2. Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish. 3. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, ularning yozuvda ifodalanishi.
Kerakli jihozlar: ko’rgazma,qo’shimcha adabiyotlar va kompyutor yoki uyali telefon.
Qo’llaniladigan metod: Klaster sxemasi hamda o’yin metodining harakatli o’yin turi.
Seminar mashg’ulotning borishi:
Talabalar bilan salomlashib olib kun mavzusi tanlab olinadi. Misol uchun “Sovg’alar” kuni.Bu kunni talabalarga oldindan ogohlantiriladi va har birlari sirli ravishda sovg’alar tayyorlab kelishadi va qopga solishadi.O’qituvchi esa
Qop ichidagi sovg’alarni talabalarning oldiga qo’yib chiqadi.Sovg’alar o’z egasini topadi.
Kun yangiliklari to’g’risida talabalar fikrlari.
Mavzu yuzasidan qisqacha ma’lumot:Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o’zlashtiradilar, ammo ular maxsus o’qigunlariga qadar so’zni bo’g’inlarga bo’lishni, so’zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. I sinf o’quvchilarida so’zni to’g’ri talaffuz qilish, bo’g’inlarga bo’lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko’nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o’z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so’z tarkibida bir-biriga ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradi.Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o’zlashtiradilar, ammo ular maxsus o’qigunlariga qadar so’zni bo’g’inlarga bo’lishni, so’zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. I sinf o’quvchilarida so’zni to’g’ri talaffuz qilish, bo’g’inlarga bo’lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko’nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o’z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so’z tarkibida bir-biriga ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |