Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish
Davlat byudjeti xarajatlari – davlat pul mablag‘lari fondini taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar; davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari funksiyalari va vazifalarini moliyaviy jihatdan ta’minlashga yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari. Tarkibi quyidagilardan iborat: 1) byudjet mablag‘lari oluvchilarning joriy xarajatlari; 2) joriy byudjet transfertlari; 3) kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarish, xorijiy mamlakatlarda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari uchun erga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat zaxiralarini vujudga keltirish va boshqalar); 4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfertlari; 5) rezident yuridik shaxslarga va xorijiy davlatlarga beriladigan byudjet ssudalari; 6) davlat maqsadli fondlariga beriladigan byudjet ssudalari va dotatsiyalari; 7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlar; 8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish – davlat tomonidan xorijdan va ichki mablag‘ni jalb qilish, respublika byudjeti mablag‘larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari va qonunga muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Davlat byudjeti mablag‘larini byudjetlar o‘rtasida qayta taqsimlash – 1) quyi byudjetlarga yuqori byudjetlardan byudjet subventsiyalari va dotatsiyalari berish; 2) byudjet ijrosi jarayonida paydo bo‘lgan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘larni yuqori byudjetdan quyi byudjetga, shuningdek, quyi byudjetdan yuqori byudjetga yo‘naltirish; 3) byudjet ssudalarini ajratish bilan qayta taqsimlanadi. Respublika byudjetidan byudjet subventsiyalari va dotatsiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetlariga tasdiqlangan Davlat byudjeti doirasida ajratiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetlaridan byudjet subventsiyalari va dotatsiyalari tumanlar hamda shaharlar byudjetlariga tegishli tasdiqlangan byudjetlar doirasida ajratilishi mumkin. ko‘rinishlari bozori. Birlamchi moliyaviy bozorda yangi qimmatli qog‘ozlar chiqariladi, ikkilamchi moliyaviy bozorda esa, oldin chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning qayta sotilishi sodir etiladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling