«akademik yozuv» fanidan oraliq nazorat ishi


Download 26.59 Kb.
bet1/7
Sana09.02.2023
Hajmi26.59 Kb.
#1182680
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Akademik yozuvdan 2 topshiriq


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNVIRERSITETI


FARG’ONA FILIALI “ KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI 810-22-GURUX TALABASI



TURGʻUNOV JAVOHIRNING

«AKADEMIK YOZUV» FANIDAN


ORALIQ NAZORAT ISHI


1-topshiriq: Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1.Matn nima?
2.Matnni boshqa til birliklaridan farqli jihatlari qaysilar?
3.Matn hajm va mazmun belgisiga ko‘ra qanday tiplarga bo‘linadi?
4.Hajm belgisiga ko‘ra matn tiplari haqida ma’lumot bering.
5.Mikromatn va makromatn haqida ma’lumot bering.
6.Abzatsning tashkiliy qismlari va struktural ko‘rinishlari haqida ma’lumot bering.
7.Tema-rematik munosabat tushunchasini izohlang.
8.Ifoda maqsadiga ko‘ra matnning qanday tiplari mavjud?
9.Tasvirdagi birlamchi va aloqador xususiyatlar haqida ma’lumot bering.
10.Hissiy ifoda mazmunli matn deb nimaga aytiladi?


2-topshiriq:

Kelajakda IT olamida mening o‘rnim” mavzusida esse tayyorlash.




1-topshiriq: Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1.Matn nima?

1. Matn (lotincha: textus — mato; birikma) — maʼlum moddiy tashuvchiga bog‘langan inson fikri; belgilarning umumiy izchil va to‘liq ketma-ketligi.


„Matn“ tushunchasining ikkita asosiy talqini mavjud: immanent (kengaytirilgan, falsafiy qarashlarga yo‘g‘rilgan) va reprezentativ (asosan, xususiy munosabat aks etgan). Immanent yondashuv matnda voqelikka xolis munosabat bildirib, uning ichki tuzilishini uchinchi shaxs tomonidan yoritishga e‘tibor qaratishni nazarda tutadi. Reprezentativ yondoshuv esa, matnni tashqi voqelik haqidagi maʼlumotni taqdim etishning maxsus shakli sifatida ko‘rib chiqishni anglatadi.
Tilshunoslikda „matn“ atamasi keng doirada, jumladan, og‘zaki nutq namunalarida ham qo‘llaniladi. Matnni idrok etish matn lingvistikasi va psixolingvistika doirasida o‘rganiladi. I. R. Galperin matn xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tar ekan, unga quyidagicha taʼrif beradi: „Matn bu yozma hujjat shaklida ob’ektivlashtirilgan, turli xil leksik, grammatik va mantiqiy bog‘lanishlar bilan birlashtirilgan bir qator bayonotlardan tashkil topgan, axloqiy xarakter, pragmatik munosabat va shunga mos ravishda adabiy qayta ishlangan maʼlum bir xususiyatga ega bo‘lgan yozma xabardir“

2.Matnni boshqa til birliklaridan farqli jihatlari qaysilar?


2. Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Til asosan muloqot vositasi hisoblanadi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur. Shunga qaramay, tillar soni 6—7 ming orasida, deb hisoblanadi. Tabiiy til soʻzlashuv yoki imo-ishora orqali tarqaladi, biroq har qanday til eshitish, koʻrish, sezish stimullari yordamida yozuvbraille yoki hushtak kabi ikkilamchi vositaga kodlanishi mumkin. Bu odam tili modallikdan mustaqil boʻlgani uchun ilojli. Keng maʼnoda til atamasi ostida biror muloqot tizimining tayinli qoidalari majmuasi tushuniladi. Barcha tillar semiozisga, yaʼni belgilarni tegishli maʼnolarga bogʻlash jarayoniga tayanadi. Ogʻzaki va imo-ishora tillari ramzlar ketma-ketligini soʻz yoki morfema qilib shakllantiruvchi fonologik tizim hamda soʻz va morfemalar ketma-ketligidan ibora va gaplarni hosil qiluvchi sintaktik tizimni oʻz ichiga oladi. Odam tili unumdorlikrekursivlik va siljuvchanlik xususiyatlariga ega ekanligi hamda ijtimoiy kelishuv va oʻrganishga butunlay asoslangani uchun unikaldir. Binobarin, uning murakkab tuzilishi hayvonlar muloqotiga nisbatan juda keng ifoda va qoʻllanishlar koʻlamini beradi. Til erta homininlar asta-sekin primat muloqot tizimlarini oʻzgartira boshlagan paytda, boshqa onglar nazariyasini shakllantirish qobiliyati va intensionallikni oʻrganayotganida yuzaga kelgan, deb taxmin etiladi.


3.Matn hajm va mazmun belgisiga ko‘ra qanday tiplarga bo‘linadi?


3. MATN TAVSIFI VA MATN TIPLARI 1.Matn tavsifi. 2.Matnning hajm va ifoda maqsadiga ko‘ra tiplari. 4.Matnda tеma-rеma munosabatining ifodalanishi. 5.Badiiy matn. Badiiy matn qismlarini bog‘lovchi vositalar. 6.Badiiy nutq uslubi. Tayanch tushunchalar: Matn, minimal matn, maksimal matn, hikoya mazmunli matn, tasviriy matn, izoh mazmunli matn, didaktik matn, xabar mazmunli matn, buyruq-istak mazmunli matn, hissiy ifoda mazmunli matn, tеmaьrеmatik munosabat. 2. MATN TIPLARI Matn hajm va mazmun bеlgisiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 1.Hajmiga ko‘ra matn tiplari. 2.Ifoda mazmuniga ko‘ra matn tiplari. Hajmiga ko‘ra matn tiplari Matn gapdan ko‘ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq ko‘rinishidir. Matnni hajm bеlgisiga ko‘ra ikkiga ajratamiz: Minimal matn va maksimal matn. Masalan: Talantsiz yozuvchi tovuqqa o‘xshaydi. Yong‘oqdеk tuxum tug‘adi-da, qaqog‘lab olamni buzadi! Yoki: Sеvgi nima? Insoniyat paydo bo‘ptiki, shu savol ustida bosh qotiradi. Ammo javob topolmaydi. Agar inson sеvgining barcha sir-asrorlarini bilganida edi, uning modеli – qolipini yaratgan bo‘lardi. Sеvgi hеch qanday qolipga sig‘magani uchun ham sirli va abadiydir. Дафтар ҳошиясидаги битиклар.-Тошкент, «Шарқ», 2005.(bundankeyingimisollarhamshunashrdanolingan.) 2 Abzaslarning strukturasiga ko‘ra quyidagi ko‘rinishlari mavjudligi sanab o‘tiladi: 1) Sodda gapdan iborat bo‘lgan abzaslar; 2) qo‘shma gapdan iborat bo‘ladigan abzaslar; 3) Pеriodik nutq formasidan iborat bo‘lgan abzaslar; 4) Supеrfrazali sintaktik butunlikdan iborat bo‘lgan abzaslar; 5) Ko‘chirma-o‘zga gapli: Bu xotin butun kеcha bo‘yi juda tinch va xotirjam uxlaganga o‘xshaydi. Bir oyog‘i tizdan quyisi bukilib, so‘richadan pastga osilibdi, bir oyog‘i unisini quvlab borib so‘richaning qirg‘og‘ida uxlab qolibdi. Uzun ko‘ylagi butun badanini kam-ko‘stsiz yopib turadi. Faqat bir yеngi tirsakkacha shimarilib qolgan. Oppoq qo‘llari va bilaklari o‘z yonida – o‘z onasining to‘qlisiday – bir chiroylik uxlaydi. Bunday bog‘lanishni gipеrtеmali bog‘lanish dеb ataymiz .


4.Hajm belgisiga ko‘ra matn tiplari haqida ma’lumot bering.


4. Hajm belgisiga ko‘ra matn tiplari


Matn gapdan ko‘ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq ko‘rinishidir. Matnni hajm belgisiga ko‘ra ikkiga ajratamiz: Minimal matn (mikromatn) va maksimal matn (makromatn). Shuni ham aytib o‘tish kerakki, ayrim adabiyotlarda matn hajm jihatidan uchga ajratilgan: kichik, o‘rta va katta hajmli matnlar. «Telegramma, ma’lumotnoma, ariza, ishonch xati, tushuntirish xati hamda vaqtli matbuotda chiqadigan e’lon va kichik xabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi. O‘rta hajmdagi matnlarga hikoya, qissa, she’r, doston, poemalar kiradi. Katta hajmdagi matnlarga povest, roman, drammatik asarlar, trilogiyalar kiradi».1 Lekin bu tarzdagi bo‘linish ayrim chalkashliklarni yuzaga chiqaradi. Shunday dostonlar borki, hajm jihatidan romandan katta. Nafaqat hajm jihatidan balki, ichki mazmun, xarakterlar tasviri, ruhiyat talqini jihatidan ham uncha-muncha romandan qolishmaydigan dostonlar bor. Masalan, «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li» kabi go‘zal dostonlarimiz shakl va mazmun jihatidan yirik hajmli asar hisoblanadi. Yoki kichik hajmli she’rlarni ham o‘rta matn hisoblaymizmi? Umuman bu tarzdagi tasnif jiddiy asosga ega emas. Shuning uchun matnni tilshunoslikda keng tarqalgan ikkiga ajratib tekshirish tamoyili asosida o‘rganishni ham mantiqan ham amaliy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz.
5.Mikromatn va makromatn haqida ma’lumot bering.



Download 26.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling