Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Xo‘jalik yurituvchi subyektni moliyaviy isloh qilish


Download 1.64 Mb.
bet52/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

9.2. Xo‘jalik yurituvchi subyektni moliyaviy isloh qilish
samaradorligini baholash
XYuS, firma va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilish samaradorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichi sifatida moliyaviy samaradorlik, ya’ni sof foyda bo‘yicha rentabellik ko‘rsatkichini olish mumkin. Uni hisoblash formulasi quyidagicha:
R = (Cf : O‘k) x 100
Bu yerda: R — sof foyda bo‘yicha o‘z kapitalining rentabelligi; Sfsof foyda yoki netto-foyda; O‘k — o‘z kapitali.
Bu ko‘rsatkichning o‘sishi foydani soliqqa tortishni qo‘shib hisoblagan holda ichki va tashqi xarakterdagi ko‘plab omillarga bog‘liq. Rentabellikni tarkib toptiruvchi omillarni tahlil qilish uchun amaliyotda birinchi marta “Dyupon de Nemur” kompaniyasida qo‘llanilgan Dyupon formulasidan foydalaniladi. Bu formulaning ko‘rinishi quyidagicha:
R = (Sf : O‘k) x (Sf : T) x (T : A) x (A : O‘k),
Bu yerda: R - sof foyda bo‘yicha o‘z kapitalining rentabelligi;
Sf – sof foyda yoki netto-foyda;
O‘k – o‘z kapitali; T – tushum; A – aktivlar.
Bir vaqtning o‘zida bu formuladagi (Sf : O‘k) nisbati sof foydaga ko‘ra o‘z kapitalining rentabellik koeffitsiyentini ko‘rsatsa, (Sf : T) nisbati esa sotuv rentabelligini ifodalab, bir tomondan bu nisbat tahlil qilinayotgan davrda sof foyda va sotuv hajmi (tushum) o‘rtasidagi nisbatni aks ettirsa, ikkinchi tomondan esa, yaxlit holda sotilgan mahsulotning daromadliligini xarakterlaydi va u alohida olingan tovar turlari daromadligiga va ularning realizatsiya hajmidagi nisbatiga bog‘liqdir. Shuningdek, (T : A) nisbati xo‘jalik faolligi koeffitsiyentini ko‘rsatadi. Bu koeffitsiyent aktivlarning aylanuvchanligi (yoki aktivlarning yillik o‘rtacha qiymatiga to‘g‘ri keluvchi bir so‘mlik tushum hajmi)ni aks ettiradi, tahlil davridagi aktivlar aylanmasining sonini xarakterlaydi. Aktivlar qancha ko‘p aylansa, ularning rentabelligi shuncha yuqori bo‘ladi. (A : O‘k) nisbati esa bir so‘mlik o‘z kapitaliga to‘g‘ri keluvchi aktivlarning umumiy miqdorini ko‘rsatadi. Bir so‘mlik o‘z kapitaliga to‘g‘ri keluvchi aktivlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, rentabellik darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich XYuSning moliyaviy faolligini, uning aylanma (aktivlar)ga kapitalning qo‘shimcha manbalarini jalb qilish borasidagi mahoratini aks ettiradiki, bu narsa tushum hajmi va XYuS daromadliligini oshirishga imkon beradi.
Yuqoridagi formulada keltirilgan ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligini XYuSning moliyaviy siyosatini isloh qilishni asoslab berishda foydalanish mumkin. Chunki formuladagi ko‘rsatkichlar XYuS yakuniy natijalarining aktivlardan foydalanish darajasi, ularning aylanish tezligi, sotish hajmi va sotilayotgan mahsulotlarning daromadliligi, ya’ni moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining barcha asosiy parametrlari bilan o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. Bularning barchasi istiqbolga mo‘ljallangan biznes-rejani ishlab chiqish uchun asos bo‘lishi, shuningdek, investitsion-innovatsion biznes-loyihalarni asoslashda xizmat qilishi mumkin.
XYuS aktivlarining takror ishlab chiqarishdagi rolini baholash uchun xo‘jalik faolligi koeffitsiyentidan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu koeffitsiyent XYuSga tegishli bo‘lgan tushumning barcha aktivlarning o‘rtacha qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi.
Uni formula shaklida quyidagicha ifodalash mumkin:
Kxf = T : A
Bu yerda: Kxf – xo‘jalik faolligi koeffitsiyenti;

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling