Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Valyuta kursi va valyuta bozorlari


Download 1.64 Mb.
bet208/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

26.4. Valyuta kursi va valyuta bozorlari
Valyuta ayirboshlash kursi mamlakat iqtisodiyotini boshqa mamlakatlar bilan bog‘lovchi asosiy omillardan biridir.
Bir valyutaning boshqa valyuta birligidagi bahosi valyuta kursi deb ataladi. U mamlakat iqtisodiyotiga, hatto aholining turmush tarziga ham ta’sir ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, valyuta kursining o‘zgarishi mamlakat eksport tovarlarining raqobatbardoshlik darajasiga ta’sir qiladi, ikkinchidan, milliy valyuta almashuv kursining pasayishi import tovarlari va xizmatlarining milliy valyutadagi bahosining oshishiga olib keladi va shuning asosida aholi xarid quvvatiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi.
Valyuta yoki ayriboshlash kursi ma’lum bir mamlakatni tashqi dunyo bilan bog‘lab turadi, shuningdek milliy iqtisodiyot holatini tashqi dunyo bilan taqqoslash, xalqro iqtisodiy operatsiyalar samaradorligini baholash imkonini beradi. Valyuta kursi mamlakatning joriy iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy holati va istiqboldagi rejalari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni o‘zida mujassam etadi. Iqtisodiyoti nisbatan ochiq mamlakatlar uchun valyuta kursi muhim ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Chunki uning iqtisodiyotga bevosita yoki bilvosita ta’sir etishi, valyuta kursidagi keskin o‘zgarishlar esa, milliy iqtisodiyotda inqirozli holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Xususan, valyuta kursining o‘zgarishi mamlakatdagi umumiy talab hajmiga, narxlar darajasiga, foiz stavkalar o‘zarishiga, mamlakat ichidagi daromadlar taqsimotiga, va iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Valyuta kursi inflyatsiyani hisobga olishiga ko‘ra nominal va real almashuv kurslariga bo‘linadi. Nominal ayirboshlash kursi — bu ikki mamlakat valyutasining nisbiy bahosidir. Real ayirboshlash kursi — bu ikkita mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy bahosi. Real ayirboshlash kursi nominal kurs
716
Ushbu bog‘liqlik asosida xalqaro moliya munosabatlari yuzaga keladi.
Xalqaro moliya munosabatlari bu xalqaro moliya bozori ishtirokchisi bo‘lgan shaxsning qaroriga muvofiq tarzda o‘ziga tegishli bo‘lgan xorijiy valyutalarning harakat jarayonini tavsiflovchi fundamental iqtisodiy kategoriyadir.
1970-yillarda xalqaro moliya tizimida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi va mazkur o‘zgarishlar ta’sirida zamonaviy jahon valyuta-moliya tizimi shakllana boshladi. Jahon moliya tizimidagi o‘zgarishlar va xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishi ko‘p jihatdan trasmilliy korporatsiyalar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ular tomonidan butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish hamda barcha resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan global strategiya amalga oshirildi. Shuningdek, xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida moliyaviy jihatdan barqaror hamda ko‘p sonli xorijiy filiallarga ega bo‘lgan transmilliy banklar muhim rol o‘ynadi.
Xalqaro kreditlashdan foydalanish xususiyatining o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda xalqaro kredit bozori hajmi keskin ortib bordi. Uning oxirgi yo‘nalishi nafaqat xalqaro ayriboshlash sohasi (mahsulotlar, xizmatlar va boshq.) balki, ishlab chiqarish sohasi ham bo‘ldi. Bu holat, birmuncha yirik kreditlarni uzoq muddatlarga jalb etishni, shuningdek, moliya-kredit xizmatlari majmuasini rivojlantirishni talab etardi. 1970-yillarda xalqaro kreditni to‘lov balansining taqchilligini bevosita yoki bilvosita moliyalashtirish uchun foydalana boshladilar. Xususiy firmalar bilan bir qatorda yirik qarzdorlar sifatida hukumatlar, davlat tashkilotlari va korxonalar, xalqaro kredit tashkilotlari yuzaga keldi.
Ushbu davrda neft import qiluvchi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar to‘lov balanslari jami taqchilligining qariyb 60% xalqaro kapital bozorlari hisobiga moliyalashtirildi. Xalqaro kredit hajmining oshishi nafaqat evrokreditlarning o‘sishi hisobiga balki, xorijiy kreditlash bozorlari kengayishi hisobiga sodir bo‘ldi. Yaponiya milliy valyutasi “iena” hisobiga xorijiy kreditlar bozori hajmining oshishi natijasida Tokioda ienadagi xorijiy obligatsiyalar emissiyasi hajmi keskin ortdi. Mazkur holat natijasida Yaponiya ienasi yevrovalyuta bozorida keng qo‘llanila boshlandi.
1970-yillarda xalqaro kapital bozori kengayishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatdi va natijada xalqaro resurslar aylanishi va likvidligi oshib bordi. Ushbu davrda jahon iqtisodiyoti ikkita neft inqirozini boshdan kechirdi va neft narxining birdaniga keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Mazkur holat natijasida neft eksport qiluvchi mamlakatlarda yirik valyuta ortiqchaligi, neft import qiluvchilarda esa, jumladan ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda joriy hisoblar bo‘yicha taqchillik yuzaga keldi. Bu taqchillik asosan retsipient-mamlakatlarga xalqaro banklar, evroobligatsiyalar bozori orqali tushgan neftedollarlar hisobiga qoplandi.
Jahon iqtisodiyotida ro‘y bergan boshqa muhim o‘zgarishlar ham xaqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy va salbiy jihatdan sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu o‘zgarishlar jumlasiga, jahon va hududiy valyuta tizimlaridagi o‘zgarishlar, valyuta tizimi tamoyillarining o‘zgarishi, qarzdorlik inqirozlari, mamlakatlar tomonidan iqtisodiy integratsion birlashmalarning tuzilishi, xalqaro va mintaqaviy moliya tashkilotlarining vujudga kelishi, transmilliy korporatsiya va banklar faoliyatining kengayishi, jahonda ro‘y bergan moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarni kiritish mumkin.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling