Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Jamg‘armalarni shakllantirish va ishlatish
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valyuta konvertatsiyasi
25.5. Jamg‘armalarni shakllantirish va ishlatish
Barcha majburiy xarajatlar amalga oshirilganidan, zaruriy tovarlar va xizmatlar sotib olinganidan so‘ng qolgan bo‘sh pul mablag‘lari uy xo‘jaliklarining jamg‘armalarini tashkil etadi. Jamg‘armalar, kechiktirilgan iste’mol demakdir. Uy xo‘jaliklari jamg‘armalari tashkil topishi jarayonining asosida ehtiyojning amalda mavjud bo‘lgan darajasi va ularni qondirishning iloji yo‘qligi o‘rtasidagi ziddiyat yotadi. Ehtiyojlar darajasini qondirishning tashqi cheklovchisi (chegaralovchisi) tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatining cheklanganligi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti barqaror rivojlangan mamlakatlarda uy xo‘jaliklarining jamg‘armalariga ham alohida rol ajratilgan. Chunki iqtisodiy o‘sish investitsiyalarning muhim manbai bo‘lgan jami jamg‘armalarning darajasi bilan uzviy bog‘langan. O‘z navbatida, jamg‘armalarning mavjudligi esa mamlakat boyligining belgilaridan biridir. Jamg‘arma munosabatlari sohasida quyidagi ko‘p tomonlamali aloqalar, manfaatlar va maqsadlar vujudga keladi va qo‘shilib ketadi: takror ishlab chiqarish aloqalari, manfaatlari va maqsadlari. Bunda jamg‘armalar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning muhim tarkibiy qismi sifatida maydonga chiqadi; uy xo‘jaliklari jamg‘armalarining aylanishi va milliy iqtisodiyot moliya-bank sektorining faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘langan pulmoliyaviy aloqalar, manfaatlar va maqsadlar; aholi turmush darajasining o‘sishiga yo‘naltirilgan ijtimoiy aloqalar, manfaatlar, maqsadlar. Uy xo‘jaliklarining jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish ijtimoiy takror ishlab chiqarishning hajmlari, muvozanat va taraqqiyotning umumiy maroiqtisodiy nisbatlari bilan belgilanadi. Jamg‘armalarning miqdoriy o‘zgarishiga aholi nominal va real daromadlarining o‘sish (kamayish) sur’atlari, inflyatsiya, yakuniy iste’molga mo‘ljallangan xarajatlarning o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi. Uy xo‘jaliklari jamg‘armalarining o‘sishi, ulardan oqilona va samarali foydalanish investitsion faollikni oshirish, iqtisodiy taraqqiyot va aholi turmush darajasining o‘sishi muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan davlat makroiqtisodiy va moliya-kredit siyosatining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Jamg‘armalarni quyidagi turli belgilarga ko‘ra tasniflash mumkin: jamg‘arish(ma) jarayonining maqsadlariga ko‘ra; sabablari nuqtayi nazaridan; jamg‘armalarni to‘plash shakllari bo‘yicha. Jamg‘arish(ma) jarayonining maqsadlariga ko‘ra jamg‘armalarni quyidagilarga ajratish mumkin: joriy jamg‘arma fondlari (uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan tovarlarni sotib olish); sug‘urta jamg‘arma fondlari; investitsion jamg‘arma fondlari. Jamg‘armalarning joriy fondlari qisqa muddatli xarakterga ega, naqd mablag‘larni qo‘shib olgan holda, yuqori likvidli aktivlarda jamg‘ariladi (to‘planadi). Sug‘urta jamg‘arma fondlari ko‘zda tutilmagan holatlar (vaziyatlar) va qarilik uchun mo‘ljallangan jamg‘armalardan iborat bo‘lib, ular uzoq muddatli hisoblanadi va ularni jamg‘arish jarayoni tugamagunga qadar kamroq likvidli bo‘lishi mumkin. Investitsion jamg‘arma fondlari iste’mol ehtiyojlari uchun mo‘ljallanilmaydi. Ularning bosh maqsadi daromad keltiruvchi aktivlarga investitsiya qilishdan iboratdir. Sabablari nuqtayi nazaridan uy xo‘jaliklarining jamg‘armalari motivatsiyali va motivatsiyasiz bo‘lishi mumkin. Bu tasniflashga muvofiq maqsadli jamg‘armalar motivatsiyali jamg‘armalar sifatida talqin qilinadi. Biroq jamg‘armalarning sabablarini hamma vaqt ham aniqlashning iloji bo‘lmasligi mumkin. Ular ehtiyojning darajasiga nisbatan qiyoslaganda to‘lovga layoqatlilik imkoniyatining oshishi va ishlab chiqarishning imkoniyatlari natijasida vujudga kelishi mumkin. Bunday jamg‘armalar motivatsiyasiz jamg‘armalar deyiladi. Agar to‘lovga layoqatli talab va ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi tizimli xarakterda birbiriga mos kelmasa, ular majburiy jamg‘armalar nomini olishi mumkin. To‘plash (yig‘ish) shakllari bo‘yicha jamg‘armalarni bog‘lanmagan (tashkil qilinmagan) va bog‘langan (tashkil qilingan) shakllarga ajratish mumkin. Naqd pullar shaklida uy xo‘jaliklari bo‘sh pul mablarining jamg‘arilishi jamg‘armalarning bog‘lanmagan (tashkil qilinmagan) shakli hisoblanadi. Agar jamg‘armalarni yig‘ish moliyaviy bozor instrumentlariga joylashtirish, shu jumladan, bank omonatlari va boshqa investitsion institutlari yordamida amalga oshirilsa, uy xo‘jaliklari jamg‘armalarining bunday shakli bog‘langan (tashkil qilingan) jamg‘armalar deyiladi. Jamg‘armalarning bog‘lanmagan (tashkil qilinmagan) shakllari ustuvor tarzda pulli shaklda bo‘lsa, ularning bog‘langan (tashkil qilingan) shakllari turli quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin: mablag‘larni ishlab chiqarishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) joylashtirish (masalan, korxonalarning aksiyalari, obligatsiyalari va ishtirok etish salmog‘ini sotib olish shaklida, ko‘chmas mulk sotib olish va boshqalar); mablag‘larni ishlab chiqarishga bilvosita joylashtirish. Bunda mablag‘larni to‘plash va ularni joylashtirish bilan ixtisoslashtirilgan moliyaviy institutlar shug‘ullanadi. Bunga misol tariqasida davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish, bank depozitlari, investitsion fondlarning hissasini (ulushini) sotib olish va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Hozirgi paytda uy xo‘jaliklarida mablag‘larni jamg‘arish jarayoni, ma’lum darajada, ziddiyatli hisoblanadi. Bir tomondan, keyingi yillarda unda ba’zi bir ijobiy tendentsiyalar ko‘zga tashlanayaptiki, xususan, ular quyidagilarda namoyon bo‘layapti: keyingi yillar davomida uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan moliyaviy aktivlarning absolyut o‘sishi bir necha martaga oshdi; bog‘langan (tashkil qilingan) jamg‘armalar absolyut va nisbiy jihatdan ham o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan; mamlakatda tegishli investitsion muhit mavjud bo‘lsa, jamg‘armalarga ega bo‘lgan va ularni investitsiyalarga joylashtirishi mumkin bo‘lgan uy xo‘jaliklarining guruhlari shakllandi; uy xo‘jaliklari jamg‘armalarini investitsiyalarga transformatsiya qiluvchi (aylantiruvchi) moliyaviy instru- 697 Valyutalarning eng asosiy xususiyatlaridan biri bu uning konvertatsiyasi, ya’ni ayirbolanish qobiliyati hisoblanadi. Valyuta konvertatsiyasi bu milliy valyutaning xorijiy valyutaga erkin ayirboshlanish, xorijiy mahsulot va xizmatlarni to‘lash qobiliyatidir. Valyutalar konvertatsiya darajasiga qarab, asosan 3 turga bo‘linadi: Erkin konvertatsiya qilinadigan; Qisman konvertatsiya qilinadigan; 3. Konvertatsiya qilinmaydigan. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling