Akademik ijrochilik


Aleksandr Egorovich Varlamov


Download 33.58 Kb.
bet3/5
Sana03.02.2023
Hajmi33.58 Kb.
#1148496
1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi XIX asr

Aleksandr Egorovich Varlamov (1801-1848) – ơzining qisqa umri davomida asosan vokal-xor janrlarida katta miqdordagi asarlarni yaratgan yorqin rus kompozitorlaridan biridir. Taassufki, u yaratgan asarlarning kơpchiligi noma'lum sabablarga kơra yơqotilgan. U unvonli maslahatchi oilasida dunyoga keldi, uning bolaligi Alyab`e nikiga qaraganda kamtarona sharoitlarda kechgan. Shunday bơlsa-da, uning otasi ơğlidagi musiqaga bơlgan qiziqishni erta payqab, uni Peterburgdagi Saroy xor kapellasiga beradi, bu jamoaga mashhur xor kompozitori D.Bortnyanskiy rahbarlik qilar edi.
U bolaning nafaqat kuylash mahoratini, balki bơlajak romans ijodkori malakalarini rivojlantirishga yordam berdi. A.Varlamov rahnamosining sharofati bilan bir necha yil chet elda yashab, nufuzli insonlar saroyida xonandalik san'atidan saboq berdi. Bu vaqt davomida u opera san'atini, jahon operasi durdonalarini ơrgana boshladi. Bularning barchasi Rossiyaga qaytgach uning faoli tida asqotdi. Peterburgda u M.Glinka va boshqa taniqli insonlar bilan tanishadi. 1832 yilda Moskvaga kơchib ơtgach sa ơz qơshiq va romanslarini yarata boshlaydi. Uni A.Pushkin, N.Tsiganov, A.Kol`tsov, M.Lermontov kabi mashhur shoirlar lirikasi ơziga jalb etadi. N.Tsiganov she'riga bastalangan “Qizil sarafan”(“Krasniy sarafan”), M.Lermontov she'riga yozilgan “Yolgiz elkan oqarib kơrinadi” (“Beleet parus odinokiy”), A.Fet sơzi bilan “Sen uni tongda uygotma” (“Ti eyo na zare ne budi”) kabi romanslar kompozitorning eng mashhur ijod namunalaridir. Uning romanslarida xalq manbalari, ruscha xonish xususiyatlari, yakka va xor ijrochiligi, qơshiq va raqs janrlariga tayanish aniq seziladi.
Aleksandr Varlamov romans janri sohasida mashhur durdonalar yaratishdan tashqari ơzini ơquv adabiyotining muallifi sifatida namoyon etadi, u ơsha davrda ơta muhim bơlgan “Kuylashning tơliq maktabi” nomli metodik ish ёzadi. U nafaqat xonandalik san'atidan ơzining ơqituvchilik tajribasi bilan ơrtoqlashadi, balki rus xonandaligining xususiyatlari va uni ơqitish usullarini ham belgilab beradi. Xulosa shulki, Aleksandr Varlamov XIX asr rus musiqasida ơchmas iz qoldirdi, u bilan nafaqat rus musiqachilari va shoirlari, balki mashhur xorijiy kompozitorlar ham haqli ravishda faxrlanar edilar.

Download 33.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling