Akademiy a isxakov


-§. Nomsiz shartnomalar va paktlar


Download 1.65 Mb.
bet62/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

5-§. Nomsiz shartnomalar va paktlar


Xo‘jalik hayoti rivojlana boshlagan davrlardan avval Rimda hukm surgan qat’ iy cheklangan shartnoma tizimi barham topa boshladi. I lgari yo‘lga qo‘yilgan shartnomalar tizimi doirasidan tashqarida yangi shartnomalar vujudga keldi. Bular hech qanday nom bilan atalmaydigan nomsiz shartnomalar edi. To‘g‘ri, ularning ayrimlari nom olishga muvaffaq bo‘ lgan (bu ayirboshlash shartnomasi, baholash shartnomasi). Shunga qaramay, ular to‘rt guruhga oid shartnomalarning hech biriga mansub emas edi.
Yustinian digestlarida nomsiz shartnomalar to‘rt guruhga bo‘ lingan:

  • « Men senga ashyoga egalik qilish huquqini beraman, buning evaziga sen menga boshqa ashyoga egalik qilish huquqini berasan»;

  • « Men senga ashyoga egalik qilish huquqini beraman, buning evaziga sen menga boshqa biror jiddiyroq xizmat ko‘rsatasan»;

  • « Men senga biror jiddiyroq xizmat ko‘rsataman, buning evaziga sen menga zarur ashyoga egalik qilish huquqini berasan»;

  • « Men sen uchun zarur xizmat ko‘rsataman, buning evaziga sen men uchun zarur bo‘ lgan boshqa biror jiddiyroq xizmat ko‘rsatasan».

Nomsiz shartnomalar Yustinian kodifikatsiyasiga asosan 4 ta harakat bilan bog‘ liq bo‘ lgan:



  • « Men beraman, sen ham berishing kerak — do ut des»;

  • « M en beraman, sen harakat qilishing lozim — do ut fatsias»;

  • « Men harakatni amalga oshiraman, sen uni berishing kerak,

Shu o‘rinda «beraman» so‘zi mulkni o‘tkazaman degan ma’no- ni, «harakat» so‘zi esa «xizmat va harakatlarni» anglatadi.
Nomsiz shartnomalarning yuridik kuchi shundan iborat ediki, unda birinchi tomon majburiyatni bajarsa-yu boshqa tomon asossiz ravishda ijrodan voz kechsa, bu holda birinchi tomon boshqa tomonga nisbatan ijroni qaytarish uchun kondiksion da’vo qo‘zg‘atish huquqiga ega bo‘lgan.
Paktlar (packta) — norasmiy kelishuv bo‘lib, unda qoidaga binoan himoya da’vosi kuchidan foydalanilmagan. Avvaliga pretor paktlardan e’tiroz sifatida foydalanishga imkon berdi. Keyinchalik ayrim paktlar da’vo himoyasiga ega bo‘ldi.
Paktlar ikki toifaga bo‘lingan: «yalang‘och», ya’ni himoya da’vosi bilan ta’minlanmagan; «kiyingan», ya’ni da’vo himoyasi bilan ta’minlangan paktlar. Shuningdek, ta’minlangan da’vo pakt- lari imperatordan olingan himoya da’vosi paktlarini o‘z ichiga olgan. Agar shartnomaga qandaydir o‘zgartishlar kiritilsa (masalan, ijroni kechiktirish, foizlar miqdorini kamaytirish) bu — himoya da’vosiga qo‘shimcha kelishuv shartnomalari hisoblangan. Agar shartnoma tuzib bo‘ lingandan so‘ng paktlar qo‘shilsa, qarzdorning ahvoli yomonlashgan va bunday holatda bu paktlardan himoyalovchi
da’vo sifatida foydalanilmagan.
Shunday qilib, foizlar miqdorini oshiruvchi va boshqa paktlar himoya da’vosi bilan ta’minlangan.
Pretordan himoya olgan paktlar. Pretordan himoya oluvchi paktlar qatoriga qarzni tasdiqlovchi (constitutum debiti) va retseptum ( receptum)lar kirgan. M as’ul shaxs birinchi pakt yordamida to‘lov muddatini aniqlagan yoki o‘zgalar qarzini to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olgan.
Retseptum paktlarning quyidagi uch toifasini o‘z ichiga qamrab olgan:



  1. murosaga keltiruvchi hakam bilan kelishuv (ikki bahsla- shayotgan shaxs o‘z tortishuvlarini ko‘rib chiqish uchun hakam bilan shartnoma tuzganlar);

  2. kema, mehmonxona, o‘tkinchilar buyumlarini saqlovchi nozimxona xo‘jayinlari bilan kelishuv (ushbu kelishuvlarga ko‘ra xo‘jayinlar zima-siga buyumlarni saqlashdek jiddiy mas’uliyat yuklangan);

  3. paktni imzolovchi uchinchi shaxsga bankir kontragenti uchun ma’ lum miqdordagi mablag‘ni to‘ lashda bankir bilan kelishuv (mazkur pakt kuchiga tayanib, bankir o‘z zimmasiga mijoz oldida uchinchi shaxsga qarzni to‘ lash majburiyatini olgan; agar mablag‘ yo‘qligi sababli bankir mijozga haq to‘ lashdan voz kechsa, mijoz unga qarshi da’vo qo‘zg‘atishga haqli bo‘ lgan).

So‘nggi imperiya davrida imperatordan himoya da’vosini olgan paktlar paydo bo‘ldi. Kreditor huquqlari konditsion da’vo yorda- mida mazkur paktlar bilan himoya qilingan. Misol tariqasida ikkita paktni ko‘rish mumkin: murosaga chaqiruvchi hakamlik sudi yordamida tortishayotgan tomonlar muammosining yechimini topish uchun murosa kelishuvi hamda hadya qilish to‘g‘risidagi kelishuv.
Qachonki tomonlar huquq talab qilib tortishib qolsalar, bunday vaziyatda ularning muammosini hal etish uchun murosaga keltiruvchi hakam ularni kelishuvga chaqirishi o‘rinli bo‘ lgan. Mazkur kelishuv bo‘yicha ashyo murosaga keltiruvchi hakamga berilgan, hakam esa masala qaysi tomon foydasiga hal bo‘lgan bo‘lsa, ashyoni o‘sha tomonga topshirgan. Hakam chiqargan qarorni bajarmagan aybdor shaxs jarimaga tortilgan.
Ishonch asosidagi kelishuvga muvofiq bir tomon (hadya beruvchi) boshqa tomon (hadya oluvchi)ga buyumni saxiylik ramzi sifatida taqdim etadi. Ashyoga servitut belgilanib, hadya ekanligi va’da qilingan va hadyani oluvchi shaxs in’om etilgan ashyoga egalik qili sh huquqini qo‘lga kiritgan.
Sinfiy davrda norasmiy hadya va’dasi huquqiy kuchga ega bo‘ lmagan. Chunki stiðulyatsiyaga rioya qilish zarur edi. Qarin- doshlarga hadya qilishdan tashqari, qonun hadya miqdorining ko‘p miqdorda bo‘lishini cheklagan. Miloddan avvalgi IV asrda hadyalar


miqdoriga cheklov bekor qilindi. Yustinian hadya hujjatlari rasmiylashti rilayotganda, agar uning miqdori 500 ti lladan oshsa, unga hakamlik insinuatsiyasini joriy qilgan (ro‘yxatga kiritish sharti bilan sudga arz qilish). Arzon narxdagi hadyalar esa har qanday rasmiyatchilikdan holi bo‘lgan.
Shunday qilib, hadyaga oid kelishuv da’vo himoyasiga ega bo‘lgan.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling