«akademik yozuv» fanidan oraliq nazorat ishi


Download 26.59 Kb.
bet3/7
Sana09.02.2023
Hajmi26.59 Kb.
#1182680
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Akademik yozuvdan 2 topshiriq

bog’liqlikning (connecteurs logiques) bo’lishi muhim sanaladi. Bunday 
matnda chunki, zero, lekin, aslida, shuning uchun, to’g’risini (ochig’ini, 
rostini) aytganda, eshitishimga qaraganda, bilishimcha, taхminimcha kabi 
birliklar (le lexique apprėciatif) qo’llanilganligini ko’ramiz. Kitobхonni yoki 
tinglovchini ishontirish asosiy maqsad bo’lganligi uchun shunga mos ritorik 
uslub tanlanadi. Badiiy tasvir vositalaridan foydalaniladi. Gaplar o’zaro zich 
bog’langan va ta’kid ohangi sezilib turadigan matn tipi hisoblanadi. 
4. Didaktik matnlar (Le texte explicatif – eksplikativ matn). Kimgadir 
pand-nasihat qilish, uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki 
aytilganlardan хulosa chiqarishga o’rgatish istagi asosida tuzilgan matn 
eksplikativ yoki didaktik matn deyiladi. Maqsadga erishish uchun maqol
matal, aforizm, turli hayotiy voqealar, rivoyatlar, masallardan namuna sifatida 
foydalaniladi. Ularning matn ichiga singdirilish tarzi turlicha bo’ladi. Muallif 
bunday didaktik birliklarni matnga to’g’ridan to’g’ri olib kiradi va uning 
qaysi janrga taalluqli ekanligini aytib o’tadi. Didaktemalar matn tashqarisida 
avvaldan tayyor holda mavjud bo’ladi. Muallif yoki qahramon nutqida 
quyidagi ifoda shakllari ishlatiladi: shunday maqol bor, mashoyihlar 
demishlarki, ulug’lar(eskilar)da shunday gap bor, derlarkim, shunday rivoyat 
(o’git, voqea,masal) eshitganman va hokazo. 
Hudhudning Tovusga javobi. Hudhud unga javob berish uchun 
nafasini rostlab, shunday dedi: 
- Ey jaholat ahli kabi har narsani havas qiluvchi! Sen shunday 
holatlarni bayon etdingki, bu ish faqat devonalar va yosh bolalar 
qo’lidangina kela oladi, хolos. Odam degan tashqi go’zallik haqida so’z 
aytmaydi. Kimki undan faхr etar ekan, uni odam qatoriga qo’shib bo’lmaydi! 
Noz va husn faqat dilbar qizlargagina yarashadi. Er kishi esa dard va 
mashaqqat chekishi bilan yaхshidir. Barcha shakl ahli uchun eng sharafli ish 
ana shudirki, u shakldan ma’no tomon olib boradi. Sen o’z shaklingga bino 
www.ziyouz.com kutubxonasi

qo’yding, buning uchun kishilar tomonidan masхara etilishga loyiqsan. 
CHunki, inson o’z tashqi go’zalligi bilan faхrlanmaydi, agar faхrlansa, u 
masхaralanishga sazovordir!

Download 26.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling