Ҳайвонлар температура омилига мослашиш даражасига қараб 2 хилга ажратилади


Download 27.89 Kb.
bet2/2
Sana26.06.2023
Hajmi27.89 Kb.
#1655713
1   2
Bog'liq
ekologiya 1

Biologik mahsuldorlik — ekosistemalarning oʻz tarkibiga kiradigan tirik organizmlar qayta hosil boʻlishining muayyan izchilligini taʼminlash xususiyati. Maʼlum vaqt davomida hosil qilinadigan mahsulot, yaʼni biomassa Biologik mahsuldorlik birligi hisoblanadi. Biologik mahsuldorlik ning moddiyenergetik asosini birlamchi mahsulot tashkil etadi. Ekosistemalarda ular tarkibiga kiruvchi, har xil usulda oziklanadigan organizmlarning oziq zanjiri hosil qilishi tufayli moddalar aylanishi sodir boʻladi. Birlamchi mahsulot (fitomassa)ni oʻtxoʻr hayvonlar oʻzlashtiradi, ular bilan esa oziq zanjirining keyingi pogʻonasini tashkil etuvchi hayvonlar oziqlanadi. Oʻsimlik qoldiqlari saprofag hayvonlar, saprofag bakteriyalar va zamburuglar (destruktorlar yoki redutsiyentlar) uchun oziq boʻladi. Biologik mahsuldorlik moddalar biotik davriy aylanishining namoyon boʻlishi xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Biologik sistemalarda energiya faqat bir marta ishlatiladi. Bu jihatdan u anorganik muhitdan tirik organizmlar tarkibiga cheksiz koʻp marta oʻtadigan moddalardan farq qiladi. Ana shu sababdan oziq (trofik) zanjir boʻylab energiya okimi kamayib boradi. Trofik zanjirning har bir zvenosida isteʼmol qilingan oziqning bir qismi oʻzlashtirilmasdan qoladi, oʻzlashtirilgan oziqning bir kismi qoʻshimcha mahsulot hosil qilishga, koʻproq qismi esa energiya almashinuviga sarf boʻladi. Har bir keyingi trofik pogʻonada undan oldingisiga nisbatan 5—10-marta kam mahsulot hosil boʻladi. Oziq zanjiri qancha uzun boʻlsa, uning oxirgi Biologik mahsuldorlik ham shuncha kam boʻladi. Ekosistemalarda hosil boʻladigan birlamchi mahsulot asosida ularning mahsuldorligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi. Quruqlik yuzasining bir yillik mahsuloti quruq modda hisobida 179,5 mlrd. t ga teng, bu taxminan 70YU16 kkal ga ekvivalent boʻladi. Okeanning birlamchi yillik mahsuldorligi taxminan 25—8010" kkal energiyaga ekvivalent boʻladi.
Biomassa (bio... va massa)—bir turga mansub individlar, turlar guruxlari yoki jamoasining uzi yashab turgan muhit yuzasi (1 m2, 1 sm2 va h. k.) yoki hajmi birligi (1 m3, 1 sm3 va h. k.)ga toʻgʻri keladigan umumiy massasi. B. koʻpincha hoʻl yoki quruq modda massasi g/M2, kg/ga, g/m3 va boshqalarda ifodalanadi. Oʻsimliklar B.si fitomassa, hayvonlar B.si zoomassa deyiladi. Turli hisobkitoblarga koʻra biosferadagi tirik organizmlarning umumiy B.si quruq modda hisobida 1,81012 t dan 2,410’2 t ga boradi.
Download 27.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling