Ажиниёз номидаги нукус давлат педагогика институти сиртқИ ЎҚув булими билим соҳаси: 100000 Гуманитар


Download 1.82 Mb.
Sana22.06.2020
Hajmi1.82 Mb.
#120898
Bog'liq
Sindarova D. Mustaqil ish zoologiya


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ

ВАЗИРЛИГИ

Ажиниёз номидаги НУКУС ДАВЛАТ ПЕДАГОГИКА ИНСТИТУТИ

СИРТҚИ ЎҚУВ БУЛИМИ

Билим соҳаси: 100000 - Гуманитар

Тәлим соҳаси: 110000 - Педагогика

Тәлим йўналиши: 5110400 Биология ўқитич методикаси

УМУРТҚАСИЗЛАР ЗООЛОГИЯСИ

фани бўйича талабага берилган сессия аро мустақил таълим топшириқлари

Жрналдаги



Фамилияси,исми, шарфи

шифри

Курс,

грух

Топшриқни олган санаси

имзоси

7

Sindarova Dilfuza O‘rolbek qizi

981

1-kurs

1-b







Фанўқитувчиси

Фан ўқитувчиси

Ишланмани кафедрага

топчирган санаси

имзоси

Қўилган баҳо







доц. Алламуратов Шадымурат













Нукус - 2020 йи

Shipr № 981 .

37,128,268,43,203

Reja:

Kirish


1.Infuzoriyalarni qanday turkumlari mavjud

2.Ov ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘noyoqlilarga qanday qisqichbaqalar kiradi

3.O‘rgamchak tanalilar sinfiga umumiy tavsif

4.Bultlar qanday tuzilishga ega

5.Dengiz yuldizlari sinfi vakillarining tuzilishi

Xulosa.


Foydalanilan adabiyotlar ro‘yxati.
Kirish

Infuzoriyalar (Infuzoria, Ciliophora) — yuksak rivojlangan bir hujayrali hayvonlar tipi. Tanasining uzunligi 12 mkm dan 3 mm gacha. Tashqi koʻrinishi har xil; erkin va oʻtroq, yakka va koloniya boʻlib yashovchi turlari bor.

O‘n oyoqlilar turkumi – Decapoda. Bu turkumga keng tarqalgan va tanish bo‘lgan daryo qisqichbaqalari, krevetkalar, krablar, omarlar kiradi. 10000 dan ortiq turi bor va barcha qisqichba qasimonlarning to’rtdan bir qismini tashkil etadi.

O‘rgimchaksimonlarning tanasi bosh, ko‘krak va qorin qismidan iborat bo‘ladi. Ammo, ba’zan tana bo‘g‘imlari va bo‘limlari turli darajada rivojlangan bo‘ladi. Chunonchi, ayrim vakillarida (chayonlar, solpugalar) tana ko‘p sonli bo‘g‘imlardan tuzilgan.

Bulutsimonlarga mansub bo‘lgan ko‘p hujayralilarni zoologlar uzoq vaqtlargacha hayvonlar olamiga qo‘shmagan va faqatgina 1825 yilda ularni haqiqiy hayvon ekanligi tan olindi.

Dengiz yulduzlari sinfi – Asteroidea. Dengiz yulduzlari dengizning har xil chuqurligida, ya'ni ayrimlari ming va undan ham chuqur joylarda yashasa, ba'zilari qirg‘oqqa yaqin joyda, hatto ba'zan dengiz suvining chekinishi tufayli ma'lum vaqtda (bir necha soatgacha) suvsiz hayot kechirishga ham moslashgan.

1.Infuzoriyalarni qanday turkumlari mavjud.



Infuzoriyalar - eng murakkab tuzilgan bir hujayrali hayvonlar. Ularning harakatlanish organoidlari tana sirtida joylashgan juda ko‘p kipriklardan iborat. Ayrim infuzoriyalarda kipriklar hayotning ma’lum bir davrida hosil bo‘ladi. Hamma infuzoriyalarda differensiyalashgan, tuzilishi va funksiyasi bilan bir-biridan aniq farq qiladigan bitta katta yadro - makro- •2 nukleus va bitta yoki bir necha - mikronukleus, ya’ni kichik yadro bo‘ladi. Katta yadro vegetativ yadro, kichik yadro generativ yadro deyiladi. Infuzoriyalaning jinsiy ko'payishi boshqa barcha hayvonlardan farq qiladi. Konyugatsiya deb ataladigan bunday ko‘payish ikkita infuzoriyaning bir-biriga yaqinlashuvi, ular o‘rtasida muvaqqat bog‘lanishning hosil bo ‘lishi va yadrolar almashinuvi tariqasida boradi. Ko ‘pchilik infuzoriyalar dengizlarda va chuchuk suv havzalarida, ayrim turlari tuproqda hayot kechiradi. Ular orasida parazitlik qilib yashovchi turlari ham bor (1-rasm). Infuzoriyalar tipiga 8000 dan ortiq tur kiradi. Ular kiprikli infuzoriyalar va so‘ruvchi infuzoriyalar sinflariga ajratiladi.

1-rasm. Infuzoriyalar

Infuzoriyalar tipi klassifikasiya jihatdan 8 ta sinfga ajraladi:

1-sinf. Karyorelictae. Kariorelikta sinfi vakillariga chuchuk suvda hayot kechiradigan Loxodesva dengizlarda yashovchi Geleia, Remanella va Tracheloraphis avlodlari kiradi. Tanasi kuchli qisqarish xususiyatiga ega. Makronukleusi ham, mikronukleusi ham diploid. Kipriklari somatik dikenitidlar shaklida.

2-sinf.Spirotrichea-Spiral kipriklilar.Ushbu infuzoriyalarning kipriklari og‘iz atrofida spiral chiziq bo‘lab joylashgan bo‘ladi. Boshqa kenja sinf infuzoriyalariga nisbatan bular ancha yirik bir hujayralilarni o‘z ichiga oladi. Masalan, karnaysimon Stentor polymorphus, stilonixiya (Stylonichia mytilus),spiristomum (Spirostomum ambiguum) va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.

3-sinf.Litostomatea.Litostomalar somatic siliatur amonokinetidlardan, og‘iz siliatur asidikinetidlar bo‘lib, savatchasimon sitofarinks hosil qiladi. Haptoria kenja sinfi vakillari yirtqich bo‘lib, toksosistlarg aega vasitostomtananing yon yoki orqa tomonida joylashadi. Didinium, Dileptus, Mesodinium avlodlari va Trichostomatia kenja sinfi vakillari hayvonlar ichagida simbioz yashaydi va sellyulozani parchalaydi.

4-sinf: Prostomatea. Bularda ham somatic siliatur amonokinetidlardan, ammo og‘iz siliaturasidikinetid va polikinetidlardaniborat.Og‘iz toksisistlarga ega. Dengizda va chuchuk suvlarda yashaydi.

5-sinf:Phyllopharyngea. Bargsimon mikronaychalar tasmasi va ularni o‘rab turgan tutammikronaychalar savatchasimon sitofarinkshosilqiladi. Somatik siliatura monokinetidlardan iborat. Phyllopharyngia kenja sinfi vakillari yassi va tananing qorin tomonida kiprikchalarga ega, oqova suvlarda uchraydi. Chonotrichia kenja sinfi vakillari o‘troq, kipriklari yo‘q, fil'tiratorlar hisoblanadi, og‘iz tomoni sipiralsimon. Suctoria kenja sinfi vakillari ham o‘troq, kipriksiz yirtqichlardir, o‘ljani tutuvchi paypaslagichlarga ega.

6-sinf: Nassophorea-Savatcha og‘izlilar. Mikronaychalari ko‘ndalang tasma hosil qilgan, kinetodesmalari yaxshi rivojlangan, mikronaycha tutamlari savatchasimon (nasse) murakkab sitofarinks hosil qilgan, somatik mono- va di kinetidlar. Infuzoriya tufelka ham shu sinfga mansub.

7-sinf: Oligohymenophorea. Og‘iz atrofida bir nechta, ko‘pincha uchta polikinetidlarga ega, somatik monokinetidlari kinetosomadan chiqadigan tasmasimon mikronaychalarga ega. Hymenostomata-teng kipriklilar kenja sinfi vakillarida og‘iz apparati nassiforalarnikiga o‘xshash. Erkin yashovchi Tetrahymena va baliqlarda parazitlik qiluvchi Ichtyophthirius infuzoriyalari kiradi. Doirakipriklilar (Peritricha) kenja sinfi vakillarining ko‘pchiligi o‘troq koloniya bo‘lib yashaydi. Faqat ayrim turlari yakka yashaydi. Uzun poyachasi yordamida o‘simliklar va qisqichbaqasimonlarning tanasiga yoki mollyuskalarning chig‘anog‘iga yopishib oladi. Ko‘pchilik turlarining poyachasi qisqarish xususiyatiga ega. Ayrim vakillarining poyachasi bo‘lmaydi. Kipriklar parallel uch qator bo‘lib og‘izatrofini o‘rab turadi.Ko‘pchilik turlari bakteriyalar bilan oziqlanib, suv havzalarining biologic tozalanishida kata ahamiyatga ega. Bunga misol tariqasida chuchuk suvlarda ko‘p uchraydigan suvoykalar (Vorticella)ni ko‘rsatish mumkin. Suvoykalar yakka yashaydi,tanasi qo‘ng‘iroqsimon gulag o‘xshash bo‘lib, uzun qisqaruvchi ipcha yordamida biron substratga yopishib turadi. Suvoyka poyachasini tashlab, dayduvchi (erkin suzib yuruvchi) stadiyasini hosil qiladi. Koloniya hosil qiluvchi Zoothamniumarbuscula bitta umumiy poya orqali birlashadigan 8-9 ta shoxchalardan iborat. Har bir shoxchada o‘nlab mayda individlar va 1-2 ta yirik individlar joylashadi. Yirik individlar kipriklar hosil qilib, umumiy poyadan ajralib chiqadi va suzib ketadi. Ulardan yangi koloniya rivojlanib chiqadi.

8-sinf: Colpodea. Bularning hujayrasi bo‘yraksimon shaklga ega, kinetalari spiralsimon, somatik dikinetidlarga ega, Bursaria, Colpodaavlodlari kiradi.

2. Ov ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘noyoqlilar qanday qisqichbaqalar kiradi.

O‘n oyoqlilar turkumi – Decapoda. Bu turkumga keng tarqalgan va tanish bo‘lgan daryo qisqichbaqalari, krevetkalar, krablar, omarlar kiradi. 10000 dan ortiq turi bor va barcha qisqichba qasimonlarning to’rtdan bir qismini tashkil etadi. Aksariat qismi go‘shti uchun ovlanadi. Boshining oldingi qismida harakatsiz rostrum bor. Ikkala juft mo‘ylovlari ham ikki shoxli. Ko‘krakning 3 ta dastlabki sigmenti bosh bilan qo‘shilib, sefalotoraksni hosil qiladi. Shu bo‘g‘imlardagi 3 juft oyoqlar jag‘oyoqlarga aylangan.Bularning ko‘kragidagi oyoqlarning 5 jufti (10 tasi) yurish oyoqlari sifatida bo‘lganligi sababli, o‘n oyoqlilar nomini olgan. Bu oyoqlarning 1-jufti qisqichga-xelipedga aylangan.

O‘lchami bir necha sm dan 30-60 sm gacha, ayrimlarining oyoqlari 2-3 m uzunlikda bo‘ladi. Ularning bosh qismi protosefalonda ikki juft mo‘ylovlari va bir juft poyachali fasetkali ko‘zlari joylashgan. Aksariati ayrim jinsli, lekin germofroditlari ham bor. Rivojlanishida zoea lichinkasi hosil qiladi. O‘n oyoqlilar juda katta xo‘jalik ahamiyatiga ega, chunki xilma-xil krablar, qisqichbaqalar, omarlar, krevetkalar, langustlar ko‘plab (har yili dunyo bo‘yicha qariyib 1 mln tonna) ovlanadi va oziq-ovqatga ishlatiladi. Bizda uchraydigan turlaridan biri daryo qisqichbaqasi - Potamobius astacus.

O‘noyoqlilar morfologik xususiyatlari qarab omarsimonlar, krevetkasimonlar va krabsimonlarga ajratiladi. O‘noyoqlilar - yirik va eng murakkab tuzilgan qisqichbaqasimonlar(2 -rasm).



2-rasm.O‘noyoqli qisqichbaqasimonlar.

A-kravetka, b-zohiq qisqichbaqa, D- tosh krab.

Ulaming bosh qismi prototsefalonda ikki juft mo‘ylovlari va poyachali bir juft fasetkali ko'zlari joylashgan. Poyachaharakatchan bo‘lib, ko'rish maydonini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Poyachada joylashgan ichki sekretsiya bezlarining gormonlari pigmentni hujayra ichida tarqalishi, tullash, modda almashinuV i va qon tarkibidagi shakar va kalsiy moddalarining miqdorini boshqarish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi. 0‘noyoqlilarning hamma ko‘krak bo‘g‘imlari uch juft jag‘ bo‘g ‘imlari bilan qo‘shilib, yaxlit jag‘ko‘krakni hosil qiladi. Jag‘ko‘krakni orqa tomondan karapaks yopib turadi. Ko‘pchilik turlarda karapaksning oldingi qismi o‘tkir uchli o‘simta - rostrumni hosil qiladi. Oldingi uch juft ko'krak oyoqlari jag‘oyoqlarga aylangan. Jag‘oyoqlari oziqni ushlash va uni og‘iz teshigiga surish uchun xizmat qiladi. Qolgan 5 juft ko‘krak oyoqlari o ‘rmalash vazifasini o‘taydi. Shuning uchun bu qisqichbaqasimonlar о ‘noyoqlilar deb ataladi. Oldingi juft kо‘krak oyoqlari oziqni tutish uchun xizmat qiladi. Ko‘pchilik qisqichbaqasimonlarning tutish oyoqlari qisqichli bo'ladi. Krablar va zohid qisqichbaqasimonlarning faqat birinchi juft oyoqlarida, krevetkalarning oldingi ikki juft oyoqlarida, daryo qisqichbaqalari, omarlar va ayrim krevetkalarning oldingi uch juft oyoqlarida qisqichlar rivojlangan. Odatda oldingi ko'krak oyoqlarining qisqichlari boshqalariga nisbatan kuchliroq bo‘ladi. Langustlar va boshqa ayrim o ‘noyoqlilarda qisqichlar bo'lmaydi. Ko‘pincha qisqichlar asimmetrik tuzilgan; ulardan biri yirikroq bo'ladi. Omarlarning yirik qisqichi dengiz kirpilarining qattiq po‘stini yoki mollyuskalar chig‘anog‘ini maydalash, kichik kesuvchi qisqichi esa krevetkalar va baliqlar tanasini bo‘laklash uchun xizmat qiladi. Tropik dengizlarda hayot kechiradigan chorlovchi krablaming o ‘ng qisqichi ulkan chap qisqichiga nisbatan juda yirik bo'ladi.



Ayrim o'noyoqlilaming keyingi ko‘krak oyoqlari ham o ‘zgargan bolishi mumkin. Masalan, zohid qisqichbaqalarda bu oyoqlar qisqargan bo‘lib, qisqichbaqa tanasini chig‘anoq ichida ushlab turish uchun xizmat qiladi. 0 ‘noyoqlilaming jabralari oyoqjag'lar va yurish oyoqlarining asosiy bo‘g ‘imi bilan bog‘langan yoki ko‘krak oyoqlarining ustida ulaming tanaga birikkan joyida joylashgan. Karapaks jabralami ikki yon tomondan to‘liq yopib olishi tufayli jabra bo‘shlig‘i paydo boiadi. Suv jabra bo‘shlig‘igaqisqichlar asosida yoki yurish oyoqlarining asosiy bo‘g‘imlari o ‘rtasida joylashgan maxsus teshiklar orqali kiradi va karapaksning oldingi tomonidan chiqib ketadi. Quruqlikda hayot kechiradigan qisqichbaqalar (masalan, palma o‘g‘risi Birgus)ning jabra bo‘shlig‘i o‘pka vazifasini bajaradi. Bu bo‘shliqning ichki devorida juda ko‘p mayda qon tomirlari bilan ta’minlangan joyida gaz almashinuvi sodir boiadi. Lekin jabralar qisman saqlanib qolganligidan ular suvda ham bemalol nafas olaveradi. 0 ‘noyoqlilaming qorin har xil tuzilgan. Suvda suzuvchi krevetkalarda qorin yaxshi rivojlangan va ikki yondan siqilgan bolib, suzgich oyoqlar - pleopodlar bilan ta’minlangan.

0‘rmalovchi omarlar, daryo qisqichbaqalari va langustlaming qorin qismi uzun, lekin orqadan qorin tomonga yassilashgan, harakatlanishda faol ishtirok etmaydi. Ko‘pchilik zohid qisqichbaqalaming qorin qoplagichi juda yumshoq, chig‘anoqqa mos ravishda spiral buralgan; qorinoyoqlamning bir qismi yo‘qolib ketgan boiadi. Ularga yaqin turadigan kamchatka krabi va palma o ‘g ‘risining qorin qismi ancha kalta bolib, tanasining ostida taxlanib turadi. Haqiqiy krablaming qorin qismi juda ham kichraygan, bo‘g‘imlar soni esa qisqargan, qorin oyoqlari yaxshi rivojlanmagan, dum suzgichi umuman bo‘lmaydi. Qorin oyoqlar jinsiy funksiyani bajaradi. Erkak qisqichbaqasimonlarning birinchi va ikkinchi juft qorin oyoqlari kuyikish organiga aylangan. Urg‘ochi qorinoyoqlilar yetilgan tuxumini yopishtirib ohb yuradi. 0 ‘noyoqlilaming rangi xilma-xil boiadi. Suv tubida yashaydigan turlari kulrang yoki ko ‘kimtir, suv o ‘tlari orasida uchraydigan turlari esa himoya rangida - yashil boiadi. Ayrim o ‘noyoqlilar tana qoplagichining rangi tashqi muhit rangining o‘zgarishi ta’sirida yoki bir sutka davomida o‘zgarib turadi. Masalan, chorlovchi krablar rangi suv qaytganida qoramtir, suv ko‘tarilganida esa ochiqroq rangga kiradi. Qisqichbaqalar tanasining rangi tana qoplagichidagi karotinoid pigment - aktoksantinga bogliq. Toza holda by ferment qizil rangli boiadi. Pigment organizmda oqsillar bilan birikib ko‘kish yoki kulrang tusga kiradi. Yuqori haroratda birikma tez yemiriladi. Shuning uchun pishirilayotganda qisqichbaqa qizaradi. Qisqichbaqasimonlaming bir qancha turlarida in qurish instinkti yaxshi rivojlangan. Bu instinkt ayniqsa quruqlikda yashaydigan turlarida bir muncha murakkab bo'ladi. Daryo qisqichbaqalari suv havzalarining sohilga yaqin pana joylarida qisqichlari yordamida loyni kovlab oddiy in quradi. Chorlovchi krablaming inlari esa birmuncha murakkab bo‘ladi. Zohid qisqichbaqalar qorinoyoqli mollyuskalaming bo‘sh qolgan chig‘anog‘ini egallab oladi. O'noyoqli qisqichbaqalar boshqa hayvonlardan o ‘z tanasini niqoblash maqsadida va dushmanlarga qarshi qurol sifatida foydalanadi. Uyatchan krablar (Dorippidae oilasi) o ‘z tanasini ikki pallali mollyuskalar chig‘anog‘i bilan yopib oladi. Majidae va Dromiidae oilasiga mansub krablar yelkasiga g ‘ovaqtanlilar, gidroidlar yoki mshankalaming koloniyasini o ‘tqazib oladi. Bir qancha zohid qisqichbaqalar o‘z dushmanlaridan saqlanish maqsadida aktiniyalaming kuydiruvchi paypaslagichlaridan foydalanishadi. Ko‘pchilik zohid qisqichbaqalar va aktiniyalar birgalikda yoki har qaysisi alohida hayot kechira olishi mumkin. Ayrim qisqichbaqalar va aktiniyalar, masalan, zohid qisqichbaqa Pagurus bemhardus va aktiniya Sagartia parasiitica faqat birgalikda hayot kechiradi. Aktiniya qisqichbaqani dushmanlardan himoya qilish bilan birga o ‘ zi ham qisqichbaqaning ozig‘iga sherik bo‘ladi. Ikki organizmning ana shunday o ‘zaro hamkorlikda hayot kechirishi simbioz deb ataladi. Ko‘pchilik dengiz o ‘noyoqlilaming tuxumidan voyaga yetgan davriga o'xshamaydigan lichinka chiqadi. Bu lichinkalar nauplius, metanauplius, zoyea, mizid davrlarini o ‘tgandan so‘ng voyaga yetadi. Sodda tuzilgan nauplius va metanauplius tuban o ‘noyoqlilar (masalan, krevetkalar) uchun xos. Ko'pincha qisqichbaqalar tuxumidai ancha murakkab tuzilgan zoyea lichinkasi ri vojlanib chiqadi. Uzun dumli qisqichbaqalar (omarlar)ning zoyea lichinkasi rivojlanib, mizid stadiyasiga o ‘tadi. Ko‘pchilik chuchuk suvda, sovuq dengizlarda va suvning chuqur qismida hayot kechiradigan o'noyoqlilaming tuxumlari yirik va sariqlikka boy bo ‘ladi. Shuning uchun barcha lichinkalik stadiyalari tuxum ichida o ‘tadi. Tuxumlardan voyaga yetgan davriga o ‘xshaydigan, lekin juda kichik qisqichbaqlar chiqadi. Ular urg'ochisining qorinoyoqlariga yopishib oladi. Qisqichbaqalar bir necha yildan (krevetkalar) 20-23 yilgacha (daryo qisqichbaqasi, krablar), ba’zi turlari (omarlar) 50 yilgacha yashaydi. 0 ‘noyoqlilarga 8500 dan ortiqroq tur kiradi. Ulaming asosiy ko‘pchiligi dengiz va okeanlarda tarqalgan. Ayniqsa, tropik dengizlaming uncha chuqur bo‘lmagan joylari da qisqichbaqalar ko‘p uchraydi. Chuchuk suv havzalarida daryo qisqichbaqalari, krablar va krevetkalaming bir necha turi tarqalgan. Tropik krablaming ayrim turlari, masalan arvoh krab Ocupode rotundate, zohid qisqichbaqalar (Coenocitd), qaroqchi krab yoki palma o 'g 'risi (Birgus latro) quruqlikda yashashga moslashgan. 0 ‘noyoqlilar 3 ta kenja turkumni tashkil etadi.


3. O’rgimchak tanalilar sinfiga umumiy tasnif

Tashqi va ichki tuzilishi. O‘rgimchaksimonlarning tanasi bosh, ko‘krak va qorin qismidan iborat bo‘ladi. Ammo, ba’zan tana bo‘g‘imlari va bo‘limlari turli darajada rivojlangan bo‘ladi. Chunonchi, ayrim vakillarida (chayonlar, solpugalar) tana ko‘p sonli bo‘g‘imlardan tuzilgan. Ular ko‘kragining oldingi bo‘g‘imlari, yoki barcha ko‘krak bo‘g‘imlari bosh bo‘limi birikib ketgan bo‘lib, bitta bosh ko‘krak bo‘limini hosil qiladi. Qorin bo‘g‘imlari ham ko‘p turlarda ko‘krakdek qo‘shilib ketib, 2 ta yaxlit tana bo‘limlari – (bosh ko‘krak va qorin) ni hosil qiladi. Kanalarda esa hamma tana bo‘g‘imlar qo‘shilib ketgan.

O‘rgimchaksimonlar tanasining tuzilishi bo‘g‘imlar soniga ham bog‘liq. Ko‘p bo‘g‘imli o‘rgimchaksimonlarning (chayonlar, solpugalar) odatda tanasi cho‘ziqroq bo‘ladi. Bo‘g‘imlar sonining qisqarishi bilan tana qisqarib boradi. Kanalarning tanasi bo‘g‘imlarga bo‘linmagan yumaloq shaklda. O‘rgimchaksimonlarning

kattaligi 0,2 mm dan (ayrim kanalar) to 20sm gacha (ayrim chayonlar, o‘rgimchaklar) bo‘ladi.

3-rasm


O‘rgimchaksimonlarning xelitseralari va pedipalpalari oziqni ushlab turish va uni maydalashda ishtirok etadi. Ko‘pchilik o‘rgimchasimonlar (solpugalar, chayonlar, soxtachayonlar, pichano‘rarlar va kanalar, boshq.) ning xelitseralari qisqa bo‘lib, og‘iz teshigining oldingi tomonida joylashadi. Xelitseralar uch bo‘g‘imdan iborat. Uning ustki bo‘g‘imi harakatchan, o‘tkir ilmoqni hosil qiladi. Kanalar xelitserasining uchi o‘tkirlangan, tishchasi ikki bo‘g‘imli bo‘lib, asosiy bo‘g‘imidagi chaynovchi o‘simtasi oziqni maydalaydi. Pedipalpaning boshqa bo‘g‘imlari paypaslagich vazifasini bajaradi. Chayonlar va soxta chayonlarni pedipalpasi uzun qisqichga aylangan o‘rgimchaklar va solpugalar pedipalpalar yurish oyoqlariga o‘xshash bo‘lib sezgi vazifasini bajaradi.

O‘rgimchaksimonlar 4 juft yurish oyoqlarining hammasi bir xilda tuzilgan, 6 – 7 bo‘g‘imli oyoqlarning uchki qismida tirnoqlar bor. Qorin bo‘limida oyoqlari rivojlangan. Chayonlar va soxta chayonlarning o‘pka xaltasi, o‘rgimchak-larning o‘rgimchak bezlari shakli o‘zgargan qorinoyoqlardan iborat.

Tana qoplami uch qavatli kutikula hamda uning ostida joylashgan gipoderma va bazal membranadan iborat. Kutikula yupqa, uning ekzokutikula qavati mumdek, lipoproteindan iborat epikutikula bilan koplangan. Epikutikula tanani qurib qolishdan saqlaydi. Shu bois o‘rgimchaksimonlar Yer yuzining eng quruq (qurg‘oqchil) joylarida ham yashay oladi.

Chayon va o‘rgimchaklarning zahar bezlari, o‘rgimchaklar, soxta chayonlar va ayrim kanalarning o‘rgimchak bezlari teri epiteliysidan hosil bo‘ladi. Hamma o‘rgimchaksimonlar ham zaharli emas. Shuning uchun zahar bezlari faqat chayonlarda, o‘rgimchaklarda soxta chayonlarning bir qismida va ayrim kanalarda bo‘ladi.

O‘rgimchak bezlari aksariyat o‘rgimchaklar turkumi vakillari uchun xarakterlidir. Masalan, butli o‘rgimchakning urg‘ochisida qorin qismida to 1000 tagacha turli tuzilishdagi o‘rgimchak bezi mavjud. Bu bezlar kichik teshikchalari orqali maxsus xitinli konuslarga ochiladi. Bular o‘rgimchak so‘gallarida, qisman ularni qornida so‘gallar oldida joylashgan. Ko‘pchilik o‘rgimchaklarda 3 juft o‘rgimchak so’gallari bor, ammo faqat ularning 2 juft qorin oyoqlaridan hosil bo‘lgan. Tropik o‘rgimchaklarning ayrim turlarida so‘gallar juft va ko‘p ham bo‘ladi. O‘rgimchak bezlari soxta chayonlarda va o‘rgimchakkalarda ham bor, ammo ular xelitseralarda (soxta chayonlarda) va pedipalpalarda (o‘rgimchakkanalarda) joylashgan. Hazm qilish sistemasi xelitseralilarning turli turkumlarida ancha yaqqol farq qiladi. Ko‘p o‘rgimchaksimonlar oziqlanishiga ko‘ra – yirtqichlar, ayrimlari turli hayvonlar va o‘simliklarning parazitlaridir, saprofit turlari ham bor. O‘rgimchaksimonlar yarim suyuq ovqat bilan oziqlanadi. Shuning uchun ularning hazm qilish sistemasida, uning tuzilishida o‘ziga xos xususiyatlar mavjud. Hazm qilish sistemasi uch bo‘limdan – oldingi, o‘rta va keyingi ichakdan iborat. Ichakining oldingi halqum bo‘limi muskulli so‘ruvchi keng oshqozonni hosil qiladi. Oshqozon suyuq oziqni so‘rib olish uchun xizmat qiladi. Oldingi ichakka bir juft so‘lak bezlarining yo‘li ham ochiladi. Bu bezlar ishlab chiqaradigan va jigar suyuqligi oqsillarni parchalash xossasiga ega. Shuning uchun ham o‘rgimchaksimonlar tutgan o‘ljasini o‘ldirib, uning tanasiga so‘lak bezlari suyuqligini to‘kadi. Buning ta’sirida o‘ljasining ichki to‘qimalari parchalanib, suyuqlashadi. Shundan so‘ng o‘rgimchaklar suyuq oziqni so‘rib oldi. Demak, o‘rgimchaklarning ozig‘i ichakdan tashqarida hazm bo‘ladi.

O‘rta ichakning oldingi qismi uzun yon o‘simtalarni hosil qiladi. Bular ichak hajmini va uning so‘rish yuzasini kengaytiradi. Ichak bo‘shlig‘iga bir juft hazm qilish bezi - jigar yo‘li ochildi. Jigar hazm qilish fermentlari ishlab chiqarish va oziqani so‘rish vazifasini bajaradi. Bundan tashqari jigar hujayralarida, hujayra ichida hazm bo‘lish ham ro‘y beradi.



Ayirish sistemasi bir juft shoxlangan - malpigi naychalaridan iborat. Bu naychalarning yo‘li ichak bo‘shlig‘iga uning o‘rta va keyingi (orqa) bo‘limlari chegarasida ochildi. Malpigi naychalarining tuzilishi, traxeyalilarnikiga o‘xshasada, ektodermadan kelib chiqqanligi bilan ulardan farq qiladi. O‘rgimchaksimonlarning ayirish mahsuloti zarrachalar shaklidagi guanin moddasidan iborat. Guanin uchun kam eruvchanlik xos. Shuning uchun u organizmdan kristallar shaklida chiqariladi. Bunda suv kam yo‘qotiladi. Bu xususiyat quruqlikda yashashga o‘tgan hayvonlar uchun muhimdir. O‘rgimchaksimonlarda ayirish vazifasini bajaruvchi koksal bezlar ham bor. Bu bezlar ikki juft (ba’zan bir juft) xaltaga o‘xshash organlar bo‘lib, mezodermal tabiatli, yosh o‘rgimchaksimonlarda yaxshi rivojlangan. Voyaga yetgan hayvonlarda nerv uchlari kelib turadi. Ko‘rish organlari oddiy ko‘zlar hisoblanadi, ko‘pchilik o‘rgimchaksimonlarda bor (12, 8, 6, 2 juft). Ana shu ko‘zlar boshko‘krakning orqa qismida joylashgan. Chayonlarda bir juft o‘rtadagi yirik ko‘zlar va 2 – 5 juft yon ko‘zlar bo‘ladi. Ular o‘z juftini bir necha sm dan taniydi. O‘rgimchaklarda ko‘pincha 8 ta ko‘z bo‘ladi. Ular ikki yoy shaklida joylashgan oldingi yoy o‘rtasidagi ko‘zlar boshqalaridan yirikroq bo‘ladi. O‘rgimchaklar o‘z juftini 20 – 30 sm dan tanib oladi. Bezlar qisman redukiyaga duchor bo‘lgan. Koksal bezlar tana bo‘shlig‘ida joylashgan epiteliyli xaltacha, ko‘p marta o‘ralgan naycha kalta chiqarish yo‘li hamda uchinchi va birinchi juft yurish oyoqlarining asosida ochiladigan siydik chiqaruv teshigidan iborat.

Nafas olish a’zolari araxnidalarda turlicha bo‘ladi. Ammo asosiy azolar o‘pka va traxeyalardan iborat. Faqat ba’zi formalarda nafas a’zosi o‘pka xaltachalari bo‘lsa, boshqalarida nuqul traxeyalar, yana ayrimlarida esa ham o‘pka, ham traxeya ishtirok qiladi. Faqat o‘pka xaltalarini bo‘lishi chayonlar, qiloyoqlilar, ayrim sodda tuzilgan o‘rgimchaklar uchun xos. Solpugalar, soxta chayonlar, pichano‘rarlarda va ayrim kanalarda nafas olish organi traxeyalar hisoblanadi. O‘rgimchaklarda bu ikkala nafas olish organlari ham mavjud. O‘pka tana bo‘shlig‘ining qorin bo‘limida joylashgan xaltachalardan va tana sirtidagi nafas olish teshikchalaridan iborat. Xaltachalar bo‘shlig‘ida juft ham ko‘p, bir-biriga yondosh – parallel holda joylashgan bargsimon burmalar osilib turadi. Nafas olish teshigi orqali shu burmalar orasiga havo kiradi. Burmalarda gemolimfa aylanib yuradi. Chayonlarda o‘pka xaltachalari 4 juft, qiloyoq va tuban o‘rgimchaklarda esa 2 juft bo‘ladi.

Traxeyalar qorin bo‘shlig‘ida joylashgan nafas olish teshiklari bo‘lishi stigmalar bilan boshlanadi. Har bir stigmadan bir boylam uzun, uchi berk ingichka naychalar ketadi. Odatda, nafas olish teshiklari birinchi va ikkinchi bo‘g‘imlarda joylashgan. Traxeyalar tashqi ektoderma epiteliysining tana bo‘shlig‘iga chuqur botib kirishidan kelib chiqqan. O‘pka xaltachalari traxeyaga nisbatan qadimgidir. Evolyusiya jarayonida o‘pkaning rivojlanishi qadimda suvda yashagan o‘rgimchaklarning ajdodlaridagi qorin jabraoyoqlarining shaklan o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Demak, kelib chiqishiga ko‘ra va traxeyalar o‘zaro bog‘liq emas. Traxeyalar keyinroq havo bilan nafas olishga moslanish tufayli paydo bo‘lgan. Ayrim mitti o‘rgimchaksimonlarda, junlari ayrim kanalarda nafas olish organlari bo‘lmaydi va ularda nafas olish nafis tana yuzasi orqali amalga oshadi.



Qon aylanish sistemasi. Qon aylanish organlari yurak, yurak oldi bo‘shlig‘i, aorta va tana bo‘shlig‘i–lakunlardan iborat. O‘rgimchaksimonlarning tana tuzilishi bilan bog‘liq holda yuragi har xil tuzilgan. Tanasi bo‘g‘imlarga bo‘lingan, metallarlar yaqqol namoyon chayonlarda yurak qorin bo‘shlig‘ida ichakning ustida joylashgan uzun nay shaklidadir. Yurakning ikki yonida 7 juft tirkishsimon teshiklar – ostiylar ochiladi. Tipik o‘rgimchaklarning yuragi biroz kalta bo‘ladi, ostiylar 3 – 4 juft. Kanalarning yuragi esa bir juft teshikli kalta xaltachadan iborat. Juda ham mitti (mayda) kanalarda yurak rivojlanmagan. Yurakning odingi va keyingi uchidan bittadan aortalar chiqadi. O‘rgimchaklarda faqat oldingi aorta bo‘ladi. Gemolimfa tana bo‘shlig‘iga to‘kiladi. Suyuqlik tana bo‘shlig‘idan yurakoldi bo‘shlig‘iga va undan ostiylar orqali yurakka o‘tadi. O‘rgimchaksimonlarning gemolimfasi gemotsianin nomli nafas pigmentini saqlaydi.

Nerv sistemasi. Araxidalar nerv sistemasi har xil. Bosh miya murakkab tuzilgan. U ko‘zlarni idora qilib turadigan oldingi bo‘lim - prototserebrumdan iborat. Miyaning oraliq bo‘limi deytetserebrum rivojlanmagan. Qorin nerv zanjirining tuzilishi tana bo‘g‘imlarini rivojlanishiga mos keladi. Tanasi ko‘p bo‘g‘imlarga bo‘lingan chayonlarda qorin nerv zanjirining ko‘krak bo‘limidagi nerv tugunlari birga qo‘shilib, yirik boshko‘krak nerv tugunini hosil qiladi. Qorin bo‘limida 7 ta kichik nerv tugunlari bor. Qorin bo‘limidagi bo‘g‘imlar sonini kamayishi nerv tugunlarining konsentratsiyalarinishiga olib keladi. O‘rgimchaklarda barcha nerv tugunlari bosh ko‘krak nerv tugunlari bilan qo‘shilib ketgan. Kanalarda esa tana bo‘limlari birlashib ketganligi tufayli qorin nerv zanjirini tugunlari bosh miya bilan qo‘shilgan va umumiy yirik nerv massasini hosil qiladi.

Sezgi organlari ham o‘rgimchaksimonlarda turlicha.O‘rgimchaksimonlar pedipalpasida mexanik ta’sirlarga sezgir bo‘lgan juda ko‘p tukchalar joylashgan. Pedipalpalar, oyoqlar va tana yuzasida joylashgan maxsus tukchalar havoning tebranishini qabul qiladi. Kimyoviy tasirni, hid bilish vazifasini lirasimon organ bajaradi. Bu organ kutikulada joylashgan tor chuqurchadan iborat.

Jinsiy sistemasi. O‘rgimchaksimonlar ayrim jinsli. Demorfizm yaxshi rivojlangan. Odatda o‘rgimchaklarning erkaklari ancha kichik, pedipalpalari qo’shilish a’zolariga aylangan.

Jinsiy bezlari juft bo‘ladi, ammo ko‘pincha bezlar qisman qo‘shilib, toq organi paydo qiladi. Masalan: chayon erkagini bir juft urug‘donlari bor, urg‘ochilarining tuxumdonlari birga qo‘shilgan bo‘ladi. O‘rgimchaksimonlarda urug‘lanish ichki, quyilish maxsus spermatoforlar orqali sodir bo‘ladi. Spermatofor urug‘ bilan to‘lgan xaltachadan iborat. Erkak soxta chayonlar va ko‘p kanalarning erkakligi spermatoforlarini tuproqqa tashlaydi, urg‘ochilari esa ularni jinsiy organlari bilan ilib oladi. O‘rgimchaklar erkagi pedipalpasining ichki bo‘g‘imi kopulyativ o‘simtasi bo‘ladi. Ular pedipalpasi yordamida spermalarni urg‘ochisining jinsiy teshigiga o‘tkazadi.



4. Bulutlar qanday tuzilishga ega.

Bulutsimonlarga mansub bo‘lgan ko‘p hujayralilarni zoologlar uzoq vaqtlargacha hayvonlar olamiga qo‘shmagan va faqatgina 1825 yilda ularni haqiqiy hayvon ekanligi tan olindi.

Bulutsimonlar past taraqqiy etgan ko‘p hujayralilar bo‘lib, aksariyati dengizlarda, ayrimlari chuchuk suvlarda o‘troq hayot kechirishga moslashgan. Shunisi xarakterliki, ular umr bo‘yi harakatlanmasdan suv tubidagi biron-bir narsaga yopishib, passiv hayot kechiradi. Bulutsimonlarning aksariyati koloniya hosil qilib, ba'zilar I yakka-yakkaholda yashaydi. Gavda simmetrik tuzilish xususiyatiga ega emas, lekinayrim yakka yashovchilarida qismannurli (radial) simmetriya tuzilish alomatlari namoyonbo‘ladi. Ularda organ va to‘qimalar juda ham past ixtisoslashgan. Nerv sistemasi umuman bo‘lmaydi. Bulutsimonlarning tana skeletini hosil qiluvchi birikmalardan SaSo3,SiO2ko‘p bo‘ladi. Ba'zilarida esa organik birikmadan (spongin) iborat skelet elementlari mavjud. Bulutcimonlar tipiga 5000 ga yaqin tur kiradi.

Tuzilishi. Koloniya holida yashovchilarida tana aniq bir shaklga ega emas. Yakka holdagi turlarining gavda shakli ko‘zachasimon, sharsimon, xaltachasimon yoki chuqur bokalsimon bo‘ladi. Tananing substratga yopishib turgan pastki qismi tovon, unga qarama-qarshi ustki ochiq tomoni oskulum deyiladi. Yakka holdagi bulutsimonlarning tanasini morfologik tuzilishiga e'tibor beradigan bo‘lsak, ular askon, sikon va leykon xillarda bo‘ladi. Bu xillarni tuzilishini bir-biriga taqqoslasak, ularni oddiy tuzilishdan murakkablashish tomonga qarab borganligini aniq ko‘rish mumkin. Masalan, askon tuzilishdagi hayvon turini olsak, uning tanasi ikki qavat hujayralardan, ya'ni tashqi-dermal (entoderma) va ichki-gastral (endoderma) qavatlardan iborat. Bu ikkala qavat orasida strukturasiz suyuqlik hisoblanuvchi mezogleya joylashgan. Dermal qavat yassi epiteliy hujayralaridan (pinakositlardan) iborat bo‘lsa, gastral qavat yuzasi esa yoqachali xivchinli hujayralardan, ya'ni xoanositlardan iborat. Bunday xoanositlar ko‘p hujayralilar orasida faqat bulutsimonlarda uchraydi. Bir hujayralilardan esa z xoanoflagellata (yoqachali xivchinlilar) tipi vakillarida uchraydi. Bunday o‘xshashlik bulutsimonlarni koloniya bo‘lib yashovchi yoqachali xivchinlilar bilan filogenetik munosabati mavjudligidan dalolat beradi. Bulutsimonlar tanasida juda ko‘p teshikchalar (poralar) bo‘lib, ular o‘z kanallari yordamida suvni paragastral bo‘shliqqa olib kirganda xoanasitli qavat bilan aloqada bo‘ladi. Bunday tuzilish askon tipidagi bulutsimonda uchrasa, sikon va leykon tipidagi bulutsimonlarda esa tuzilishi ancha murakkablashadi,ya'ni xoanositli kameralar mezogleyaga bir qator yoki 2-3 qator bo‘lib botib kirgan yoki joylashgan bo‘ladi. Shunday tuzilishda bulutsimonning dermal (ektoderma) qavati paragastral bo‘shliqning ichki devori yuzasini qoplaydigan bo‘ladi.

Morfologik jihatdan murakkablashgan bulutsimonlar tanasida olib keluvchi, olib ketuvchi va xoanositli kameralar soni juda katta bo‘ladi. Masalan, bo‘yi 7 sm va tana devorining qalinligi 1 sm keladigan leykonsimon (Leiconia aspera) da xoanositli kameralar soni 2 mln, olib keluvchi kanallar 80 ming, olib ketuvchi kanallar esa 5200 ta bo‘ladi. Bulutsimonlar tanasida juda ko‘p teshikchalar (poralar) bo‘lib, ular o‘z kanallari yordamida suvni paragastral bo‘shliqqa olib kirganda xoanasitli qavat bilan aloqada bo‘ladi. Bunday tuzilish askon tipidagi bulutsimonda uchrasa, sikon va leykon tipidagi bulutsimonlarda esa tuzilishi ancha murakkablashadi,ya'ni xoanositli kameralar mezogleyaga bir qator yoki 2-3 qator bo‘lib botib kirgan yoki joylashgan bo‘ladi. Shunday tuzilishda bulutsimonning dermal (ektoderma) qavati paragastral bo‘shliqning ichki devori yuzasini qoplaydigan bo‘ladi. Bulutsimonlar tanasida juda ko‘p teshikchalar (poralar) bo‘lib, ular o‘z kanallari yordamida suvni paragastral bo‘shliqqa olib kirganda xoanasitli qavat bilan aloqada bo‘ladi. Bunday tuzilish askon tipidagi bulutsimonda uchrasa, sikon va leykon tipidagi bulutsimonlarda esa tuzilishi ancha murakkablashadi,ya'ni xoanositli kameralar mezogleyaga bir qator yoki 2-3 qator bo‘lib botib kirgan yoki joylashgan bo‘ladi. Shunday tuzilishda bulutsimonning dermal (ektoderma) qavati paragastral bo‘shliqning ichki devori yuzasini qoplaydigan bo‘ladi.



Fiziologiyasi. Bulutsimonlar tanasida suvning harakatlanishini bilish uchun suvga tushni maydalab tashlasak, suvning tana atrofidagi teshikchalardan kirib, oskulum orqali chiqarilishini ko‘rish mumkin. Suv bilan kirgan oziq zarralari (bakteriyalar,sodda hayvonlar va h.k.) xoanositlar tomonidan tutib olinadi. Ko‘pgina ohakli bulutsimonlarda oziq xoanositlarda hazm bo‘ladi, bir qismi esa mezogleyadagi amyobasitlarga o‘tkaziladi. Shishasimon bulutsimonlarda xoanositlar oziqni tutib oladiyu, uni shu onda amyobasitlarga uzatadi. Ayrim guruhlarda esa xoanositlar oziqni tutishda ham ishtirok etmaydi, balki ular doimo xivchinlari yordamida suvni harakatga keltirib turadi, oziqni ushlash esa amyobasitlar tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘payishi va rivojlanishi. Bulutsimonlar jinssiz va jinsiy usulda ko‘payadi. Jinssiz ko‘payish kurtaklanish bilan amalga oshadi. Kurtaklanish tashqi va ichki bo‘ladi. Tashqi kurtaklanishda gavdaning sirtida ikki qavat va paragastral bo‘shliqqa ega bo‘lgan kichik shish (kurtak) hosil bo‘ladi. U o‘sib, oskulum hosil qiladi va ko‘p hollarda ona tanadan ajralmay shu joyning o‘zida yashab qolaveradi. Bunday kurtaklanish koloniya hosil bo‘lishiga olib keladi. Ba'zi hollarda yakka yashovchi turlarida hosil bo‘lgan yosh individ ona tanasidan ajralib mustaqil hayot kechiradi. Ichki kurtaklanish chuchuk suv badyagasi va ayrim dengiz bulutsimonlarida uchraydi. Bunday kurtaklanish aksariyat kuz fasli kelishi bilan boshlanadi. Bunda mezogleyadagi arxeositlar (amyobasitlar) to‘planib umumiy po‘stga o‘raladi va gemmulaga aylanadi. Ona bulut tanasi yemiriladi. Gemmulalar suv tubiga cho‘kib, qishlaydi. Yerta bahorda esa gemmula po‘sti yorilib, arxeositlardan yangi yosh badyagalar hosil bo‘ladi. Shuni aytish kerakki chuchuk suv badyagasi yoz oylarida oddiy tashqi kurtaklanish va jinsiy usulda ko‘payadi

Sistematikasi. Bulutsimonlar tipi 2 ta kenja tipga bo‘linadi:

1-kenja tip. Simplazmalar –Symplasma Hexactinellida

Bular shishasimon bulutlar bo‘lib, dengizlarning ancha chuqur joylarida yashovchi 50 sm gacha kattalikka ega bo‘lgan bulutsimonlar kiradi. Gavda shakli naysimon, xaltasimon, ba'zan bokalsimon, aksariyati sikonoid tuzilishdagi yakka holda yashovchi turlarni o‘z ichiga oladi. Shishasimon bulutsimonlarni xarakterli belgisi, spikulalari asosan uch o‘qli, mezogleyasi ancha past taraqqiy etgan. Masalan, Euplectella aspergillum da shunday. Ayrim turlarining tanasi silindrsimon shaklda va 1 metr kattalikda bo‘ladi. Ularning suv tubida qumga botib kirib turadigan spikulasining ayrimlarini uzunligi 3 m ga teng bo‘ladi. Hozirgi davrda 400 ga yaqin turi bor.

2-kenjatip.Cellularia. Bular hujayraviy tuzilishga ega bulutlar bo‘lib, 2 ta sinfga bo‘linadi:

1-sinf. Ohakli bulutsimonlar sinfi - Calsarea et Salsispongia

Ushbu bulusimonlarning skeletini tarkibi ohakdan iborat. Spikulalari bir o‘qli, uch o‘qli yoki to‘rt o‘qli. Ohakli bulusimonlar aksariyat dengizlarning ancha sayoz joylarida yashaydi. Tanalari morfologik jihatdan askon, sikon yoki leykon tuzilishda. Keng tarqalgan turlaridan Sycon raphanus va Leuconia aspera.

2-sinf. Oddiy bulutsimonlar sinfi - Demospongia

Hozirgi zamon bulutsimonlarining aksariyati shu sinfga mansubdir. Bular leykonoidtipda tuzilgan. Skeleti turt o‘qli va bir o‘qli spikulalar aralashmasidan iborat. Keng tarqalgan vakillari yirik sharsimon Geodia, och qizg‘ish rangli dengiz buluti Tethyakabilar. Ushbu bulutsimonlarning skeletini tashkil etuvchi spongin elastik va qayishqoq tolalardan iborat. Bu sinfdan chuchuk suvda yashovchi Spongillaham keng tarqalgan Ahamiyati. Bulutmimonlarning xilma-xil turlari tropik va subtropik dengiz va okeanlarda keng tarqalgan. Ularning aksariyati suvning ancha sayoz (500 m gacha) joylarida, lekin ayrim turlarini hatto 11 km chuqurlikda ham yashashi aniqlangan.

Bulutsimonlar tabiatda va insonning xo‘jalik faoliyatida amaliy ahamiyatga egadir. Ular o‘z tanasi orqali juda ko‘p miqdorda suvni o‘tkazishi hamda uni mexanik va organik qismlardan tozalab turishi tufayli biofiltratorlik funksiyasini bajaradi. Bulutsimonlar suv havzasining ko‘pgina jismlari, ya'ni o‘simliklar tanasi, toshlar, suv osti qoyalari, ba'zan mollyuskalar chig‘anoqlariga yopishib oladi. Yirik bulutsimonlarning poralari suv hasharotlari, qisqichbaqasimonlar, chuvalchanglar uchun himoya sifatida boshpana bo‘lib xizmat qiladi. Ayrim hollarda gidrotexnik qurilmalari va yirik trubalarga kirib, ularni ifloslantiradi.

Bulutsimonlarning ayrim turlari kishilar tomonidan ishlatiladi. Masalan, chuchuk suv badyagasi tibbiyotda ba'zan revmatizm (bod) kasalligini davolashda, O‘rta Yer dengizida ko‘p uchrovchi gresiya buluti esa yuvinish uchun mochalka sifatida ishlatiladi. Shishasimon bulusimonlarning ayrimlarini skeletlaridan chiroyli bezgak va o‘yinchoqlar tayyorlanadi. Bunday bulutsimonlar Hind okeanida, Avstraliya qirg‘oqlarida, Qizil dengizda, Meksika ko‘rfazida keng tarqalgan. Bulutsimonlarning kelib chiqishi

Bulutsimonlar o‘z tuzilishi va rivojlanish xususiyatlariga ko‘ra boshqa ko‘p hujayralilardan farq qiluvchi eng qadimgi hayvonlar hisoblanadi. Ular paleozoy erasining kembriy davri qazilmalaridan ma'lum. Ba'zi ma'lumotlarga binoan ular hatto proterozoy erasi qatlamlaridan ham ma'lumdir. Zoologlarning farazlariga muvofiq bulutsimonlar bir hujayrali yoqachali xivchinlilarning kolonial formalaridan kelib chiqqan deyishadi. Lekin boshqa fikrlarga binoan bulutsimonlar kovakichlilar bilan bir ajdoddan kelib chiqqan va alohida tarmoqni hosil qilib, o‘zlaridan kelgusida boshqa ko‘p hujayralilarni kelib chiqishiga hech qanday rol o‘ynamagan. Bulutsimonlarni kovakichlilar bilan birga bir ajdoddan kelib chiqqan deyilishiga sabab, ularning parenximula lichinkasi kovakichlilarning planula lichinkasiga o‘xshashdir.Bugungi kunda yashayotgan sistematik guruhlar - Hexactinellida, Demospongiae va Calcarea lar Paleozoy erasining kembriy va ordovik davrlaridan ma'lum. Lekin qirilib ketgan hayvonlardan 2 ta sistematik guruhlar - Archaeocyatha (kembriy davrida ) va Stromatoporata (Ordovik davridan bo‘r davrigacha) ham bulutlarga tegishli deb taxmin qilinadi.

Archaeocyatha sistematik guruhiga kiradigan vakillar tanasining radial simmetriyasi, kameralarni bo‘lishi, tanani ikki qavatliligi va ohaktoshdan iborat skletini bo‘lishi bo‘lsa, Stromatoporata guruhini esa hozirgi korall bulutlarni (Sclerospongiae) eslatadilar.Ularda ham ohaktoshdan iborat bo‘lgan yirik skletli bo‘lgan, lekin ularda kremniyli spikulalar bo‘lmaganligi bilan xarakterlanadi. Ordovik davridan trias davrigacha yashagan Sphinctozoalar guruhini vakillari ipga o‘xshash uzun yumshoq skletga ega bo‘lgan. Bugungi kunda saqlanib qolgan Vaceletiacryptaguruhiga kiruvchi relekt turlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra, ularni shu guruhga kiritish mumkin. Vaceletiacrypta guruhi va bugungi kunda uchraydigan oddiy bulutlarni bir-biriga o‘xshash tuzilishiga ko‘ra, har ikkala guruhni Demospongiae guruhiga kiritish uchun yuqorida ko‘rsatilgan belgilar asos bo‘lishi mumkin.



5. Dengiz yulduzlari sinfi vakillarining tuzilishi

.Dengiz yulduzlari sinfi – Asteroidea. Dengiz yulduzlari dengizning har xil chuqurligida, ya'ni ayrimlari ming va undan ham chuqur joylarda yashasa, ba'zilari qirg‘oqqa yaqin joyda, hatto ba'zan dengiz suvining chekinishi tufayli ma'lum vaqtda (bir necha soatgacha) suvsiz hayot kechirishga ham moslashgan. Shunday bo‘lsa ham dengiz yulduzlari suv tarkibidagi tuz miqdorini o‘zgarishiga juda ham sezgir bo‘ladi va aksariyat hollarda tuz miqdori o‘zgarmaydigan, normal (3% atrofida) bo‘lgan okean suvida yashashni afzal ko‘radi. Dengiz yulduzlarining o‘lchamlari ham turlicha. Ayrim turlarining kattaligi bir qo‘lining uchidan boshlab, unga qarama-qarshi bo‘lgan qo‘lning uchigacha hisoblaganda 70 sm va undan ham katta bo‘ladi.



Dengiz yulduzlarining ranglari ham turli-tuman. Hozirgi vaqtda ushbu sinfning 1700 dan ko‘proq turi ma'lum. Tuzilishi. Dengiz yulduzlarining tanasi yassi, besh nurli yoki ba'zan 6,9,11,13 va undan ham ko‘proq nurlarga (qo‘llarga) ega bo‘ladi. Tanasi yulduzsimon va markaziy diskga ega. Tananing ostki tomonida diskning markazidan boshlanadigan ikki xil chiziqlarni farq qilish mumkin. Markazdan nurlarning chetlariga qarab taraladigan chiziqlar radiuslar, ularning oralig‘ida joylashgan markaziy diskning chetiga kelib taqaladigan kalta chiziqlar interradiuslar deyiladi.

4-rasm. Karlos Agrazal

Dengiz yulduzlarining tanasi simmetriya o‘qi yo‘nalishi bo‘yicha yassilashgan bo‘ladi. Ana shu yassi gavdaning bir tomonida ya'ni aral qutb (ostki tomonida) da markaziy disk o‘rtasida og‘iz teshigi joylashgan, uning qarama-qarshi tomoni (ust tomon) aboral qutb deyiladi va unda chiqaruv teshigi joylashgan. Shunday qilib hayvon ostki og‘iz tomoni bilan suv tubida harakatlanadi.

Dengiz yulduzlarining tanasini ostki tomonida har bir nur bo‘ylab ambulakral egatcha o‘tadi. Bu egatcha tubida o‘siqlar ko‘rinishidagi ambulakral oyoqchalar joylashgan. Hayvon ana shu oyoqlar yordamida harakat qiladi. Dengiz yulduzlarining tana devori bir qavat kiprikli epiteliy, uning ostida joylashgan biriktiruvchi to‘qima va tana bo‘shlig‘ini chegaralab turuvchi peritoneal epiteliy bo‘ladi. Selomda barcha ichki organlar joylashgan bo‘ladi.



Markaziy diskning aboral tomonidagi interradiuslardan birining ustida mayda teshikchalarga ega bo‘lgan madreopor plastinkasi joylashgan. Aboral tomon sirtida mayda ohak ignalar bor. Ayrim turlarida bunday ignalarning ikkitasi birlashib, qaychiga o‘xshash organchalarni - pedisellyariyalarni hosil qiladi.

5-rasm. Qizil va pushti dengiz yulduzlari

Dengiz yulduzining ambulakral sistemasining tuzilishi. Ambulakral sistema harakatlanish uchun xizmat qiladi. Bu sistemani tashkil qiluvchi naylar suv bilan to‘lg‘azilgan bo‘ladi. Ambulakral sistema aboral tomonda joylashgan madreopor plastinkasidan boshlanadi. Bu plastinkadagi teshikchalar oral qutb tomon ketadigan tosh nayi bilan bog‘langan. Ushbu nay oral tomonda halqumni o‘rab oluvchi halqa nay bilan tutashadi. Halqa naydan har bir nurga radial naylar ketadi. Radial naylarning ikki yonida kalta yon naylar ham joylashgan. Har bir yon naycha bir tomondan tana bo‘shlig‘idagi qisqaruvchi pufakcha - ampula bilan, ikkinchi tomondan ambulakral oyoqcha bilan tutashadi. Oyoqchalar oral tomondagi ambulakral egatchalarda ikki yoki to‘rt qator bo‘lib joylashgan uchida so‘rg‘ichlar bo‘lgan o‘simtalar hisoblanadi. Tananing harakatlanayotgan tomondagi ampulalari va ambulakral oyoqchalarning navbatma-navbat qisqarishi tufayli hayvon harakatlanadi. Bu jarayon qo‘yidagicha amalga oshadi, ya'ni ampulalar qisqarganda suv ambulakral oyoqchalarga o‘tadi, oyoqchalar cho‘zilib, biror narsaga yopishadi. So‘ngra oyoqchalar qisqarganda, suv ampulalarga o‘tadi. Bir vaqtning o‘zida ko‘p sondagi oyoqchalarning birdaniga qisqarishi tufayli hayvon tanasi sekin-asta harakatga keladi va tanani oldinga suradi. Tosh nayi devoridagi kiprikchalarning harakati tufayli suv ambulakral sistemasi nayi orqali tana ichkarisiga oqadi. Ko‘pgina dengiz yulduzlarining halqa nayida pufakchalarga o‘xshash xaltachalarda zahira suv saqlanadi. Dengiz yulduzi sekin harakatlanadi, ya'ni bir minutda 5-8 sm masofani bosib o‘tadi. Ichki organlarining tuzilishi. Dengiz yulduzlarining ovqat hazm qilish sistemasi 3 qismdan iborat. Oral tomonida yumshoq halqasimon lab bilan o‘ralgan og‘iz teshigi, qisqa halqum va undan xaltasimon oshqozon keladi. Oshqozon diskning ichki qismini to‘la egallaydi. Oshqozon kalta va tor ichakka o‘tadi. Orqa ichak aboral qutbning markazida teshik bilan tashqariga ochiladi. Oshqozondan har bir qo‘lga bir juftdan uzun naylar ketadi. Naylarning yon tomonida hazm shirasi ishlab chiqaruvchi xaltacha ko‘rinishidagi jigar bo‘ladi.

Nafas olish organlari tana sirtidagi teri jabralaridan iborat. Suvda erigan O2 jabralar orqali selomdagi suyuqlikka o‘tadi. Suyuqlikda amyobasimon hujayralar bo‘ladi. Nafas olish jarayonida ambulakral sistemasi ham qisman ishtirok etadi. Perigemal sistema ham bo‘lib, hayvon hayotida ma'lum vazifani bajaradi, ya'ni bu sistema naylardan iborat bo‘lib, selomdan hosil bo‘ladi. U og‘izoldi halqa nayi va undan nurlar bo‘ylab ketgan radial naylardan iborat. Ushbu sistema ham selom suyuqligi bilan to‘lgan va naylar nerv sistemasini o‘rab turadi. Shunga binoan perigemal sistema nerv sistemasini oziqa moddalari bilan ta'minlash va himoya qilish vazifasini o‘taydi.

Ajratish organlari shakllanmagan. Selom suyuqligi tarkibidagi amyobasimon hujayralar ajratish vazifasini bajaradi. Buning uchun amyobasimon hujayralar keraksiz suyuqlikni o‘ziga olib tana bo‘shlig‘i devorining eng yupqa joyidan, teri jabralari orqali tashqariga chiqib ketadi.

Qon aylanish sistemasi ikkita halqa tomirlari va ulardan nurlar bo‘ylab ketuvchi radial qon tomirlaridan iborat. Halqa tomirlarining biri og‘iz oldida, ikkinchisi anal teshigi yaqinida joylashgan. Halqa tomirlar qon ishlab chiqaruvchi o‘q organi bilan bog‘langan. Ignatanlilarning qon tomirlari perigemal sistema naylari ichida joylashgan bo‘lib, epiteliysiz lakunlardan iborat. Ichak devori orqali oziq moddalari qon suyuqligiga o‘tib turadi. Ignatanlilar, shuningdek dengiz yulduzlarining ham qoni umurtqalilarni limfa suyuqligiga o‘xshaydi.

Nerv sistemasi. Dengiz yulduzlarida ektonevral, giponevral va aboral nerv sistemalari bo‘ladi. Asosiy ektonevral sistema og‘izoldi nerv halqasi va uni qo‘llar bo‘ylab ketuvchi radial nerv tolalaridan iborat. Bu sistemadan biroz yuqorida giponevral sistema joylashgan bo‘lib, u aboral nerv sistemasi bilan birga, ektonevral sistemaga nisbatan ancha kuchsiz rivojlangan. Ektonevral nerv sistemasi asosan sezgi vazifasini bajarsa, giponevral va aboral nerv sistemalari hayvon harakatini boshqaradi.

Sezgi organlari. Ambulakral oyoqlar va qo‘llar uchidagi kalta paypaslagichlar tuyg‘u vazifasini bajaradi. Shuningdek paypaslagichlar asosidagi bittadan oddiy ko‘zlar yorug‘likni sezadi.

Jinsiy sistemasi. Dengiz yulduzlari ayrim jinsli va jinsiy organlari sodda tuzilgan. Jinsiy bezlar shingilsimon shaklda qo‘llar asosida joylashgan. Ularning chiqarish yo‘li qo‘llar oralig‘iga ochiladi. Urug‘lanish suvda.

Urug‘langan tuxum to‘la va tekis maydalanadi. Blastulasi kipriklar bilan qoplangan uning pastki qutbi ichkariga botib kiradi va endodermal o‘rta ichak hosil qiladi. Mezoderma endodermal o‘rta ichak hujayralarining blastoselga ko‘chishi tufayli hosil bo‘ladi. Ichakning yuqori berk uchi ajralib chiqib selomni hosil qiladi. Gastrulaning bir qismi oldingi ichakni hosil qiladi, uning blastopori orqa chiqaruv teshigiga aylanadi. Haqiqiy og‘iz esa entodermaning botib kirishi tufayli shakllanadi. Shunga binoan ignatanlilar ikkilamchi og‘izlilar (Deuterostomia) guruhiga kiradi. Ignatanlilarning lichinkasi dastlab ikki tomonlama simmetriyali bo‘ladi. Nurli simmetriya esa keyinroq paydo bo‘ladi. Bunday nurli simmetriya selom bo‘shlig‘ining birnecha qismga bo‘linib, undan ambulakral va boshqa selom sistemalarining paydo bo‘lishi natijasida kelib chiqadi. Dengiz yulduzlarida regeneratsiya xususiyati juda yaxshi rivojlangan. Hatto bitta nur (qo‘l) dan butun tana shakllanadi. Ba'zan butun tana bo‘laklariga bo‘linib, har birbo‘lakdan butun tana tiklanadi. Bu jinssiz ko‘payishga o‘xshab ketadi.

Ekologiyasi va ahamiyati. Dengiz yulduzlari deyarli hamma okeanlar-da va normal sho‘rlangan dengizlarda uchraydi. Ularning ko‘pgina yirik va turli-tuman vakillari tropik dengizlarda tarqalgan. Ayrim yirik turlaridanAcanthaster zaharli ignalarga ega.

Xulosa


Ushbu mustaqil ishni tayyorlashda reja bo’yicha zoologiya fani bo’yicha bilimlarimni mustahkamladim. Unda infuzoriyalarni sinfi bo‘yicha har birini alohida o‘rganib chiqdim. Keying rejada ov ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘noyoqlilar o‘rganildi. Unda o‘noyoqli qisqichbaqasimonlar ya’ni kravetka hamda tosh krab kabi turlari o‘rganildi. Uchinchi rejada o’rgimchak tanalilar sinfi haqidagi bilimlarimni mustahkamladim. O’rgimchak tanalilarnming tashqi va ichki tuzilishi, nafas olish a’zolari, qon aylanish sistemasi, ayirish sistemasi va nerv sistemalari o‘rganildi. Keying rejada esa bulutlarning marfologik tuzilishi, ko‘payishi, kelib chiqishi va sistematikasi o‘rganildi. Ohirgi rejada dengiz yulduzlari sinfini o‘rgandim. Dengiz yulduzlari vakillarini tuzulishini va marfologik jihatlarini o‘rgandim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.O. Mavlonov, Sh. Xurramov, Z. Norboyev “Umirtqasizlar zoologiyasi” Toshkent “O’zbekiston” 2012.

2.O.Mavlonov, Sh. Xurramov, X. Eshova “Umirtqasizlar zoologiyasi” Toshkent 2006.

3.O. Mavlonov, Sh. Xurramov, Z. Norboyev “Umirtqasizlar zoologiyasi” Toshkent “O’zbekiston” 2002.

4.O. Mavlonov “Biologiya asoslari” Toshkent 2009.


5. Qulmamatov A. «Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasidan dala amaliyoti». T., «O‘qituvchi», 2004.

6. Allamiuratov B. Allamuratova G. Omirtqasizlar zoologiyasinan әmeliy jumislar. N. 2006.






Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling