Ajratilgan bo‘laklar


Ajratilgan bo‘laklar va uyushiq bo‘laklar


Download 23.1 Kb.
bet4/6
Sana05.04.2023
Hajmi23.1 Kb.
#1276540
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
54-mavzu

Ajratilgan bo‘laklar va uyushiq bo‘laklar
Ajratilgan bo‘laklar uyushiq bo‘laklarga bir xil grammatik shaklda bo‘lishi, bir xil so‘roqqa javob bo‘lishi, bir gap bo‘lagiga bog‘lanib kelishi bilan o‘xshaydi. Biroq:
a) uyushiq bo‘laklarda birdan ortiq predmet, belgi kabilar uyushib, sanalib keladi, ajratilgan bo‘laklarda esa bir predmet ikki xil nomlanadi.
b) uyushiq bo‘laklar sanash ohangi bilan aytiladi hamda tinish belgilari ularning orasiga qo‘yiladi, ajratilgan bo‘laklar esa gapning boshqa bo‘laklaridan ajratilib aytiladi va ikki tomonidan tinish belgisi qo‘yiladi.
c) uyushish hodisasi barcha gap bo‘laklari uchun xos, ajratilish esa asosan ikkinchi darajali bo‘laklar uchun (ayrim hollarda bosh bo‘laklarga ham) xos.
I.MAVZUGA OID SAVOLLAR:
1.Qanday bo`laklar ajratilgan bo`lak hisoblanadi?
2. Ajratilgan bo`laklarning tuzilishiga ko`ra qanday turlari mavjud?
3.Ajratilgan bo`lak qanday vazifalarni bajaradi?
4. Gap bo`laklari necha xil usulda ajratiladi?
5. Gapda qaysi bo`laklar ajratilishi mumkin?
6. Ko`pincha holning qaysi ma’no turlari ajratilishi mumkin?
7. Ajratilgan to`ldiruvchi nima?
8. Qanday aniqlovchilar ajratilgan aniqlovchi deyiladi?
9. Ajratilgan izohlovchi nima?
10. Ajratilgan bo`laklar gapning boshqa bo`laklaridan qanday tinish belgilari bilan ajratiladi?
11. Ajratilgan bo`laklar qachon tire bilan ajratiladi.
12.Ajratilgan bo`laklar va uyushiq bo`laklarning o`xshashligi nimada?
13. Ajratilgan bo`laklar va uyushiq bo`laklarning farqi nimada?
II.MAVZUGA OID MASHQLAR
1-mashq. Gaplarni o`qing. Ajratilgan bo`laklar bilan kursiv yozuvdagi bo`laklar bir-birining ma’nosiga qanday ta’sir qilayotganligini aniqlang. Ular orasida tinish belgilari qanday qo`yilganini o`rganing.
1.Tabiat inson qo`liga qurolintellektual axloqiy kuch-qudratni berdi, lekin u bu qurolni aks tomonga xizmat qildirishi ham mumkin, binobarin, axloqiy e’tiqodi, jinsiy va did instinklari pastkash bo`lgan odam eng nopok va vahshiy kimsaga aylanib qoladi. 2. Biz ko`proq yoki boshqacharoq ko`rishni, ya’ni muayyan narsada mavjud bo`lmasa-da, boshqa bir narsada bor bo`lgan nimanidir ko`rishni xohlaymiz. 3. Hamma narsaning asosida ikki ibtido: olov va yer yotadi. 4. Ichki idrok amriga bo`ysunsang, katta inson bo`lasa, ikkinchi darajali (ya’ni, ko`z va quloq sezgilari) tuyg`ularga amal qilsang, mayda odamga aylanasan. 5. Ayni vaqtda, “muhmali g`alla”, ya’ni qop kiyadigan darajaga yetganini ham aytib, o`z ahvoliga kinoya qilmoqda edi. 6. Binoiy avvalgi ruboiysiga kamtarona baho berib, uni “muhmal”“xom” deb atagani ham ajoyib edi. “Muhmal”ga “musta’mal”, ya’ni “pishiq”, “mukammal” so`zining ichki qofiya qilingani ham Boburga juda yoqdi, u munshiyni chiqarib, mulla Binoiy aytgan ruboiylarni yozib olishni buyurdi.

Download 23.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling