Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
7-BOB. MOLIYAVIY NAZARIYALAR
7.1. Xorijiy iqtisodchilarning moliyaga oid nazariyalari Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarining shakllantirilishi, taqsimlanishi va foydalanilishiga oid iqtisodiy munosabatlarni o‘rgangan moliya fani iqtisodchi olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar ta’sirida shakllandi. Olimlar yaratgan moliyaviy nazariyalar amaliyot tomonidan tekshirildi hamda agar ular hodisalarning haqiqiy mohiyatini o‘zida aks ettirgan bo‘lsa, fan sifatida e’tirof etildi. Shu munosabat bilan moliya sohasida ilmiy bilimlarni shakllantirishga yordam beradigan moliyaning turli nazariyalarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodchi olimlar tomonidan moliyaga oid ishlab chiqilgan nazariy qarashlar moliyaviy qonunchilik va davlat fiskal siyosatining asosini tashkil qildi. Xorijiy iqtisodchilar moliyaga oid nazariyalarining birinchi guruhini siyosiy iqtisod mumtoz olimlarining konsepsiyalari tashkil etadi. Kapitalistik taraqqiyotning dastlabki bosqichidayoq barcha iqtisodiy nazariyalarda moliyaviy konsepsiyalar alohida o‘ringa ega bo‘lgan. Davlat xarajatlari, soliqlar, kredit va byudjetning iqtisodiyotga ta’siri masalalari siyosiy iqtisod klassiklari (Buyuk Britaniyada – U.Petti, A.Smit va D.Rikardo, Fransiyada – P.Baugilber) tomonidan tadqiq qilingan. Moliya fanining asoschilaridan biri A.Smit (1723-1790 yillar) o‘zining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot” deb nomlangan fundamental asarida davlat moliyasining mohiyati to‘g‘risida ayrim g‘oyalarni ishlab chiqdiki, ular mehnatning unumli va unumsizligi to‘g‘risidagi ta’limotga (bu ta’limot A.Smitniki) asoslangan edi. Uning aniqlashicha, bevosita kapitalga almashtiriladigan mehnat unumli, unumsiz mehnat esa daromadga, ya’ni ish haqi va foydaga almashtiriladigan mehnatdir. Ana shu nazariy qarashlardan kelib chiqqan holda A.Smit (va undan so‘ng D.Rikardo) moliyaviy kategoriyalarga (davlatning daromadlari va xarajatlariga) tavsifnoma bergan. U soliqlar hisobidan olingan davlat daromadlari barchasining yoki deyarli barchasining unumsiz sarflanishini isbotlagan. Shuning uchun ham davlat xarajatlari kapitalning jamg‘arilishi va milliy daromadning o‘sishi imkoniyatlarini qisqartiradi. Ana shundan uning soliqlarga nisbatan salbiy munosabati kelib chiqqan. A.Smit yaratilgan qiymatni unumsiz sarflaydigan va shu munosabat bilan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga to‘siq bo‘luvchi davlatning xarajatlarini qisqartirish kerak, degan xulosaga keladi. A.Smit davlat xarajatlari siyosatini tanqid qilgan bo‘lsa-da, ular ma’lum bir qismi bo‘lishining zarurligini e’tirof etgan. Chunki ana shu qism ishlab chiqarishning umumiy shart-sharoitlarini himoya qilishga qaratilgan bo‘ladi. Uning ta’limotida soliqlar nazariyasiga katta o‘rin berilgan. U soliqqa tortishni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilishning quyidagi to‘rt asosiy tamoyillarini ishlab chiqqan: soliqlar ularni to‘lovchilarning salohiyatiga va kuchiga muvofiq to‘lanishi kerak; soliqlarning miqdori va ularni to‘lash muddatlari aniq belgilangan bo‘lmog‘i lozim; soliqlarni undirilish vaqti soliq to‘lovchi uchun qulay bo‘lmog‘i zarur; soliqlarni undirishda ularni undirish xarajatlarining minimalligini ta’minlamoq kerak. Tarixiy jihatdan bu tamoyillar tug‘ilib kelayotgan burjuaziyaning ehtiyojlarini aks ettirgan va feodal jamiyatning asosiy ijtimoiy guruhlari bo‘lgan zodagonlar hamda ruhoniylarga, feodal davlatning soliqlar bo‘yicha boshboshdoqligiga qarshi qaratilgan edi. A.Smit tomonidan ishlab chiqilgan yuqoridagi prinsiplar burjua davlatlari tomonidan soliq islohotlarini o‘tkazishda qisman foydalanilgan. Soliqlarning turli ko‘rinishlarini (egri soliqlar, ish haqi hisobidan undiriladigan soliqlar va boshqalar) tahlil qila turib, A.Smit jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti nuqtayi nazaridan ularga baho bergan. Iste’mol tovarlariga nisbatan o‘rnatilgan egri (bilvosita) soliqlar ular bahosining oshishiga olib kelgan. Buning natijasida ishlab chiqarish xarajatlari o‘sgan va oxir-oqibatda esa, ularni sotish kamaygan va iste’mol qilish qisqargan. Ish haqidan olinadigan soliqni baholab, u bu soliqni iqtisodiyot uchun xonavayronlik keltiruvchi deb hisoblagan. Chunki ishchi daromadining soliqqa tortilishi tadbirkor avanslashtirilgan 185 XYuSlarning moliyaviy resurslari ular tomonidan olinadigan pul daromadlari va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy doiraviy aylanishi samaradorligining o‘sishiga xizmat qiladigan, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish jarayonini amalga oshirishga yordam beradigan va ularning ixtiyorida bo‘lgan qarziy mablag‘lar asosida tashkil topadi. Hozirgi vaqtda kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishda XYuS o‘z mablag‘larining (sof foyda va amortizatsiya) salmog‘i muhim ahamiyatga ega. Bunda amortizatsiya ajratmalarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish alohida rol o‘ynaydi. YaIM va MDni qayta (ikkilamchi) taqsimlash davlat va XYuSlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi. Ana shu darajada XYuSlar va aholining birlamchi daromadlari bir qismini to‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlar undirish yo‘li bilan va shuningdek, davlat kreditlashtirishi hisobidan mamlakatning davlat moliyasi tashkil topadi (shakllanadi). XYuSlar pul resurslarini, uy xo‘jaliklari daromadlarini ikkilamchi qayta taqsimlash kredit-bank sohasi va sug‘urta tizimi orqali ham amalga oshiriladi. Bular depozitli, vekselli, pulli va banklarning boshqa jamg‘arma operatsiyalari, ular tomonidan yuridik shaxslar va aholiga uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar va ssudalar berish, turli risklarni sug‘urta qilish shakllarida sodir bo‘ladi. Ko‘p darajali byudjet tizimi va byudjetdan tashqari maxsus fondlar faoliyatidagi qayta taqsimlash jarayonlarini takomillashtirish moliyaviy salohiyatni yanada kuchaytirish va davlat moliyaviy resurslari o‘sishining quyidagi yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘langan: byudjet-soliq sohasidagi daromadlarni qayta taqsimlashning samaradorligini oshirish. Bu narsa davlat tomonidan ta’sirchan fiskal siyosatni hayotga tatbiq etish bilan bog‘liqki, bu siyosat o‘z navbatida, ishlab chiqarishning o‘sishi va XYuSlarning investitsiyalarga yo‘naltiriladigan moliyaviy resurslarining o‘sishini rag‘batlantirishni ko‘zda tutmog‘i kerak; bank-kredit sektori orqali pul resurslarining qayta taqsimlanishini optimallashtirish. Buning eng asosiy iqtisodiy instrumentlari va mexanizmlari bo‘lib quyidagilar hisoblanishi mumkin: kredit siyosati; uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar hajmlarining nisbati; Markaziy bankning hisob stavkasi; ssuda va depozit foizlarining stavkasi; qimmatli qog‘ozlar bozori. 208 bo‘ladigan shart-sharoitlarni yaratishi kerak. Davlat va uning moliyaviy tizimga ilmiy-texnika taraqqiyotini rag‘batlantirish vazifasi yuklatildi. Moliyaga iqtisodiy o‘sishni uzoq muddatli rag‘batlantirishni ta’minlash vazifasi yuklatildi. Umumiy tarzda, bu jarayonlarda davlatning roli minimallashtirildi. Bu nazariya mualliflarining ayrimlari davlatga “kechki qorovul va politsiyachi” funksiyalarini berish bilan cheklanishni taklif etdi. Boshqa nazariyalar bilan bir qatorda “taklif iqtisodiyoti” nazariyasida soliqlarga alohida o‘rin ajratilgan. Uning vakillari - soliqlarni qisqartirish tarafdori. Biroq, soliqlarga antitsiklik konyunkturaviy tartibga solishning vositasi sifatida qaragan keynschilardan farqli o‘laroq, ular jamg‘armalar va investitsiyalarning yuqori darajasini qo‘llab-quvvatlash uchun soliq undirmalarining darajasini pasaytirishni taklif etishdi. Amerikalik iqtisodchi A.Lefferning soliq konsepsiyasi ham o‘ta mashhurlikka erishdi. U o‘zi ishlab chiqqan grafik model yordamida soliqlarning yuqori stavkalari iqtisodiy o‘sishning sur’atlarini pasaytiradi, degan xulosaga keldi. Bu olimning tavsiyalari 1980-1990-yillarda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida amalga oshirilgan soliq islohotlarining asosini tashkil qildi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling