Ajratilgan bo‘laklar
Ajratilgan bo‘laklar ikki yo‘l bilan ajratiladi
Download 23.1 Kb.
|
54-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ajratilgan hol.
- Ajratilgan to‘ldiruvchi.
- Ajratilgan aniqlovchi.
Ajratilgan bo‘laklar ikki yo‘l bilan ajratiladi:
a) tartibni o‘zgartirish; b) bir nomni boshqacha nomlash. Tartibi o‘zgartirilgan, lekin sifatlovchilik xususiyatini saqlab qolgan sifatlovchi aniqlovchilar ajratilgan bo‘lakka aylanadi. Masalan: Bu o‘zbek yigiti – tanti, mehribon (tartib o‘zgartirilgan). Lingvistika – tilshunoslik, mening sevgan fanim bo‘ladi (bir nom boshqacha nomlangan). Ba’zan gapning bosh bo‘laklari ham ajratilishi mumkin: a) fe’l kesim: Ular gullarni parvarish qildilar – sug‘ordilar, butadilar b) ot-kesim: Faqir xalq uchun haqiqiy erkinlik shu mamlakatda – ozod bo‘lganlar yurtida. Ajratilgan bo‘laklar, gapdagi qaysi bo‘lakka oid ekanligiga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘linadi:ajratilgan hol, ajratilgan to‘ldiruvchi, ajratilgan aniqlovchi, ajratilgan izohlovchi. Ajratilgan hol. O‘zidan oldin kelgan holning ma’nosiga aniqlik kiritadi, izohlaydi. Ajratilgan bo‘lak vazifasida ko‘pincha o‘rin va payt hollari keladi: Uning qo`lidan ushlab ichkariga, mehmonxonaga, boshladi; Anjuman bugun, soat beshda, boshlanadi; Ba’zan holning boshqa turlari ham ajratilishi mumkin: Qo‘llar ishlar tez – mo‘jizakor. Shaharga borish uchun, ya’ni o`g`lini ko`rish uchun, ulov qidirdi; Bugun sizni yana, ikkinchi marta, kechirishdi. Ajratilgan to‘ldiruvchi. O‘zidan oldin kelgan to‘ldiruvchining ma’nosini izohlaydi, unga aniqlik kiritadi. Vositasiz to‘ldiruvchi ham, vositali to‘ldiruvchi ham ajratilgan bo‘lak sifatida qo‘llanishi mumkin: Nasihatimni, otangning so‘zini esingda tut. Xatni uning o‘ziga, Muqaddasga bering. Ajratilgan aniqlovchi. Shaxs yoki narsaning belgisini, kimga yoki nimaga qarashli ekanligini ta’kidlab, ajratib ko‘rsatish uchun qo‘llanadi: Qobil bobo, yalangbosh, yalangoyoq, eshik yonida dag‘-dag‘ titraydi. Bizning, o‘quvchi yoshlarning o‘zimizga yarasha or-nomusimiz bor. Sifatlovchi aniqlovchi ham, qaratqich aniqlovchi ham ajratilishi mumkin. Download 23.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling