Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet223/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

B

Balans foyda – mahsulot tannarxiga kiritiladigan barcha xarajatlar va chiqimlar hamda majburiy to‘lovlar chegirilganidan so‘nggi korxona yalpi daromadining qismi. Balans foyda soliqqa tortilgunga qadar bo‘lgan yalpi foydadir.
Byudjetnoma - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan
746
– tabiiy resurslarni o‘zlashtirish.
O‘zbekiston Islom Taraqqiyot bankiga 2003-yil 3-sentyabrda a’zo bo‘lib kirgan. Ushbu bank tomonidan mamlakatimizda qator loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi, jumladan, mintaqaviy tez tibbiy yordam markazlarini zarur jihozlar bilan ta’minlash, elektr energiyasi uzatish tarmoqlarini qurish, kichik va xususiy biznes uchun moliyalashtirish liniyalari, kollejlar va umumta’lim maktablarini qurish va jihozlash, davlat moliyasini boshqarish islohotlarini o‘tkazishga ko‘maklashish va boshqalar.
Hozirgi kunda Islom taraqqiyot banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasida kichik biznesni rivojlantirish, energetika, sog‘liqni saqlash, ta’lim kabi sohalarga yo‘naltirilgan 11 loyihani amalga oshirish uchun 140,22 mln.dollar ajratilgan.
Shunindek, Islom taraqqiyot banki va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida 14 loyihani o‘z ichiga olgan hamkorlik dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur dastur doirasida ta’lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilmani rivojlantirish (suv ta’minoti, uy-joy kommunal xo‘jaligi va boshq.), energetika, kichik biznesni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarni moliyalashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lib uning umumiy qiymati 418,15 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.
Hozirda Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston hamkorlik qilayotgan xalqaro moliya institutlari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallab, mamlakat iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasining Islom taraqqiyot bankiga qisqa vaqt oralig‘idagi a’zoligi mobaynida, Bank bilan moliyaviy va texnik hamkorlik barqaror rivojlanib, ijobiy istiqbollarga ega bo‘ldi.
O‘zbekistonga bank tomonidan sog‘liqni saqlash, ta’lim, irrigatsiya va melioratsiya, energetika, suv ta’minoti, kommunal xo‘jalik, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, kichik biznesni qo‘llab quvvatlash kabi sohalarda 15 ta loyihani amalga oshirish uchun 463,8 million AQSh dollari ajratilgan.
Yuqoridagilarga asoslangan holda, shuni xulosa qilishimiz mumkinki, Xalqaro Valyuta Fondi, Jahon banki, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda Islom taraqqiyot banki mamlakatimizda qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda o‘zining mablag‘larini ajratish bilan faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, mamlakatimizdagi bir qator investitsion loyihalarni amalga oshirishda ham mazkur tashkilotlarning o‘rni muhimdir.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro moliya munosabatlarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston o‘zining tinchliksevar, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi hamda uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling