Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
Kтq = (∑ P м : M)≥ 1
Bu yerda: Kтq - to‘lovga qobillik koeffitsiyenti; ∑ P м - XYuSning barcha pul mablag‘lari; M - uzish muddati kelgan to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar. Koeffitsientning darajasi birga teng yoki undan katta bo‘lmog‘i lozim. Ana shu shart bajarilsa, XYuS to‘lovga qobil hisoblanadi. Agar muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarining umumiy miqdori va to‘lovlarning kechikishi belgilangan me’yordan oshsa, kreditorlarning arizasiga muvofiq tegishli sud bu yerdan kelib chiquvchi barcha oqibatlarni inobatga olgan holda XYuSni bankrot deb e’lon qilish jarayonini boshlashi mumkin. Shu munosabat bilan quyidagilarga alohida e’tibor qaratmoq lozim: bozorga faol kirish bilan bog‘liq holda XYuS moliyaviy barqarorligining o‘sishiga; XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilishda uning moliyaviy barqarorligi, to‘lovga layoqatligi va likvidligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlardan ham foydalanish kerak. Bu yerda ham o‘zining mazmuniga ko‘ra sof moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Sof moliyaviy ko‘rsatkichlar qatoriga absolyut va muddatli likvidlik koeffitsiyentlarini kiritish mumkinki, ular yordamida XYuSning potensial to‘lov qobiliyati baholanadi: K авс = (P + QQ) : M км K муд = (P + QQ + DQ) : M км Bu yerda: K авс - absolyut likvidlik koeffitsiyenti; K муд - muddatli likvidlik koeffitsiyenti; P - hisob varaqlardagi va XYuS kassasidagi pullar; QQ - likvidli qimmatli qog‘ozlar; DQ - mobilizatsiya qilingan debitorlik qarzlari; M км - XYuSning qisqa muddatli majburiyatlari. XYuSning pul mablag‘lari va moddiy resurslarining pulli (qiymatiy) bahosi aralashadigan ko‘rsatkich joriy likvidlik koeffitsiyentidir (qoplash koeffitsiyenti). U quyidagicha hisoblanadi: Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling