Aholining turmush darajasi ko‘rsatkichlari


Download 102.05 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi102.05 Kb.
#1312372
Bog'liq
Rasulov Abdurahim Aholining turmush darajasi ko‘rsatkichlari

Aholining turmush darajasi ko‘rsatkichlari.

Tayyorladi: Rasulov Abdurahim

Reja:


Aholining turmush darajasi ko‘rsatkichlari
Aholi daromadlarining shakllanishi va uning tarkibi.
Aholi iste’moli. Iste’mol manbalari va uning tarkibi.
Axolining material boyliklar va xizmatlarni istemol qilish ko’rsatkichlari.
Aholining turmush darajasi ko‘rsatkichlari.
Turmush darajasi ijtimoiy kategoriyalarning muhimlaridan biri bo‘lib, bu aholining moddiy boyliklar va xizmatlarni iste’mol qilishdagi erishilgan darajasi va jamiyatning yashashi uchun yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Aholi turmush darajasi kategoriyasi iqtisodiy adabiyotlarda har хil talqin qilinadi va uni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi ham turli хil ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni uch guruhga ajratish mumkin: daromadlar, iste’mol va yashash sharoitlari. Shu ko‘rsatkichlarning barchasi butun aholi miqyosida va aholining jon boshiga nisbatan hisoblanadi. Aholining pul daromadlari hajmi, tarkibi, ulardan foydalanish yo‘nalishlari va aholining ayrim guruhlari orasida taqsimlanishi xaqidagi va boshqa ma’lumotlar asosida aholi turmush darajasini asosiy ijtimoiy iqtisodiy indikatorlari tuziladi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar o‘rtacha va median ko‘rsatkichlarda o‘zgarish darajasini to‘plash, diferentsiyalash va sotib olish qobiliyati kabilarda ifodalanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlarni hisoblash makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tuzishga qo‘yilgan talablarga asosan, ijtimoiy ko‘rsatkichlarning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi.

Turmush darajasini uch хil yo‘nalishda o‘rganish mumkin:


1
    • Barcha aholiga nisbatan.

2
    • Uning ijtimoiy guruhlariga nisbatan.

3
    • Har хil daromadga ega bo‘lgan uy хo‘jaliklariga nisbatan.

Rossiya davlati 1992 yilda ishlab chiqgan «Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi turmush darajasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqqan unda 7 ko‘satkich keltirilgan.

1 Jamlovchi ko‘rsatkichlar 2 Aholi daromadlari

3 Aholi harajatlari va iste’moli

4 Aholining pul jamg‘armalari

5 Yig‘ilgan mulk va turar joy

6 Aholining ijtimoiy tabaqalanishi

7 Aholining kam ta’minlangan qatlami.

Aholi turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimining oхirgi varianti BMT tomonidan 1978 yilda taqdim etilgan.

1 Tug‘ilish, vafot etish va boshqa aholini harakterlaydigan ko‘rsatkichlar 2 Turmushning sanitariya-gigiena sharoitlari

3 Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish

4 Turar joy sharoitlari

5 Ta’lim va san’at

6 Mehnat sharoiti va bandlilik

7 Aholining daromadlari va harajatlari

8 Yashash qiymati va iste’mol baholari

9 Transport vositalari

10 Dam olishni tashkil etish

11 Ijtimoiy ta’minot

12 Insonning erkinligi

Turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni shartli ravishda o‘lchov turlariga qarab quyidagi 2 guruhlarga ajratish mumkin:


Sintetik qiymat ko‘rsatkichlari 
    • YaIM iste’mol fondi aholining jami daromadlari

Fizik ko‘rsatkichlar
    • Konkret material boyliklarni iste’moli hajmini ifodalovchi ko‘rsatkichlar

Inson rivojlanish indeksi uchta omilning ta’sirini hisobga oladi


Umr uzunligi
    • Bo‘lajak umr uzunligi indeksi hisoblanayotganda maksimal daraja 85 yosh olinadi minimal daraja esa 25 yosh olinadi.
    • Umr ko‘rish uzunligi ko‘rsatkichi millatning sog‘lomlik darajasini ifodalaydi. U mamlakatning iqtisodiy o‘sish darajasiga, olib borilayotgan ijtimoiy siyosatga, meditsina xizmati darajasiga va ekologiya omillarga bog‘liq

Ta’lim olish darajasi;
    • Ta’lim olish indeksi hisoblanayotganda andozalar 100% va 0% deb olinadi, 
    • Aholining ta’lim olish darajasi jamiyatning intellektual va ijodiy salohiyatini ifodalaydi.

Jon boshiga ishlab chiqarilgan YaIM hajmi.
    • jon boshiga real YaIM hajmi indeksi – 100 va 5500 AQSh dollari olinadi. Jon boshiga real YaIM hajmi ko‘rsatkichi ishlab chiqarilgan, taqsimlangan va iste’mol qilingan darajani aks ettiradi

Axoli turmush tarzini ifodalovchi uch ko‘rsatkich asosida o‘rtacha arifmetik usulda aniqlanadi:

Jxi – turmush darajasi indikatorlari Jx1 – kutilayotgan umr uzunligi Jx2 – aholining ta’lim olish darajasi yig‘ma ko‘rsatkich: yoshi katta aholining savodхonlik darajasi va boshlang‘ich, o‘rta va oliy ma’lumot olayotgan yoshlar salmog‘i Jx3 – jon boshiga to‘g‘ri kelgan real YAIM hajmi, uni pulni sotib olish qobiliyatini e’tiborga olgan holda hisoblanadi AQSH dollarida.


Download 102.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling