Akademiy a isxakov
Download 1.65 Mb.
|
RIM HUQUQI
Yollovchi tomonning majburiyatlari:
yollov to‘lovini to‘lash; yollagan ashyosiga ziyon yetkazmagan holda mo‘ ljallagan xo‘jalik yumushida foydalanish; shartnoma muddati tugagach ashyoni egasiga bus-butun va yaroqli holda qaytarish. Odatda, yollov to‘lovi belgilangan pul mablag‘i bilan ifodalan- gan, ammo yer uchastkasining ijara shartnomasida esa to‘ lovni natura (bug‘doy yoki mahsulot) bilan qaytarish ham mumkin bo‘ lgan. Umumiy qoidaga muvofiq yollov to‘ lovi ma’ lum vaqt oralig‘ ida to‘lanishi shart bo‘lgan. Agar bu to‘lov oldindan yoki shu davr mobaynida to‘lab qo‘yilgan bo‘lsa-yu, yollovchi ashyodan foydalana olmagan bo‘ lib, bunda uning aybi bo‘ lmasa, u holda yollovchiga yollov to‘lovini qaytarib olishni talab qilish huquqi berilgan. Qishloq xo‘jalik yerlarini ijaraga olishda quyidagi qoidalarga rioya qilingan: agar tasodifiy tabiiy ofatlar oqibatida hosil yakson bo‘ lsa, yollovchi yollov to‘lovini to‘lamaydi; hosil yaxshi bo‘ lmagan yillarda yerni ijaraga beruvchi ijara to‘lovini qisqartirishi kerak edi, hosil yaxshi bo‘lmagan yil uchun esa keyingi, hosil yaxshi bo‘lgan yillarda yollov to‘lovini qoplash uchun undirib olish mumkin. Yollov shartnomasiga muvofiq yollovchi yollagan ashyosini boshqa shaxsga yollashga berishga haqli (agar shartnomada boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa). Biroq bu asosiy shartnoma majbu- riyatlarini bekor qila olmaydi. Shartnomani quyidagi hollarda tugatish mumkin bo‘ lgan: shartnoma muddati tugagach; ijaraga yollovchi ijara to‘ lovini ikki yil ichida to‘ lamagan holatda; yollovchi yollagan mulkini suiste’mol qilsa (agar uni ishdan chiqarsa); agar taqdim etilgan ashyo foydalanishga yaroqsiz bo‘ lsa yoki undan foydalanishda biror jiddiy xavf tug‘ ilsa; agar yollangan ashyo birinchi tomonga zarur bo‘ lib qolsa. Shuningdek, ashyo o‘z vaqtida qaytarilmasa, yollovchi shart- nomadan voz kechgan. Tomonlardan birining o‘ limi ham yollov shartnomasini tugatishga olib kelgan. Xizmatga yollash shartnomasiga ko‘ra, bir tomon (yollangan) ikkinchi tomon (yollovchi) foydasiga belgilangan xizmatni ko‘rsa- tish majburiyatini bajarishi, ikkinchi tomon (yollovchi) esa ko‘r- satilgan mazkur xizmatlar uchun belgilangan to‘ lov bilan rag‘bat- lantirishi zarur edi. Mazkur shartnoma ma’ lum va noma’ lum muddatga tuzilgan. Yollovchi yollanuvchiga shartlashilgan to‘lovni to‘lashi shart edi. To‘lov vaqt o‘tishi bilan ya’ni, ta’mirlash tuga- gach amalga oshirilgan. Quyidagi holatlarda yollanuvchini rag‘batlantirishdan bosh torti lgan: yollanuvchining aybi bilan xizmat ko‘rsatilmasa; yollanuvchi kasalligi tufayli xizmat ko‘rsata olmasa. Agar yollovchining aybi bilan yollanuvchi xizmat ko‘rsata olmay qolgan bo‘ lsa, uni rag‘batlantirmaslik mumkin emas edi. Agar yollovchi vafot etgan taqdirda yollanuvchi o‘z mehnatiga yarasha rag‘batlantirilishi shart edi. Pudrat shartnomasiga ko‘ra, bir tomon (pudratchi) ikkinchi tomon (buyurtmachi) foydasiga belgilangan vazifani bajarish, buyurtmachi esa bu mehnat uchun pudratchiga belgilangan pul mablag‘ ini to‘ lab rag‘batlantirish majburiyatini olgan. Pudrat shartnomasi yollov shartnomasidan farqli ravishda ko‘rsatilgan xizmatlar bilan emas, balki bu xizmatlarning natijasi bilan bog‘liq edi, ya’ni buyurtmachi uchun ishning qay yo‘sinda bajarilishidan ko‘ra uning natijasi muhimroq edi. Xo‘sh mazkur shartnoma oldi-sotdi shartnomasidan nimasi bilan farq qilgan? Bu xususda huquqshunoslardan biri Sabin quyidagilarni e’tirof etadi: «Agar biror kishi zargarga uzuk yasab berishni buyursa- yu, tilla bermasdan faqat pulning o‘zini bersa — bu oldi-sotdi hisoblanadi. Biroq, kimdir o‘ziga uy qurdirish uchun biror shaxsga qurilish ashyolarini taqdim etsa — bu pudratdir». Pudratchining majburiyatlari quyidagilardan iborat: ishni yuqori sifatli qilib bajarib, belgilangan muddatda topshirish; har qanday masaladagi, hatto shaxsiy ayblarga ham javobgarlik; o‘ziga tegishli bo‘ lgan boshqa shaxslarning ham aybiga javobgarlik. Agar buyurtmachi hech bir sababsiz pudratchidan bajarilgan ishni qabul qilib olishdan bosh tortsa, u holda buyurtmachi pudratchiga shartnomada belgilangan haqni to‘ lab rag‘batlantirishi shart. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling