Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet216/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

Bojxona bojlarining stavkalari – hukumat tomonidan o‘rnatilib, yagona hisoblanadi va chegaradan mahsulotlarni olib o‘tuvchi shaxslarga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgarmasdir. Tashqi iqtisodiy faoliyatni operativ ravishda tartibga solishning instrumenti bo‘lib xizmat qiladi. Ularning
751
taqdim etish, Davlat byudjetining ijrosini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat boshqaruvi boshqa organlarining Davlat byudjetini ijro etish borasidagi ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, davlat maqsadli fondlari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilash, Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi tasdig‘iga kiritish, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlardan iborat.
Byudjet tizimini boshqarish sohasidagi O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining vakolatlari - davlat byudjeti loyihasini tayyorlash (shakllantirish), Davlat byudjeti va uning tuzilmasiga kiruvchi byudjet mablag‘lari tushumi va sarfining tartibini belgilash hamda nazoratini amalga oshirish, respublika byudjeti xarajatlarini amalga oshirish, byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish, byudjet mablag‘lari oluvchilarning Davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, o‘z vakolatlari doirasida umummajburiy tusdagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni o‘z ichiga oladi.
Byudjet tizimini boshqarish sohasidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlari – a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari: belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni qabul qilish, shuningdek ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash, qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy byudjetga tushadigan mahalliy soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlar miqdorini hamda ular bo‘yicha imtiyozlarni belgilash, qonun hujjatlariga muvofiq ravishda boshqa vakolatlarni amalga oshirish; b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar loyihalarini belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari qabul qilishi uchun taqdim etish va ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish, byudjetga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi hamda byudjet mablag‘laridan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etish, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa boshqa vakolatlardan iborat. Byudjet transferti – byudjetdan yuridik va jismoniy shaxsga bevosita yoxud vakolatli organ orqali ajratiladigan qaytarilmaydigan pul mablag‘lari.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling