Ajratish dastgohlari: mexanik va gidravlik
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
15-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidrosiklonlar
48-rasm. Mexanik spiral tasniflagich
Spiralli tasniflagichlar tuzilishining soddaligi va xizmat ko`rsatishning osonligi, ishlatilishdagi ishonchlilik va yuqori ish unumdorligi bilan ajralib turadi. Spiralning muntazam bir tekis va sokin aylanishi mahsulotni tasniflash uchun qulay sharoitni hosil qilib, yuqori zichlikdagi toza sliv olish imkonini beradi. Spiralli tasniflagichlarning ish unumdorligi ikkita mahsulot bilan aniqlanadi: sliv bo`yicha va qum bo`yicha. Sliv bo`yicha unumdorlik, t/sut, quyidagi empirik formula bilan aniqlanadi: yuqori sliv yoqasi (porog) ga ega tasniflagichlar uchun : ) 16 94 ( 2 2 1 D D k mk Q (5.11) Spirali botgan tasniflagichlar uchun ), 10 75 ( 2 2 1 D D k mk Q (5.12) bu yerda m - tasniflagich spirallarining soni; k 1 - sliv o`lchamiga bog’liq koeffitsient (yuqori sliv yoqasi (porog) ga ega tasniflagichlar uchun k 1 = 0,46÷1,95, spirali botgan tasniflagichlar uchun k 1 = 0,36÷2,9); k 2 - sliv zichligiga bog’liq koeffitsient (k 2 = 1,9 ÷ 1); D - spiral diametri, m. Qum bo`yicha unumdorligi, t/sut, quyidagi formula bilan aniqlanadi: , 135 3 2 n D mk Q (5.13) bu yerda n - spiralning aylanish tezligi, min -1 . Ishlab chiqaruvchi zavodlar diametri 0,3 dan 3 m gacha va koritasining uzunligi 2,9 dan 15,1 m gacha bo`lgan spiralli tasniflagichlar ishlab chiqaradi. Gidrosiklonlar – mayda yanchilgan mahsulotlarni gidravlik tasniflash uskunasi bo`lib, tasniflanish bo`tananing aylanishidan hosil bo`ladigan markazdan qochma kuch ta`sirida amalga oshadi. Gidrosiklon (49-rasm) silindrsimon 4 va konussimon 5 qismlardan iborat bo`lgan qurilma. Qurilmaning ichki yuzasi abraziv zarralarning ishqalanishidan himoyalovchi tosh qoplama, poleuteran yoki rezina bilan himoyalanadi. Silindrsimon qism yuqoridan markaziy teshikka ega bo`lgan qopqoq 2 bilan yopiladi. Qopqoqning teshigiga boltlar yordamida sliv quvuri 3 mahkamlanadi. Gidrosiklonning konussimon qismining uchiga qum uchun konussimon nasadka boltlar yorlamida mahkamlanadi. Gidrosikolnning silindrsimon qismida dastlabki mahsulot uchun quvur 1 o`rnatiladi. Gidrosiklonga kirishdagi bosim monometr yordamida nazorat qilinadi. Dastlabki mahsulot gidrosiklonga bosim ostida qabul qiluvchi quvur 1 orqali yuboriladi. (49-rasm). Qabul qiluvchi quvur gidrosiklonning silindrsimon qismi 4 ga urunma holda joylashganligi sababli, bo`tana aylanish harakatini oladi. Nisbatan katta va og’ir zarrachalar markazdan qochma kuch ta`sirida uskunaning devori bo`ylab spiralsimon oqimda pastga harakatlanadi va qum uchun quvur 6 dan chiqarib yuboriladi. Mayda zarrachalar suv bilan birga ichki oqim hosil qiladi, u ko`tariladi va sliv quvuri 3 orqali chiqarib yuboriladi. Gidrosiklonlarning unumdorligi va mahsulotlarning ajralish samaradorligi ko`pgina omillarga bog’liq bo`lib, ularning asosiy qismini quyidagilar tashkil etadi: gidrosiklonga kirishda bo`tananing qabul qiluvchi quvurning, sliv va qum uchun quvurlarning ichki qirqimi o`lchamlari; silindrsimon qismi diametri va gidrosiklonning konuslik burchagi; gidrosiklonga yuboriladigan bo`tananing zichligi; tasniflanayotgan mahsulotning xarakteristikasi. Gidrosiklon diametrining oshishi bilan uning hajmiy unumdorligi ortadi. Shunga qaramasdan, dastlabki mahsulotning o`lchami qancha kichik bo`lsa, gidrosiklonning diametri shuncha kichik bo`lishi kerakligini inobatga olish zarur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling