Akademiy a isxakov


-§. Shartnomalarga o‘xshash harakatlar asosida majburiyatlarning kelib chiqish asoslari


Download 1.65 Mb.
bet63/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

6-§. Shartnomalarga o‘xshash harakatlar asosida majburiyatlarning kelib chiqish asoslari




Shartnomalarga o‘xshash harakatlar asosida majburiyatlarning kelib chiqish asoslari xuddi shartnomalar asosida kelib chiqadigan majburiyatlarga o‘xshash bo‘ lib, o‘rtada shartnoma tuzilmasdan kelib chiqadigan huquqiy munosabatlardan iborat bo‘ lib, o‘z mazmuni va xarakteri bilan unchalik bir-biridan farq qilmaydi. U ko‘pgina shartnomasiz, deliktsiz (shartnomalarni buzish, bajarmas- lik) bir tomonlama bitimlar yoki boshqa faktlar asosida vujudga keladi.
Shartnomalarga o‘xshash harakatlar asosida majburiyatlarning kelib chiqish asoslari quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. negotsiorum gestio — topshiriqsiz boshqalarning ishini amalga oshirish yoki boshqa shaxslar uchun g‘amxo‘rlik qilish;

  2. bir shaxsning ikkinchi shaxs hisobiga asossiz ravishda boyib ketishi natijasida.

Negotsiorum gestio shartnomalarga o‘xshash harakatlar natijasida majburiyatlarning kelib chiqish asoslaridan biri bo‘ lib, topshiriqsiz bir shaxs tomonidan gestor ikkinchi shaxsning nomi - dan va ikkinchi shaxs hisobiga ma’ lum bir harakatni bajarish yoki uning mulkini boshqarishdan iborat.
Bu majburiyatlar ko‘pincha bir shaxsning o‘z mulkini boshqara olmasligi yoki uning uzoq vaqt davomida mulk joylashgan hududda bo‘lmasligi oqibatlaridan kelib chiqqan. Bular asosan, quyidagilar orqali aniqlangan:

— agar biror harakatni bajarmasa ham, faktik holat bilan ham belgilanishi orqali.


Masalan, biror shaxsning qora molini sug‘orish yoki qulining qornini to‘yg‘azib qo‘yish xarajatlarini amalga oshirish. Bu harakat haqsiz, topshiriqsiz, boshqa shaxsning hisobiga, shartnomasiz amalga oshirilgan munosabatlar doirasiga kiradi. Bu harakatlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqaroli k huquqidagi vakolatno- masiz vakilli k institutiga ham o‘xshaydi. Chunki, bu qilingan harakatni agar ikkinchi tomon qo‘ llab-quvvatlasa, uning harakati baholanib, unga ma’ lum bir haq to‘ lanadi.
Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar deganda, qadimgi rimliklar qonunlarda, shartnomalar yoki bitim- larda belgilangan asoslar bo‘ lmasdan turib, boshqa shaxslarning hisobidan (puliga pul qo‘shilishi, ashyolariga ashyo qo‘shilishi talab qilib olinishi lozim bo‘ lgan huquqning ko‘payishi) mulk ortt irish yoki boyishni tushunishgan. Odatda, mulkning ko‘pa- yishi, asossiz boyish, qarz shartnomasi asosida mulkiga mulk qo‘shilishi, oldi - sotdi shartnomalari yoki biror- bir huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi natijasida vujudga kelishi mumkin.
Qadimgi rim huquqida asossiz boylik ortti rish natijasida kelib chiqadigan majburiyatlarning asosiy vazifasi jabrlanuvchining mulkiy holatlarini o‘z joyiga qaytadan tiklash, ya’ni asossiz boylik ortt irish natijasida qo‘lga kiriti lgan mulkni yoki tejalgan mulkni qaytarib berishdan iborat hisoblangan. Asossiz boyish natijasida vujudga kelgan majburiyatlarda, mulkni qaytarib olishda kondiksion da’vo ko‘zg‘atilgan.
Rim huquqshunoslari da’vo predmetiga qarab asossiz boylik ortt irishni uch qismga bo‘lganlar:

    1. haq to‘lanishi lozim bo‘lmagan harakat uchun yanglishish, adashish yoki boshqacha tarzda haq olish evaziga;

    2. oldindan berib qo‘yilgan (ya’ni, biror harakatni amalga oshirish yoki harakatdan to‘xtab turish uchun mo‘ljallangan) narsani qaytarib berish evaziga;

    3. boshqa asoslar bo‘yicha boyish natijasida.

Bu munosabatlarning amalga oshirilishi uchun quyidagi asoslar talab qilingan:



  • summa, pul, ekvivalent, ashyo boshqa shaxsga o‘tkazilgan bo‘ lishi;

  • oldindan qarzi bo‘ lmagan holat mavjud bo‘ lishi;

  • adashish, yanglishishni to‘g‘ri tushunish murakkab bo‘ l- gan holatda;

  • mulkiy manfaatlarning boshqa shaxsga o‘tishi;

  • maqsad va asosning amalga oshirilmay qolishi asossiz boylikni keltirib chiqargan. Bu holatlar o‘z navbatida majburiyatlarni vujudga kelti rgan.




Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling