Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet232/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

Davlat ichki qarzlari – davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi. Oldin chiqarilgan va hozirgi vaqtgacha foizlari bilan qaytarilmagan (uzilmagan) davlat qarzlarining (zayomlarining) butun summasi.
Davlat maqsadli fondlari – Davlat byudjeti tarkibida jamlantiriladigan fondlar bo‘lib, ularning har biri uchun mablag‘lar manbalari, har bir manbadan mablag‘ tushish normalari va shartlari, shuningdek shu mablag‘lardan foydalanilishi mumkin bo‘lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Aniq maqsadlarga mo‘ljallangan pul fondlari. Aholiga taqdim etiladigan sotsial xizmatlarning ko‘lamini kengaytirish, infrastrukturaning qoloq tarmoqlari rivojlanishini rag‘batlantirish, iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarini qo‘shimcha resurslar bilan ta’minlash bu fondlarning maqsadidir. Bu fondlar Pensiya fondi, Respublika yo‘l fondi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining maxsus fondi (hisob varag‘i), Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat fondidan iboratdir. Ularning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik uzilishni (etishmovchilikni) qoplash uchun davlat maqsadli fondlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan respublika byudjetidan byudjet dotatsiyalari va ssudalari ajratilishi mumkin. Davlat maqsadli fondlariga tushgan daromadlar xarajatlardan oshgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ortiqcha summa yilning har bir choragi yakunlari bo‘yicha respublika byudjetiga to‘liq yoki qisman olib qo‘yilishi mumkin.
Davlat moliyaviy nazorati – davlat byudjeti va nobyudjet fondlar, soliqlar, davlat korxona va tashkilotlarining moliyaviy faoliyati, pul hisobkitoblarini tashkil etish, hisob va hisobotni yuritish sohalarida qonunchilikka rioya etilishini mamlakat hokimiyat va boshqaruv organlari, shuningdek, maxsus tuzilgan nazorat organlari (Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladigan nazorat. Davlat tashqi qarzi – davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling