Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet218/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

Byudjet tashkiloti – zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat byudjetidan mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan va bu mablag‘ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora, davlat tashkiloti.
Byudjetdan tashqari (nobyudjet) fondlar – a) ijtimoiy: ijtimoiy sug‘urta fondi; pensiya fondi; bandlik fondi; majburiy tibbiyot sug‘urtasi fondi, b) noijtimoiy: yo‘l fondi; ekologiya va boshqa maqsadli fondlardan iborat bo‘lib, ularning barchasi byudjet tizimida konsolidatsiyalanadi.
Byudjet tuzilmasi – byudjet tizimi tuzilishini tashkil etish va prinsiplarini, uning tarkibiy tuzilmasini, ular alohida bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalaydi. Davlat tuzilishi bilan aniqlanadi. O‘zbekston Respublikasining byudjet tuzilmasi a) Davlat byudjeti; b) respublika byudjeti hamda v) Qorqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni o‘z ichiga oladi. Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli fondlari jamlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog‘istonga) bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini, viloyatning byudjeti viloyat byudjetini va viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini, tumanlarga bo‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetini, tumanga bo‘ysunuvchi shag‘arlari bo‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetini va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi.
Byudjet tizimi – turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini, byudjetlarni tashkil etishni va ularni tuzish prinsiplarini, byudjet jarayonida ular o‘rtasida, shuningdek byudjetlar hamda byudjet mablag‘lari oluvchilar o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro munosabatlarni ifodalaydi. Mamlakatning butun hududida amal qiladigan, iqtisodiy munosabatlar va yuridik normalarga asoslangan barcha byudjetlarning majmui. Respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarni o‘z ichiga oladi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling