Akademiy a isxakov
-§. Yustinian qonunlari bo‘yicha vorislik
Download 1.65 Mb.
|
RIM HUQUQI
4-§. Yustinian qonunlari bo‘yicha vorislikImperator Yustinian davriga kelib, uning 543-yilda qabul qilingan 118-sonli novellasi hamda 548-yildagi 127-sonli novellasi bilan qonun bo‘yicha vorislik tizimini soddalashti r ib, qon- qarindoshlik munosabatlariga, ya’ni kognatlar vorisligi tizimiga to‘liq o‘tdi. Imperator Yustinian tizimi bo‘yicha meros oluvchilar navbati ham to‘rt ga bo‘lingan. Birinchi navbatdagi vorislar to‘g‘ri chiziq bo‘yicha, ya’ni vafot etgan shaxsning bolalari va o‘lgan bolalarining bolalari, ya’ni marhumning nevaralari. Nevaralari otasiga taalluqli bo‘lgan ulushni olib, o‘zaro bo‘ lib olishiga ruxsat etilgan. Ikkinchi navbatdagi vorislar guruhiga birinchi navbatdagi vorislar bo‘lmagan taqdirda, yuqori chiziq asosidagi ota va onasi, buva va buvisi, vafot etgan shaxsning aka-uka, opa-singillari va ularning bolalari, agar ularning ota-onalari meros ochilishidan oldin o‘lib ketgan bo‘lsalar, ular Yustinian qonunlari bo‘yicha voris bo‘ladilar, ular o‘zlarining marhum ota-onalariga qonun bo‘yicha tegishi lozim bo‘lgan meros ulushidan bab-baravar meros olganlar. Uchinchi navbatdagi vorislar deganda, birinchi va ikkinchi navbatdagi vorislar bo‘ lmagan taqdirda ular chaqiriladilar. Bular asosan bir ota ikki yoki bir nechta onalardan, yoki bir ona va bir nechta otalardan tug‘ilgan farzandlar, hamda o‘gay yoki yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarning bolalariga, ular o‘z ota-onalariga tegishli merosdan bab-baravar ulush olish huquqlariga ega bo‘ lganlar. To‘rtinchi navbatdagi vorislar yon tomoni bilan bog‘liq eng yaqinlaridan boshlanadi. Bu shaxslar voris bo‘ lishi uchun yuqorida ko‘rsatilgan navbatdagi vorislar bo‘ lmasligi lozim. Ammo vafot etgan shaxsning bevasi (xoti ni) haqida Yustinian novellalarida vorislik ko‘rsatilmagan. Lekin bu munosabatlar pretorlar huquqlari bilan amalga oshishi mumkin degan taxminlar mavjud. Ammo hech qanday o‘z mulkiga ega bo‘ lmagan kambag‘al bevalar vorislikning subyekti sifatida boshqa merosxo‘rlar kabi qolgan merosning 1 / 4 qismini olish huquqiga ega bo‘lganlar, lekin olgan meros hajmi 100 funt oltindan oshib ketmasligi lozim bo‘ lgan. Agar hech qanday vorislari bo‘ lmagan taqdirda mulk egasiz deb topilib, davlat xazinasiga, monastir yoki cherkov muassasalariga o‘tkazilgan. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling