Ajratilgan bo‘laklar
Download 23.1 Kb.
|
54-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- III.MAVZUGA OID TESTLAR
5-mashq. Berilgan gaplardagi tushirilgan tinish belgilarini qo`ying.
1.Bu qahramonlar // ezgulik izlovchilar, ezgulik istovchilar, sog`inuvchilar, zulm yoki beshafqatlik qarshisida bo`yin egmovchilar // bularning barcha-barchasi yozuvchi yuragida tug`ilgandir. 2. Ko`pchilik adiblarga xos odat // yomon odamni bulg`ab tashlash O`lmas aka ijodi uchun yot narsa. 3. O`lmas akaning Qo`qon teatri sahnasida qo`yilgan birinchi sahna asarlari // “Sud”, “Yoz yomg`iri” qissalari zamonaviy detektiv tarzida yozilgan asarlarning dastlabkilaridan bir edi. 4. Shulardan biri // O`lmas aka 1934-yilda // ulug` shoir, alloma, siyosiy arbob, diplomat, o`zbek teatrining asoschisi Abdulla Avloniy vafot etgan yilda tug`ilganlar. 5. Keksalar // dunyoni tashlab ketishga tayyorlanayotgan odamlar… avlodlariga nimalarni qoldirishyapti? 6. O`lmas akaning ijodlariga xos yana bir narsa // nomus, hayo, iffat masalalari turli obrazlar yordamida turlicha yechiladi. 6-mashq. Berilgan gaplardagi ajratilgan bo`laklarni aniqlab, zarur tinish belgilarni qo`ying. 1.Uydagi yig`i-sig`idan… onasining yuraklarni ezib yuboradigan nidolaridan uzoqda… kechgacha ko`chama-ko`cha sandiroqlab yuradigan bo`lib qoldi. 2. Shu yerlik hamkasbi… urush yillari bir qismda xizmat qilgan qadrdon oshnasi: “Otpuskangni bir gal bizning shaharda o`tkaz, Namangan ham kurort joylardan qolishmaydi”, - deb chaqirtirib kelgan edi. 3. Qop-qora sochini jingalak-jingalak qilib taragan… ingichka… ilon izi nusxa galstuk taqib… kifti keng kostyum kiygan o`rta bo`yli yigitga ilgarilari havas bilan qaragan odamlar endi uni ko`rishsa… chetlab o`tadigan bo`lib qolishdi. 4. Mirsidiq bu qishloq qayerda o`zi… uzoqmi, yaqinmi – surishtirmadi. 5. Do`simboy ota boshidagi yangi marg`ilon do`ppisini olib… tizzasiga urib changini qoqqan bo`ldi, ko`kragiga tushib turgan moshkichiri soqolini tutamlab og`ir xo`rsindi. 6. Ular kulbadan chiqishganda vaqt allamahal bo`lib qolgan… ko`k betini son-sanoqsiz yulduzlar qoplab olgan edi. III.MAVZUGA OID TESTLAR: 1. Mana, ko‘rdinglarmi, qattiq – tishlaringni ushatadi.Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi ajratib izohlangan? A) sifatlovchi aniqlovchi B) ot kesim C) izohlovchi D) vaziyat holi 2. O‘smoqdamiz biz – yosh avlod, qalbimizda zo‘r istak. Ushbu gapda qaysi bo‘lak ajratilgan? A) aniqlovchi B) ega C) kesim D) hol 3. Ajratilgan aniqlovchi qaysi javobda berilgan? a) O‘rta Osiyoda Navro‘z, yangi yil bayrami katta tantana bilan nishonlanadi. b) Shoir sevgan qiz shu hamshira. c) Biz, yoshlar, xalqqa xizmat qilamiz. d) Qobil bobo, yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan, og‘il eshigi yonida turib, dag‘-dag‘ titraydi. 4. Gapning sifatlovchi aniqlovchisi ajratilgan gapni toping. A) Paxtakor o‘zbekman – zabardast, mag‘rur. B) Bu xabar ko‘plarni, shu jumladan, Mahkamni ham, juda quvontirdi. C) Uzoqdan otliqlarning – Alisher va uning hamrohlarining qorasi ko‘rindi. D) Uning qiyqirig‘i ko‘kda mag‘rur suzgan sahro sultoni – burgutning diqqatini ham jalb qildi. 5. Ajratilgan hol berilgan qatorni aniqlang. A) Ultarma bu yerga xiyla olis bo‘lsa ham, bu ikki oshna bordi-keldi qilib turishar edi, B) Kampir tovush chiqarmay, kuyunib yig‘ladi. C) Hu ana o‘sha joyda, taxtako‘prikning ostida, atrofi qalin yalpiz bilan o‘ralgan kichik bir buloq bor. D) Asrorqul bunga rozi bo‘lmasa ham, kampirning ra’yini qaytargani botinolmadi. 6. Qaysi qatorda ko‘makchi uyushiq bo‘laklarni bog‘lagan? A) Gulnor keskin harakat bilan o‘rnidan turdi. B) Muhsin guppi o‘rtoqlari bilan bir-ikki borib kelishdayoq qora terga botdi. C) Shu jilmayish bilan asta borib, xumdan to‘rt qadam naridagi devordan bog‘iga mo‘raladi. D) Qalam bilan daftar oldim. 7. Ajratilgan bo‘laklar haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri? A) Ajratilgan bo‘lak mantiqiy urg‘u oladi. B) Ajratilgan bo‘lak o‘zi izohlayotgan bo‘lakdan oldin yoki keyin keladi. C) Ajratilgan bo‘laklar yozuvda vergul, tire yoki qavs bilan ajratiladi. D) Barcha hukmlar to‘g‘ri. 8. Ajratilgan izohlovchi (ega)li gapni toping. A) Unsin uchun, bechora qiz uchun, bu qanday mudhish motam. B) Bizning, o‘quvchi yoshlarning o‘zimizga yarasha orzularimiz bor. C) Fabrikada qizlar ijodkor, ozod mehnat zavqin suradi. D) O‘g‘lim, qo‘zichog‘im, orom olib uxlayapti. 9. Ajratilgan hol vazifasida ko‘pincha holning qaysi turlari keladi? A) ravish holi va daraja-miqdor holi B) payt holi va o‘rin holi C) o‘rin holi va sabab holi D) sabab holi va maqsad holi 10. Ajratilgan to`ldiruvchi berilgan qatorni aniqlang. A)U yerda,qishloqning markazida ajoyib choyxona bor edi. B) Tunov kuni, bayram arafasida ajoyib kechaning guvohi bo`ldim. C) Axir uning, singlimning ham tengdoshlari orasida o`ziga yarasha obro`sib or. D) Kitob ichidagi dasxatga, menga tanish husnixatga, uzoq tikildim. 11. Kanal bo`yidagi soya-salqin choyxonada,avtobus bekatida A’zamjon uchrab qoldi. Ushbu misolda gapning qaysi bo`lagi ajratilgan? A) to`ldiruvchi B) aniqlovchi C) hol D) ega 12. Ajratilgan bo`lakli gapni toping. A) Bektemir ko`zlarini ochganda, yomg`ir tez va shiddat bilan yog`ayotgan edi. B) Afsuski, yer yuzida urushsiz yashab bo`lmayapti C) Sa’va, mayna, bulbullar qanot qoqib kelinglar D) Qobiljon Umaraliyev, tasviriy san’at o`qituvchisi, to`garak ishini yo`lga qo`yib yubordi. 13. Jarda, anhorni to`latib oqqan suv yo`lida, tegirmonning chirillashi ham bahor nash’asiga yana bir go`zallik qo`shganday ushbu misolda gapning qaysi bo`lagi ajratilgan? A) to`ldiruvchi B) hol C) aniqlovchi D) ega 14. Ajratilgan bo`laklar gap o`rtasida kelsa, ularning ikki tomoniga… A) tire va tire qo`yiladi B) qavs va qavs qo`yiladi C) tire va vergul qo`yiladi D) vergul va vergul qo`yiladi 15. Bu xabar ko`plarni, shu jumladan Rustamni ham quvontirdi. Ushbu gapda qanday bo`lak ajratilgan? A) ega B) kesim C) aniqlovchi D) to`ldiruvchi 16. Berilgan gaplarning qaysi birida ot turkumiga oid so`z ajratilgan izohlovchi vazifasida kelgan? A) Mendan tashqari hamma majlisda keldi B) Do`stimni, ya’ni JAsurni ko`rgani bordim C) O`g`lim, qo`zichog`im, orom olib uxlayapti D) Bizning, o`quvchi yoshlarning niyatlarimiz juda ko`p 17. Qaysi gapda kesimni aniqlab kelgan ajratilgan aniqlovchi mavjud? A) Zavodda yigitlar – ilg`or - Po`lat quyib hayot quradi. B) Endi odamlar- otliq, piyoda, yosh, qari – Ketayotirlar maydon sari C) Bulutchalar - oppoq va yengil – pag`a-pag`a suzar osmonda D) So`zi e’tiborli, ahdi vafoli, ajoyib bir xalqsan – topilmas tengi 18. Ega qatnashgan ajratilgan bo`lakli gapni toping. A) Bu dam quyosh kuladi – shodon va quvnoq. B) Paxtakor o`zbekman – zabardast, mag`rur C) Zero, mustaqil hayot ostonasiga qadam qo`yuvchilar eng birinchi galda onalarning ma’naviy qiyofasi, muloqot madaniyati, axloqiy olami namuna maktabidir. D) Bog`imizda turli mevalar: olma, o`rik, giloslar gulladi. 19. Quyidagi keltirilgan gapning qaysi bo`lagi ajratilgan? Borlig`im-la farzandingman, sodiq, mehribon,Ozarbayjon, Ozarbayjon! A) sifatlovchi aniqlovchi B) ega C) to`ldiruvchi D) hol 20. Quyida keltirilgan gapning qaysi bo`lagi ajtatilgan? Qo`llar ishlar tez – mo`jizakor. A) kesim B) hol C) aniqlovchi D) to`ldiruvchi Download 23.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling