Akademiy a isxakov


-§. Legatlar va fideikomisslar


Download 1.65 Mb.
bet69/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

5-§. Legatlar va fideikomisslar


Legatlar va fideikomisslar rim huquqida keng qo‘llanilib, asosan bu singulyar asosda huquqni qabul qilish bilan bog‘ liq bo‘ lgan, ya’ni legatlar merosni qabul qilishdan voz kechish, yoki marhum tomonidan qoldirilgan mulkdan boshqa shaxsga ma’ lum bir summani berib qo‘yish to‘g‘risidagi farmoyish yoki vasiyatnoma bo‘ lib hisoblangan.


Legatlar XI I jadval qonunlari asosida vujudga kelgan. Shaxs o‘z o‘limidan oldin farzandlarining yashash sharoitlarini e’tiborga olgan holda ularga vasiyatnoma asosida meros qoldirgan. Bu holat, o‘z o‘rnida boshqa shaxslarga majburiyat yuklagan. Majburiyatda (vasiyatnomada) o‘g‘ illari, qizlari yoki xotiniga ro‘zg‘orni tebratish uchun marhum tomonidan qoldirilgan mulkdan qancha summa berish kabi munosabatlar ko‘rsatilgan.
Rim huquqining dastlabki rivojlanish paytida legatlar kam qo‘ llanilgan, ammo huquqiy munosabatlarning yanada takomil- lashishi natijasida singulyar asosda huquqni qabul qilish keng qo‘ llaniladigan bo‘ ldi, hatto legat bilan bog‘ liq munosabatlar bo‘yicha ekstraordinar protsess asosida himoya qilinish huquqlariga ham ega bo‘ldi.
Rim huquqida bundan tashqari fideikomisslar ham mavjud bo‘lib, vafot etayotgan shaxsning oxirgi yozma yoki og‘zaki ravishda biror bir shaxsdan biror narsani berib qo‘yish yoki talab qilib olib boshqa shaxsga berish kabi munosabatlarni amalga oshirish iltimoslari vijdonan, chin yurakdan bajarish uchun qilinayotgan oxirgi iltimos bo‘ lib hisoblangan. O‘tmishda bu iltimosni bajarish ma’naviy, axloqiy vazifa sifatida baholangan.
Imperator Avgust hukmronligi davrida esa, bu majburiy xarakterga ega bo‘lib, u konsullarga, pretorlarga yoki ma’muriy mahalliy organlarga murojaat qilishni belgilab berdi va uning bajarilishini majburiy holatga keltirdi.


Imperator Yustinian esa 529—531-yillarga kelib, uni bajarishni butunlay majburiy tarzda qat’ iylashtirdi, legat va fideikomisslarni birlashtirdi hamda bu harakatlarni albatta beshta guvoh oldida amalga oshirish lozimligini ta’kidladi.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling