2. Bolalarni hikoya tuzishga o‘rgatish.
3. Bolalarga ertak va hikoyalar aytib berish usullari.
Kerakli jihozlar: ko’rgazma,qo’shimcha adabiyotlar va kompyutor yoki uyali telefon.
Qo’llaniladigan metod: SWOT-tahlil hamda o’yin metodining harakatli o’yin turi.
Seminar mashg’ulotning borishi:
I.Talabalar bilan salomlashib olib kun mavzusi tanlab olinadi. Misol uchun “Ertaklar” kuni.Bu kunni talabalarga oldindan ogohlantiriladi va har birlari sirli ravishda “Ertak qahramonlari”bo’lib tayyorlanib kelishadi va ertak qo’yib berishadi. O’qituvchi esa eng qiziqarli ertak egasini taqdirlaydi.
II. Kun yangiliklari to’g’risida talabalar fikrlari.
III.Mavzu yuzasidan qisqacha ma’lumot:Bolalarni hikoya tuzishga o‘rgatish. Hikoya tuzish – hikoya qilib berishga nisbatan ancha murakkab faoliyatdir, chunki bolalarning o‘zi ushbu mavzu bo‘yicha hikoya mazmuni, uning nutqiy shaklini tanlashlari, uni ketma-ket (tarbiyachi yoki o‘z rejasi asosida) bayon qilishlari zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hikoyalarning uchta turini ko‘rsatish mumkin:
qabul qilinishiga qarab aytiladigan hikoyalar (bolaning hikoya paytida nimani ko‘rayotganligi haqida hikoya);
xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish paytida nimalarni qabul qilganligi haqida hikoya);
tasavvur asosida hikoya qilish (o‘ylab topilgan hikoya).
Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar faktli materiallarga asoslangan bo‘lib, bolalar faktlarni bayon qiladilar.
Tasavvurga asoslangan hikoyalar ijod mahsuli bo‘lib, unda hikoyachi bola mavzuga qarab o‘z tajribasining shaklini o‘zgartiradi hamda yangi vaziyat va obrazlar yaratadi. Bitta mashg’ulotda bitta fikrda hikoyalar turlarining aralashib ketishiga yo‘l qo‘yish mumkin: bola o‘yinchoqni tavsiflab (qabul qilish asosidagi hikoya) bo‘lganidan so‘ng uni qaerdan sotib olganligi yoki uni qanday qilib tuzatganini (xotira asosidagi hikoya) aytib berishi mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha hikoyalar turlari ta’lim maqsadlaridan kelib chiqqan holda tavsiflash, bayon qilish yoki shunchaki mulohaza yuritish sifatida bajarilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |