Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
- Moliyaviy leverij samarasini olish va uni taqsimlashning umumiy ko‘rinishi
T – tushum;
A – barcha aktivlarning o‘rtacha qiymati. Bu ko‘rsatkich bir so‘mlik foydalanilayotgan aktivlarga to‘g‘ri keluvchi tushumni ifodalaydi. Uning o‘sishi XYuS boshqa barcha moliyaviy ko‘rsatkichlarining ko‘payishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Aktivlarga joylashtirilgan kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi ham muhim ahamiyatga ega. Uzluksiz ravishda doiraviy aylanadigan va daromadlarning olinishiga xizmat qiladigan aylanma aktivlarga moddiylashtirilgan kapital XYuS faoliyatida faol rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham aylanma aktivlarga qo‘yilgan (joylashtirilgan) tez aylanayotgan kapitalning barcha foydalanilayotgan kapitalga nisbati kapital noishlab chiqarish qobiliyatining oshganligini aks ettiradi. Buni formula yordamida quyidagicha ko‘rsatish mumkin: Kотт = (A аа : Kф ) Bu yerda: Kотт– kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi; Aаа – aylanma aktivlar; Kф – barcha foydalanilayotgan kapitallar. XYuSning moliyaviy isloh qilish dasturini tuzish jarayonida har bir tadbirdan ma’lum bir samara olinishi ko‘zda tutilmog‘i lozim. Quyida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan eng muhim tadbirlar va XYuS (XYuS, korporatsiya va boshqalar) tomonidan buning natijasida erishilishi kutilayotgan natijalar ishlab chiqilgan: Tadbirlar Kutilayotgan natijalarXYuSning bozordagi holatini, XYuS rivojlanishining asosiy ichki va tashqi uning moliya-xo‘jalik faoliyatini muammolari va ularni hal etishning oqilona yo‘llarini va boshqaruv samaradorligini qidirib topish, moliyaviy holat (ahvol)ni mustahtahlil qilish kamlash uchun rezervlardan foydalanishni ta’minlaydi XYuS taraqqiyotining moliyaviy Kelajakda ishlab chiqarish-iqtisodiy faoliyatning eng strategiyasini ishlab chiqish yuqori samaradorligiga erishish imkonini beradigan taraqqiyotning o‘rta va uzoq muddatli mo‘ljallarini asoslashga xizmat qiladi Kadrlarni tayyorlash va qayta XYuS xodimlari malakasining hozirgi zamon va tayyorlash istiqbol talablariga muvofiq (mos) kelishi. Bu narsa XYuS moliyaviy holati va uzoq muddatli taraqqiyoti barqarorligining asosiy (eng muhim) omili hisoblanadi XYuS aktivlarini bozoriy XYuS ustav kapitalini oshirish imkoniyatlarini amalga baholash oshirish. Bu narsa kreditorlarning mumkin bo‘lishi mumkin bo‘lgan talablarini qondirishning minimal kafolatlari darajasini oshirishni va shu hisobidan kontragentlar bilan yuqori darajada barqarorlikni, firma qiymatining oshishini ta’minlaydi 217 Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar XYuSlar moliyaviy resurslarining mazmuni va shakllarini tushuntirib bering. XYuS vositalarining “pul shakli” va “pul qiymati” tushunchalari o‘rtasida qanday farqlar mavjud? XYuSning kapitali deganda nima tushuniladi? Kapital mavjudligi va harakatining boshqa pulsiz shakllari nimalardan iborat? Takror ishlab chiqarish jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va uning egasiga daromad keltiruvchi har qanday mulkiy va intellektual boylik kapital bo‘lishi mumkinmi? Tijorat XYuSlarning moliyaviy resurslari dastlab nimalar hisobidan shakllantiriladi? Tushum xarajatlarni moliyalashtirish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini davom etttirishni ta’minlovchi qanday pul mablag‘lari fondlariga bo‘linadi? Amortizatsiya ajratmalari fondi XYuSlar moliyaviy resurslarining tarkibiy tuzilmasida qanday rol o‘ynaydi? XYuS moliyaviy resurslari tarkibiy tuzilmasida foydaning o‘rni qanday? Tijorat XYuSlarning moliyaviy resurslari qanday manbalardan tashkil topadi? XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini formula orqali qanday tasavvur etish mumkin? Pul (P*) go‘yo to‘g‘ridan-to‘g‘ri puldan (P) hosil qilinganda moliyaviy samaradorlikni aniqlash formulasi qanday ko‘rinishni oladi? Bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida XYuS tomonidan olingan daromad tarkibiga nimalar kiradi? Real sektor XYuSlarida, moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligini mos ravishda baholash talablariga qanday ko‘rsatkich javob beradi? XYuSning iqtisodiy rentabelligi yoki biznesning rentabelligi qanday aniqlanadi? XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilishda qanday ko‘rsatkichlardan foydalaniladi? Sof moliyaviy ko‘rsatkichlar qatoriga qanday koeffitsiyentlarni kiritish va ular yordamida XYuSning qobiliyatini qanday baholash mumkin? Absolyut likvidlik, muddatli likvidlik va joriy likvidlik koeffitsiyentlari qanday aniqlanadi? 240 kreditorlik qarzlari ko‘rinishlarida jalb qilingan qarz kapitaldan foydalanish ular jalb qilingunga qadar erishilgan rentabellik darajasidan ko‘ra yuqoriroq bo‘lgan rentabellik darajasiga erishishni ta’minlasagina samarali bo‘lishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, XYuSdan qarz mablag‘larni yanada samaraliroq foydalanish imkonini beruvchi biznes-loyihalarni ishlab chiqishni talab qiladi. Faqat shu holdagina moliyaviy leverij yoki moliyaviy dastak samarasi vujudga kelishi mumkin. Rentabellikning yangi darajasi XYuS kreditdan foydalanganligi uchun bank kreditining foizini va qaytarilish muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarzlari uchun to‘lov (penya)larni to‘lashni yyetarli darajada (hatto ancha oshgan holda) qoplashi kerak. Qarz mablag‘lardan foydalanish XYuSning maksimal qo‘shimcha foyda olishini ta’minlamog‘i lozim. Moliyaviy leverij samarasini olish va uni taqsimlashning umumiy ko‘rinishi quyidagi chizmada keltirilgan: 9.3.2-chizma. Moliyaviy leverij samarasini olish va uni taqsimlashning umumiy ko‘rinishi Biznesni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida kapitalni to‘ldirishning barcha manbalaridan (kreditlar va kreditorlik qarzlaridan) maksimal foydalanishga moliyaviy faoliyatni yo‘naltiribgina qolmasdan, moliyaviy menejment makrodarajada ham moliyaning asosiy, ya’ni kompaniyaning barcha xo‘jalik-ishlab chiqarish faoliyatini pul mablag‘lari bilan ta’minlash funksiyasini aniq bajarishi ham kerak. Agar ana shu prinsip amalga oshirilsa va moliyaviy xizmat hisob-kitob hisobvarag‘iga pullarning doimiy ravishda tushib turishini ta’minlasa, to‘lash muddati kelgan talabnomalar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirsa, to‘lovlarning uzoq muddatli uzaytirilishiga yo‘l qo‘ymasa, bu XYuSning mustahkam moliyaviy ahvoli (holati) va sog‘lom to‘lovga qobilligining asosiy belgisidir. XYuSning to‘lov qobiliyati darajasini oshirish uchun debitorlik qarzlarini qisqartirish, moliyaviy resurslarning aylanishini tezlashtirish, ta’sirchan marketing strategiyasi va baho siyosatidan foydalanish, mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini qisqartirish, ishlab chiqarishni boshqarishda yuqori samarali va innovatsion texnologiyalar hamda boshqaruvning zamonaviy samarali tizimlarini joriy etish bo‘yicha choralarning kompleks tizimi ishlab chiqilishi kerak. To‘lovga qobillik koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi: Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling