Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar


Download 1.64 Mb.
bet224/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar

  1. Xalqaro moliya deganda nimani tushunasiz?

  2. Xalqaro moliyaning asosiy funksiyalarini izohlang.

  3. Xalqaro moliya munosabatlari shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar nimalardan iborat?

  4. Xalqaro moliyaning elementlarini izohlang.

  5. Jahon moliyaviy muhiti nima?

  6. Xalqaro moliya tizimining asosiy funksiyalari nimalardan iborat?

  7. Xalqaro moliya munosabatlarining subyektlarini sanab o‘ting.

  8. Xalqaro moliya munosabatlari mexanizmiga nimalar kiradi?

  9. Xalqaro moliya munosabatlari tuzilmaviy jihatdan nimalarni o‘rganadi?

  10. Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga xos bo‘lgan tendensiyalarni izohlang.

Moliyaga oid atama va iboralarning izohli lug‘ati
A
Aktuar hisob-kitoblar (sug‘urtada)tarif stavkalarini hisob-kitob qilishning iqtisodiy-matematik metodlari majmui. Sug‘urta fondini vujudga keltirishda (yara-tishda) har bir sug‘urtalanuvchining (sug‘urta qiluvchining) ishtirok etish salmog‘ini aniqlab beradi, ya’ni tuzilgan sug‘urta shartnomasiga muvofiq tarif stavkalarining o‘lchamini aniqlaydi.
Aksionerlik jamiyati – xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri. Uning kapitali aksiyalarni joylashtirish orqali shakllanadi. Aksionerlik jamiyatlari pul jamg‘armalarining ishlab chiqarish investitsiyalariga aylanishiga imkon beradi. Aksiyalarni chiqarish kapitalni mobilizatsiya (jalb) qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bu korxonalar faoliyat ko‘rsatishining asosiy tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi.
Aksiya – aksionerlik jamiyatining kapitaliga ulushning kiritilganligi xususida ma’lumot va uning egasiga dividend ko‘rinishidagi daromadni olish huquqini beruvchi qimmatli qog‘oz.
Aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar kursi – aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning fond birjasidagi bahosi. Kurs dividend, foiz miqdoriga to‘g‘ri va ssuda foizining darajasiga teskari proportsional bog‘liqlikda bo‘ladi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling