Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat byudjeti tuzilmasi
- Davlat byudjeti daromadlari
D
Davlat byudjeti – davlat pul mablag‘larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlash-tirilgan fondi, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Qonun kuchiga ega bo‘lgan davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Davlat hokimiyatining qonunchilik organi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat pul mablag‘lari markazlashtirilgan fondini shakllantirish va foydalanish jarayonidagi iqtisodiy (pul) munosabatlar(i)ni ifodalaydi. Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy quroli. Asosiy funksiyalari 1) mamlakatning yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadini taqsimlash; 2) iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag‘batlantirish; 3) davlatning sotsial siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlash; 4) pul mablag‘larining shakllantirilishi va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish. Davlat byudjeti tuzilmasi – respublika byudjetini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni o‘z ichiga oladi. Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari jamlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining Respublika byudjetini hamda tumanlar va respublikaga (Qoraqalpog‘istonga) bo‘ysunuvchi shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga olsa, viloyat byudjeti esa viloyat byudjetini, tumanlar va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida, tumanlarga bo‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iboratdir. Tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetini va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Davlat byudjeti daromadlari – davlat byudjetiga jalb qilinadigan soliqli va nosoliqli mablag‘lar; amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda davlat hokimiyat organlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘lari. O‘z tarkibiga quyidagilarni oladi: 1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig‘imlar, bojlar, shuningdek majburiy to‘lovlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa tushumlar; 2) davlatning moliyaviy aktivlari va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotishga berilishidan olingan daromadlar; 3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek xorijiy davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) rezident-yuridik shaxslarga va xorijiy davlatlarga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‘lovlar; 6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling