klass doirasida amalga oshiriladi. Sug‘urta hodisalari sug‘urtalanuvchilarning qo‘pol ehtiyotsizligi, atayin xatti-harakati natijasida voqea sodir etilsa va uning natijasida mol-mulkka zarar yetkazilsa, bu zararlar sug‘urtalovchi tomonidan qoplanmaydi. Shu yerda siyosiy risklarni sodir bo‘lishi oqibatida ko‘rilgan zararlar ham qoplanmasligini eslatib o‘tish o‘rinli deb hisoblaymiz. Sug‘urta tashkilotlari tomonidan “Sug‘urta faoliyati klassifikatori”ga muvofiq, umumiy sug‘urta tarmog‘ining 8-klassi - “Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish”da qayd etilgan shartlarda, ya’ni yong‘in, portlash, bo‘ron, dovul, jala, ko‘chki, tuproqning cho‘kishi, yemirilish, yerosti suvlari, sel, yashin urishi, zilzila, yadro energiyasi ta’siri natijasida mol-mulk yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, mazkur klassifikatorning 9-klassi ham mol-mulklarni sug‘urta qilishga oid bo‘lib, u “Mol-mulkni zarardan sug‘urta qilish” deb ataladi. 9-klassning mazmuni 8-klassda ko‘rsatilmagan do‘l, qalin qor yog‘ishi yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o‘g‘irlik qilish va boshqa voqealar natijasida mol-mulk yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jamidan iborat. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mol-mulkni sug‘urta qilish huquqiga O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan 8 va 9-klasslar bo‘yicha litsenziya olgan barcha sug‘urta tashkilotlari haqlidir. Mol-mulkni sug‘urta qilish sug‘urtalovchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Sug‘urta shartnomasi - tomonlarning aniq yuridik va moliyaviy munosabatlarini belgilab beruvchi xujjatdir. Shartnomada franshiza qo‘llanilishi mumkin. Franshiza - yuridik shaxslar ko‘rgan zararning muayyan qismi bo‘lib, sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta tashkiloti ana shu qism doirasida javobgar bo‘lmaydi va u to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta qoplamasidan chegirib tashlanadi. Sug‘urtalovchi yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli molmulklarni yong‘in, zilzila, toshqin, suv bosishi, ko‘chki, bo‘ron, er cho‘kishi, ichki sanitariya texnikasi tizimlari buzilishi natijasida to‘liq yoki qisman nobud bo‘lganda sug‘urta qoplamasini, sug‘urtalanuvchi bo‘lgan yuridik shaxslar esa sug‘urta mukofotini o‘z vaqtida to‘lash va shartnomaning boshqa shartlarini bajarish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Mana shu qayd etilgan holatlar sug‘urta tashkiloti va yuridik shaxslar o‘rtasida mol-mulkni sug‘urtalash bo‘yicha tuzilgan shartnomaning predmetini tashkil etadi. Suturtalovchining majburiyatlari sug‘urta mukofoti sug‘urtalovchining hisob-kitob raqamiga kelib tushgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. So‘ng sug‘urta polisi sug‘urtalanuvchiga shartnomada ko‘rsatilgan muddat ichida beriladi. vaqtincha yoxud umrbod yo‘qotishi mumkin. Agar, fuqaro baxtsiz hodisalardan ehtiyoti shart sug‘urtalangan bo‘lsa, u holda sug‘urta tashkiloti fuqaroning boshiga baxtsiz hodisa ro‘y berishi oqibatida kulfat tushganda unga moddiy ko‘mak beradi, shu fuqaroni oyoqqa turib olishiga imkon beradi. Ayniqsa, tibbiy sug‘urtaning fuqarolarni ijtimoiy himoyalanishidagi ahamiyati katta. Fuqaro kasallikka duchor bo‘lganda tibbiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha davolanish, dori-darmon sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar sug‘urta tashkiloti tomonidan to‘lab beriladi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasidagi qator sug‘urta takshilotlari tibbiy sug‘urta turlarini amalga oshirmoqdalar. Shaxsiy sug‘urtada insonlarning hayoti, salomatligini saqlash bilan bog‘liq manfaatlar sug‘urta obyekti bo‘lib hisoblanadi. Shaxsiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urta tashkiloti o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga erishilishi lozim: sug‘urtalangan shaxs to‘g‘risida; sug‘urtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimol tutilib sug‘urta amalga oshirilayotgan voqea (sug‘urta hodisasi)ning xususiyati to‘g‘risida; sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida; sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati (muddatlari) to‘g‘risida; shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida. Shaxsiy sug‘urta deganda insonning sog‘ligi, hayotini saqlash bilan bog‘liq manfaatlarini himoyalashga qaratilgan sug‘urta turlari tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrda qabul qilingan “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 413-son qarori bilan tasdiqlangan “Sug‘urta faoliyati klassifikatori”ning umumiy sug‘urta sohasiga oid 1-klassi “Baxtsiz hodisalardan ehtiyoti shart sug‘urta qilish” va 2-klassi “Kasallikdan ehtiyoti shart sug‘urta qilish” shaxsiy sug‘urta tarmog‘iga mansub. Shuningdek, hayotni sug‘urta qilish sohasining barcha klasslari doirasida amalga oshiriladigan sug‘urta turlari ham shaxsiy sug‘urta tarkibiga kiradi. Shaxsiy sug‘urtaga oid eng ommaviy sug‘urta turlariga quyidagilar kiradi: 637 -sug‘urta hodisasi yuz bergan sana va uning tavsifi; -sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urtalanuvchi qilgan ishlar; -zarar miqdori va sug‘urtalanuvchi da’vo qilayotgan sug‘urta tovonining miqdori. Bunda tegishli ro‘yxat va summa ko‘rsatilishi kerak; -zararni qoplash uchun uchinchi shaxslardan olingan tovon miqdori. Mabodo zarar to‘liq qoplangan bo‘lsa yoki sud qaroriga ko‘ra zarar aybdor shaxs tomonidan qoplanadigan bo‘lsa, sug‘urtalanuvchi sug‘urta tovoni olish huquqidan mahrum bo‘ladi. Quyidagi hollarda sug‘urta tovoni to‘lanmaydi: -agar sug‘urtalanuvchi zarar yetkazilishiga olib keluvchi xattiharakatlarni ataylab yoki qo‘pol ehtiyotsizligi tufayli sodir etgan yoki ularga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa; -basharti zarar kelib chiqishiga olib kelgan holatlar huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tekshirilayotgan bo‘lsa, tekshiruv tamom bo‘lgunga qadar. Mabodo sug‘urtalanuvchi yoki naf oluvchi shaxs zarar uchun aybdor yoki uchinchi shaxslardan tovon olgan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urta shartlariga ko‘ra to‘lanishi lozim bo‘lgan pul bilan aybdor yoxud uchinchi shaxslardan olingan pul o‘rtasidagi farqning o‘zini to‘laydi. Shartnoma imzolagandan so‘ng tavakkalchilik darajasida ro‘y bergan va sug‘urta hodisasi yuz berish ehtimolini oshiradigan barcha o‘zgarishlar sug‘urta tashkilotiga sug‘urta shartlarini o‘zgartirish hamda qo‘shimcha sug‘urta mukofoti to‘lanishini talab qilish huquqini beradi. Sug‘urtalanuvchi qo‘shimcha sug‘urta mukofotini to‘lashdan bosh tortgan taqdirda mazkur shartnoma yuridik kuchini yo‘qotadi, to‘langan sug‘urta mukofoti esa qaytarib berilmaydi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling