Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro moliya munosabatlari va xalqaro qayta ishlab chiqarish jarayonlarining
Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi fundamental omillarning 4 turini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Xususan:
Iqtisodiy omillar. Iqtisodiy omillarning asosiylari sifatida mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar(YaIM, Sanoatning o‘sishi, ishsizlik va aholining mehnat bilan bandligi, inflyatsiya, foiz stavkalar va h.k.)ning o‘zgarishi (1-jadvalga qarang), mamlakatlar markaziy banklari boshliqlarining chiqishlari va yig‘ilishidagi qarorlar, valyuta interventsiyasi, moliya bozorining valyutadan tashqari boshqa bozorlaridagi o‘zgarishlarni qayd etib o‘tish mumkin. Siyosiy omillar. Siyosiy omillarning asosiylari sifatida prezident, davlat va hukumat boshliqlarini saylash jarayoni va uning natijalari, ularning iste’foga chiqishi, shuningdek, markaziy banklar yoki pul-kredit siyosati bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari rahbar kadrlar almashinuvi, geosiyosiy to‘qnashuv va inqirozlarni ko‘rsatish mumkin. Turli xabarlar va kutishlar. Global valyuta bozorida investorlarni harakatga keltiruvchi shunday ibora bor, ya’ni “turli xabarlar, mish-mish gaplar, ovozalar asosida valyutalarni sotib ol va fakt (dalil, isbot)larga asoslangan holda ularni sot”. Global valyuta bozorida oltin qoidaga aylangan ushbu ibora, shuningdek boshqa psixologik omillar investorlarning bozordagi harakatini faollashtirishi yoki susaytirishi mumkin. Fors-major holatlari. Favqulotda sodir bo‘lgan hodisalar, masalan, suv toshqini, zilzila, yirik ko‘lamli yong‘in, turli zararli epidemiyalarni, gaz va boshqa zarralarni ommaviy tarqalishi, kuchli to‘fon yoki dovullar va h.k.lar natijasida turli darajadagi vayronagarchilikni yuzaga kelishi. Shuningdek, mamlakatda terroristik hurujlarni, hujum va harakatlari sodir etilishi ham valyuta kurslari o‘zgarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 718 ishlab chiqarishning rentabelligini va uzluksizligini ta’minlash uchun foydalaniladi. institutsional jihatdan – bu banklar, valyuta va fond birjalari, xalqaro moliya institutlari, mintaqaviy moliya-kredit tashkilotlari, xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlar va birlashmalar majmui bo‘lib ular orqali jahon moliyaviy oqimlarining xarakati amalga oshiriladi. iqtisodiy munosabat sifatida – bu, jahon bozorida kapital, xizmatlar, tovarlar xarakati vaqtida milliy mahsulotlarning qayta taqsimlanishi jarayonida yuzaga keluvchi pul ko‘rinishidagi munosabat. Davlatlararo va transmilliy moliya-kredit munosabatlarini o‘z ichiga oladi va ularda xorijiy elementlar ishtirokini ifodalaydi. Xalqaro moliyaning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi: taqsimlash funksiyasi; nazorat funksiyasi; takror ishlab chiqarish jarayoniga moliya yordamida xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlarining aralashuvi bilan bog‘liq tartibga solish funksiyasi; barqarorlashtirish funksiyasi. Mazkur funksiya jahon xo‘jaligi tizimida iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar uchun barqaror sharoitni yaratishda namoyon bo‘ladi. Xalqaro moliya munosabatlari shakllanishi va rivojlanishining asosiy omillari quyidagilardan iborat: Jahon bozorlarining vujudga kelishi, ayniqsa tovar bozorlari. Xalqaro mehnat taqsimoti. Iqtisodiy aloqalarning baynalminallashuvi va globallashuvi. Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda integratsiya jarayonlarining kuchayishi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti; Xalqaro moliya munosabatlarining ko‘p tomonlama tartibga solish tizimini takomillashtirilishi; Jahon iqtisodiyotida global muammolarning keskinlashuvi. Xalqaro moliya jahon xo‘jaligining aniqlovchi tizimlaridan biri hisoblanib, milliy va jahon iqtisodiyotiga aniqlovchi ta’sir ko‘rsatadi. 26.1-rasm. Xalqaro moliya munosabatlari va xalqaro qayta ishlab chiqarish jarayonlarining Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling